O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nutq rivojlanishi davrlari. 
1-davr - 2 oydan 11 oygacha. 
2-davr - 11 oydan 19 oygacha. 
3-davr - 19 oydan 3 yoshgacha. 
Nutq rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga ega: 
a)
gugulash; 
b)
g‘udurlanish (soxta so‘zlar); 
c)
paradigmatik fonetika (1,3-1,5 yoshgacha) - buvi, buva, o‘tir, 
d)
o‘tirdi, o‘tiradi; 
e)
nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje - situativ nutq); 
f)
nutq egotsentrizmi (J.Piaje - egotsentrik nutq). 


253 
12.3.Nutqning rivojlanishi xususiyatlari. Nutq vujudga kelishining 
nazariyalari 
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to‘plangan nazariy va 
amaliy 
materiallar 
tahliliga 
ko‘ra, akustik nutq signallari murakkab 
muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo‘luvchi majmuaviy 
holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi. 
Odatda, o‘pka va nafas olish tana a’zolarning muskul harakatlari bosimning 
oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar 
qatnashishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. 
Akustik tebranishning qo‘zg‘atuvchi mexanizmlari tomoq faoliyati, shovqin 
va impulsiv, ya’ni ixtiyorsiz qo‘zg‘atish, tovushlarining paydo bo‘lishi, havo 
oqimining (massasining) tor oralig‘idan o‘tishi, nutq aktining ayrim o‘rinlari bilan 
uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha - eshituv, tovush nazariyasi demakdir. 
Chastotali filtratsiya akustika manbasi bo‘lib hisoblanadi. Nutq tovushlarning 
tavsifi: 
Har qaysi tilda nutqning paydo bo‘lishida cheklangan tana a’zolari harakati 
ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar). 
Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holatiga mos tushadi va 
muayyan nutq tovushining paydo bo‘lishga olib keladi. 
Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga 
oshiriladi. 
Nutqning xususiyatlari. 
Matn -ma’no-fikr bildirish. 
Ma’lumot (xabar, axborot) bayoni. 
Og‘zaki nutqda axborotning muayyan darajada yo‘qolishi. U.Nutqning 
fonetik elementi. 
Nutqni idrok qilish nazariyasi: 
Shkalalashtirish. 
Unutish. 
Xalaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: a) akustik, b) vizual, v) 


254 
taktil. 
Dinamik spektogramma: 
a) undosh, 
b) unli. 
Nutq faoliyati: 
Anglash. 
Anglash (tushunish). 
Qayd qilish (fiksatsiya): 
a) nazariy va amaliy axborotlar, 
b) takroriy fikrlar, 
v) diqqatni yo‘naltirish (soxta diqqat), 
g) inson shaxsiyati (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot, iroda: 
emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar). 
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‘ishlangan bir talay ilmiy 
tadqiqot natijalari mavjud bo‘lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar birligi, 
uning evolyutsion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda 
shakl jihatdan o‘xshashlik yo‘q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, 
artikulyatsion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya) 
to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar 
umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning 
filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo‘lishi, o‘sishi, o‘ziga xos 
tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo‘yicha xilma-xil yondashuvlar 
mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o‘rganilishi 
ham o‘ziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, 
tasniflanishi mavjud bo‘lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan 
o‘zaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahliliga to‘xtalishdan oldin nutqning 
psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tadbiqiy jihati qiymatini 
oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin