O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Tafakkur sifatlarini inson intellektual taraqqiyotidagi o‘rni



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
11.4.Tafakkur sifatlarini inson intellektual taraqqiyotidagi o‘rni 
Insonning fikrlash faoliyati ijtimoiy xususiyatga ega. Fikrlashning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval ovqatlanish uchun ozuqa izlash, keyinchalik 
esa mehnat qurolini yasash va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish kezida shaxslararo 
fikr almashish, tajriba bilan o‘rtoqlashish ehtiyoji vujudga kelgan. Insonning 
o‘zaro muloqotga kirishishi, muomala qilishi, munosabat o‘rnatishi natijasida fikr 
bildirish, so‘zlashuv uquvi yuzaga kela boshlagan. Nutqning sharofati bilan 
fikrlash mahsullarining izchilligi, mantiqiyligi, tizimliligi paydo bo‘lgan, kelajak 


244 
avlod uchun an’anaviy meros tariqasida qoldirish imkoniyati tug‘ilgan. Insoniyat 
tomonidan to‘plangan tizimlashtirilgan tajribalar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar 
qoldirilmaganida edi, odamzod fikr yuritish fan, texnika, madaniyat sohalarida 
bunday ulkan yutuqlarga erisha olmasdi. 
Shaxsda mustaqil fikr yuritish muammoli vaziyat vujudga kelishidan 
boshlanadi, lekin mazkur vaziyat tug‘ilishi, yechimi bu bilan tugallanmaydi. Unda 
bilishga nisbatan moyillik, ixtiyorsiz xatti-harakat muammoli vaziyatgacha yorqin 
bo‘lmaydi, u noaniq holda yuzaga keladi, so‘ngra bu ma’noda yechimga muhtoj 
muammoli vaziyat yaraladi va nihoyat uning yechimi topilsa, lekin bilishning 
muammodan keyingi bosqichi fikrning o‘z yo‘nalishida ixtiyorsiz davom etaveradi 
(muammogacha - muammoli vaziyat - muammodan keyingi vaziyat). 
Talabaning o‘quv faoliyati fikr yuritishning o‘zaro mustahkam bog‘langan 
berk zanjiri vujudga keladi: mustaqil fikrlash, muammo, masala (topshiriq). 
Talabaning mustaqil fikrlashi quyidagi bosqichlarda tarkib topishi mumkin: 
1. Mustaqil fikr yuritish faoliyatida, eng avvalo, hal qilinishi zarur bo‘lgan 
masala (topshiriq) talaba tomonidan aniqlab olinishi kerak. Agarda uning oldida 
hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirmagan bo‘lsa, u holda biron-bir 
narsa to‘g‘risida fikr ham yuritmaydi. Demakki, talaba qarshisida hech qanday 
muammo paydo bo‘lmagan, mabodo u yechish shart bo‘lgan masala yuzasidan 
qanchalik aniq va to‘laroq ma’lumotlarga ega bo‘lsa, uning oqilona bajarishi 
yuzasidan yo‘l va vositalarni shunchalik yengillik bilan topadi. Buning uchun 
talabalar qo‘yilgan masala mazmunini avvalo ma’lum darajada tushunib olishlari, 
uning shartini tekshirib chiqishlari, nima ma’ lum va nima noma’lum ekanligini 
aniqlashlari mutlaqo zarur. Faqat ana shundagina, ular sira shoshib qolmaydilar va 
sira ikkilanmasdan (topshiriq) shartini qidirib, zehn bilan uni tahlil qilishi, tatbiq 
etish natijasida to‘g‘ri yechishga erishadilar. 
Muammo yoki masalani hal qilish uchun eng zarur bo‘lgan barcha bilimlarni 
(qoidalar, omillar, qonuniyatlar, xossalar, xususiyatlar, muhim belgilar, 
munosabatlar, bog‘lanishlar va boshqalarni) tatbiq qilish uchun intiladilar. Buning 


245 
uchun esa insonning shaxsiy tajribasida uchragan holatlardan, usullardan unumli 
foydalangan holda yangi sharoitga, obyektga ko‘chirish jarayoni amalga oshiriladi. 
Masala yoki muammoga taalluqli faraz (taxmin) ilgari suriladi, bosqichlar 
tahlil qilinadi, yechish to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi, turli variantlar hamda 
variatsiyalar, invariantlar haqida fikr bildiriladi, ular o‘zaro qiyoslanish natijasida 
eng samarali alomatlarga, belgilarga ajratiladi va hokazo. 
Muammo oldiga qo‘yilgan gipotezani muayyan mezonlar natijasi yordami 
bilan tekshirish zaruriyati tug‘iladi. Uni tekshirish uchun o‘zaro o‘xshashlik 
holatlari ma’noviy, shakliy, tuzilmaviy jihatdan taqqoslanadi. Bu o‘rinda ijodiy 
xayol materiallaridan atroflicha foydalaniladi, ya’ni ijodiy rejalar tuzish, 
umumlashma obrazlar yaratish maqsad, natijalarini ko‘z o‘ngiga keltirish, taxminiy 
munosabatlarni idrok qilish amalga oshiriladi. Uning haqqoniy ekanligiga ishonch 
hosil qilish uchun aqliy xatti-harakatlar tizimini tatbiq etib ko‘riladi va ayrim 
o‘zgarishlarni kiritish mo‘ljali oydinlashtiriladi. Gipoteza mantiqiy usullar 
yordamida fikran analiz va sintez qilinadi, uning muhim alomatlari ajratiladi, uning 
to‘g‘riligi, haqqoniyligi bo‘yicha tezkor hukm va xulosalar chiqariladi. 
Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza 
to‘g‘riligi yoki noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish obyektidan siqib 
chiqariladi va yangi farazlar, o‘ylar topiladi. Yangi amaliy gipoteza fikran bir 
necha marta tekshiriladi va undan so‘ng amaliyotga joriy qilish uchun sinashga 
tavsiya etiladi. Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarning aksariyati konstruktiv texnik 
masalalarni hal qilishda, kashfiyotlarni yaratishda, ixtirochilik takliflarida, 
ratsionalizatorlikda, texnologik qurilmalarni joriy etishda turli-tuman modellar, 
variantlar, preparatlar, texnologik kartalar va boshqalar fikran tahlil qilinadi, 
so‘ngra ulardan eng ma’quli, omilkori, oqili, eng maqsadga muvofiqi tanlanadi va 
uning ustiga bosh qotirishda davom ettiriladi. Muammo yoki masalani hal qilish, 
yechish, olingan natijalarning to‘g‘riligiga ishonch va qanoat hosil qilish uchun 
talaba uni tekshirish bilan mustaqil fikr yuritish xatti-harakatlarini yakunlaydi. Ana 
shu fikriy operatsiyalar, mulohaza shakllaridan so‘ng masala (topshiriq) batamom 
hal qilinadi deb topiladi va u to‘g‘rida o‘ylash nisbiy jihatdan to‘xtatiladi, xolos. 


246 
Mustaqil fikr yuritish o‘zining samaradorligi, dolzarbligi, universalligi bilan 
kasbiy tayyorgarlik mahorat sari talabalarni yetaklaydi, jamiyat va tabiat 
hodisalarini anglash uchun puxta negiz hozirlaydi. 
Fikr yuritishning mustaqilligi deganda talabaning shaxsiy tashabbusi bilan 
uning o‘z oldiga yaqqol maqsad, yangi vazifalar qo‘ya bilishi, ular yuzasidan 
amaliy va nazariy, xususiyatli faraz (taxminan, gipoteza) qilishi, kutilayotgan 
natijani ko‘z oldiga keltira olishi, qo‘yilgan muammoni hech kimning ko‘magisiz, 
ko‘rsatmasiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli, turli yo‘l, usul, vosita topib mustaqil 
ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish joiz. 
Fikr yuritishning mustaqilligi aqlning sertashabbusligida, pishiqligi va 
tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda talaba o‘z 
oldiga yangi muammoni aniq maqsad, yaqqol vazifa qo‘yishini, ana shularning 
barchasini amalga oshirishda nihoyasiga yetkazishga, yechimni qidirishda usul va 
vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli 
qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon 
bo‘lishi nazarda tutiladi. Aqlning pishiqchigi vazifalarni tez yechishda, yechish 


247 
paytida yangi usul va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, eski yo‘llardan forig‘ 
bo‘lishda va boshqa ruhiy jarayonlarda ifodalanadi. 
O‘zining va o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin 
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga, 
muammoli vaziyatga baho bera olishda aqlning tanqidiyligi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri 
ochilishiga, muayyan mezonga asoslanib amalga oshirilsa, unday tanqidiylik 
obyektiv tanqidiylik deyiladi. Mabodo, talabaning tafakkuri tanqidiyligi subyektiv 
(shaxsiy) xatolarga umuman subyektivizmga og‘ib ketsa, bunday holda subyektiv 
tanqidiylik deb ataladi. Talaba fikrlashidagi tanqidiylik oqilona, odilona, 
omilkorlik bilan amalga oshirilsa, namoyon bo‘lsa, unda shaxs uchun muhim ham 
aqliy, ham axloqiy sifat (xislat) vujudga keladi, deb komil ishonch bilan aytish 
mumkin. 
Talaba fikr yuritishining mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog‘liq 
tarzda kechadi. Agar talaba tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun 
qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyanomalar bildirilgan hamda nazariy va 
amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday insonning fikr yuritishi sermahsul 
deyiladi. Vaqt oralig‘ida bajarilgan aqliy faoliyat ko‘lamiga va sifatiga oqilona 
baho berish talaba fikr yuritishi mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat 
qiladi. Talaba oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi 
belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisalar mohiyatini ochishga intiladi, 
oddiy turmush haqiqatidan umumiy ijtimoiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi. 
Shubhasiz, talabaning mustaqil fikrlashi hali izlanmagani, to‘la foydalanilmagan 
imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularni to‘la ochish fan va texnika taraqqiyotini 
jadallashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Har qanday tashkilot, yangilik taraqqiyot - 
inson aql-zakovatining mahsulidir, xuddi shu bois fan va texnika rivoji ko‘p 
jihatdan mutaxassisning mustaqil fikrlashiga bog‘liq. Talaba kamoloti jismoniy, 
axloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo‘lib, bu borada uning mustaqil fikrlashi 
yetakchi, ustuvor o‘rin egallaydi. Hozirgi davr talabalari jismoniy, axloqiy jihatdan 
komillik darajasiga yengillik bilan erishsa-da, lekin aqliy kamolotga yetishish asab 


248 
tizimining taranglashuvi, aqliy zo‘riqish, hissiy jiddiylashuv, barqaror irodaviy akt, 
uzluksiz faollik, fidoiylik namunalari evaziga bosqichma-bosqich, asta-sekinlik 
bilan amalga oshishi mumkin. Komil inson bo‘lib kamol topishni ezgu niyat qilgan 
bo‘lg‘usi mutaxassis ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat va 
qadriyatlarni egallash uchun hamda kelajak rivojini ta’minlash uchun talabalarda 
mustaqil fikrlashni, ijodiy izlanishni, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish 
maqsadga muvofiq.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin