O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Ijod va xayol. Tasavvur va uning talaba faoliyatidagi roli



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
10.3. Ijod va xayol. Tasavvur va uning talaba faoliyatidagi roli 
«Inson shunday asos bilan tug’iladiki (rivojlantirish mumkin bo’lgan 
qobilyatlarning tabiiy belgilari), qaysiki insonning o’zida tug’ma anatomik va 
psixofiziologik o’ziga xosliklar bilan mavjud bo’ladi». Qobiliyatlar ma’lum shart-
sharoitlardagina shakllanadi o’sadi: ular - atrof muhit, aktiv faoliyat, odam 
salomatligi kabilardir. Badiiy talant albatta san’atga mehr-muhabbatni talab etadi, 
ya’ni ba’zi sharoitlarda bolalikdayoq san’atga qiziqish shaklida ko’rinadi va ijod 
qilish ishtiyoqi tinchlik bermaydi.
Bunga misol tariqasida I.E.Repin, V.I.Surikov, V.A.Serov va boshqalarning 
ancha barvaqt yuzaga chiqqan talantlarini eslashimiz mumkin. Insonning badiiy 
iqtidorining eng yuksak darajasi sifati bu geniallikdir. Badiiy ijodda geniallik 
tushunchasi talantning izohsiz yuqori darajada namoyon bo’luvchi sifati bo’lib, 
qaysiki u rassomni o’z zamonasi, ma’lum tarixiy davr san’atidan yuqori turuvchi 
va dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan san’at asarlari yaratishga olib keladi. 
Ijod komponentlariga - bilim, dunyoqarash, badiiy uslub, estetik va badiiy 
did, mahorat kiritiladi. Bilim ijodning asosiy bosh komponenti, obyektiv reallikni 
bilishning asosiy materiali hisoblanib, uni egallash orqali sezgi, estetik his qilish, 
idrok, tafakkur, xotira, xayol, dunyoqarash, ko’nikma, malaka, ijodiy ish uslubi, 


223 
mahorat rivojlanib boradi. Rassom uchun bilim - bu hayotiy material, hayotni 
chuqur va har tomonlama o’rganish bo’lib, usiz san’at asari yaratib bo’lmaydi. 
Hayotni bilish rassomda uning hissiyotlari orqali o’tadi. Avvalo mantiqiy va hissiy 
bilishning organik mos kelish bilan o’rganmasdan turib obrazli tafakkurni 
rivojlantirib bo’lmaydi, usiz esa, o’z navbatida badiiy obrazlarni ham yaratib 
bo’lmaydi. Rassom har tomonlama hayotni yaxshi bilgan, bilimli, ziyoli inson 
bo’lmog’i lozim. Undan tashqari, u bilimini o’zining hissiyotlari orqali o’tkazishi 
va umumlashgan shaklda badiiy obraz shaklida aks ettirmog’i lozim. Dunyoqarash 
- obyektiv borliqni badiiy xarakterda faoliyatning g’oyaviy yo’nalishga mos holda 
aniqlashdan iboratdir.
Dunyoqarash fanlardan olingan bilimlar asosiga suyanadi. Badiiy uslub ham 
ijodning alohida komponenti sifatida aks etadi. Estetik va badiiy did ham 
dunyoqarash, ham badiiy uslub bo’lib, rassomning ma’lum alohida g’oyaviy 
estetik ijodiy yo’nalishini ko’rsatadi. Estetik va badiiy did insonga tug’ilganda 
berilmaydi, xuddi qobiliyatga o’xshash, u insonning o’sishi bilan rivojlanib boradi, 
insonning sezgi organlarini, psixikasini hayotni bilishdagi tajribasi bilan rivojlanib 
boradi. Estetik did tushunchasi san’atga bo’lgan munosabatdagi badiiy didga 
nisbatan kengroqdir. Mahorat - ijodning etib bo’lmas va o’zgacha bir 
komponentlaridan biridir. Ba’zan mahoratni qobiliyat, ijod va talant bilan 
tenglashtiriladi. Bu to’g’ri emas. Shubhasiz, vaholangki tasviriy san’atning zaruriy 
sharoitida namoyon bo’luvchi shaxsning badiiy qobiliyatlari, individual ruhiy 
xususiyati va sifatlaridir. Talant - qobiliyatning tasviriy faoliyatga munosabatlarda 
alohida ko’zga tashlanadi, qaysiki, ta’lim va tarbiya jarayonida olingan yuqori 
rivojlangan va badiiy ijodning eng yuqori darajasini ta’minlaydigan holatidir.
Mahorat esa tasviriy faoliyatda tasviriy texnika, bilim, ko’nikma, malakani 
mukammal egallamoqdir. Yuqori darajadagi bilim, ko’nikma va malakalarsiz 
talantning rivoji bo’lishi mumkin emas.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin