266
12.6.Nutqni idrok qilish nazariyasi. Nutq turlari
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat
qilgan holda o’zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin
bo’lib kelgan. Bu hol subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini
aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq - ravshan nutqni egallay boshlaydi,
birinchi yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo’ladi.
Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan “o-pa”, “buvi” kabi
ohangdosh so’zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret
shaxslarga-ona-ota-buviga bog’laydilar va bolaga ana shu ohangdosh so’zlarning
uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog’lanishi qaror topishiga (“bu
sening buving”) yordamlashadilar. Bola so’zni talaffuz qilarkan, istaganiga
erishishga – e’tibor qilishiga, erkalatilishiga, o’yinchoq kabilarga erishishiga
intiladi. So’z aloqa vositasiga aylanadi. Qo’llaniladigan so’zlar soni borgan sari
to’xtovsiz orta boradi va 2 yoshda bolalarning so’z boyligi haddan ziyod
kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik shakllarini to’g’ri ishlatishi
ham mumkin bo’lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila
boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo’lgan yillar davomida boyib boradi.
Maktabda o’qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda
muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli
munosabat shakllantiriladi. Til o’qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil
predmetiga aylangan holda o’quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan
qonunlar ta’siriga bo’ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon
bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o’quvchilarda nutqiy
munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu
o’rinda ham o’qituvchining erkin hamda aniq ravshan nutqi o’quvchilar nutqi va
tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi.
Yuksak nutq madaniyati - o’qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning
muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o’ziga xos shakllanib,
takomillashib boradi.
267
Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks
ettiradi. Bu hol quruq safsatabozlikning, ya’ni muloqotning, kommunikatsiya
vositalarining birgina muloqot jarayonining o’zini hosil qilishdan iborat yagona
maqsad yo’lida tuturuqsizlik bilan foydalanilishini mustasno etmaydi.
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror
narsani tushuntirish bilan birga o’z oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani
ularga tushuntirish maqsadini qo’yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning
birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o’zaro
ta’sir sifatida namoyon bo’ladi, ya’ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida
paydo bo’luvchi aloqa va o’zaro ta’sirlar yig’indisidir. Birgalikdagi faoliyat va
muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro’y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida
maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko’lami
nihoyat keng-mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik
qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar
bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo’ladi.
Psixologiyada “rol’” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har
bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma’qullangan xulq-atvor
namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o’qituvchi va o’quvchi
shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak
yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo’lishi mumkin). O’z navbatida
har bir rol’ o’ziga mos talablarga javob berishi kerak.
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan,
xizmat joyida direktor, kasal bo’lsa vrach ko’rsatmalariga itoat etuvchi bemor,
oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondo’st oila boshlig’i bo’ladi.
Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o’zaro munosabati rolli kutishlari bilan
boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo’qmi atrofdagilar undan ma’lum namunaga mos
keluvchi xulq - atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy-nazorat
tomonidan baholanadi, ozmi-ko’pmi cheklanishlar qilinadi.
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o’zaro birgalikdagi harakati rollar
ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida
268
bo’ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi.
Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan
shafqatliroq bo’lishlari kerak-bu rollar ehtimoliga mos bo’lib tushadi va ijtimoiy
jihatdan ma’qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi haddan
oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga
nisbatan qattiqqo’l, talabchan bo’lishlari lozim. Shunday qilib, o’zaro birgalikda
harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga
mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko’rishga tayyor bo’lgan
narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish qobiliyati,
malakasi odob deyiladi. Odobsizlik-bu muloqot jarayonida muloqotga
kirishganlarning o’zaro birgalikdagi harakatlarining izdan chiqishiga olib
keladigan va ba’zan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilishi
demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg’araz tabiatga ega bo’ladi. Pedagogik
odobning tegishli aloqa o’rnatish chog’ida tarbiyachiga inom etadigan
imkoniyatlaridan foydalanish o’quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib
bergan holda uning shaxsini shakllantirish jarayonini ancha qulay sharoitlarda
amalga oshirish imkonini beradi.
Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o’zaro ta’sir etuvchi
kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor
namunasini qo’llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini,
nimani eshitishga va undan nimani ko’rishga tayyor ekanligini to’g’ri, aniq,
xatosiz ko’chira olish qobiliyati takt deb ataladi.
O’qituvchi o’quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi
har bir o’quvchi shaxsini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O’quvchilar bilan
psixologik aloqaning qisqa muddatga bo’lsada yo’qolishi, og’ir oqibatlarni
vujudga keltiradi.
Bog’lanish (lotincha bo’lib, “yaqinlashish” degani ) -muloqotga kiruvchilar
o’rtasida ikki tomonlama aloqa bo’lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni
ko’ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o’zaro
269
bir-birlariga hurmati, ishonchidan iboratdir. Pedagog o’quv - tarbiya ishi
jarayonida o’quvchilar bilan aloqa bog’larkan, ulardan o’qituvchi rolining o’zi
taqozo
etadigan
darajada
izzat-ikrom
kutadi.
Agar
pedagog
o’z
tarbiyalanuvchilariga nisbatan ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lsa, u har
qancha qattiqqo’l va talabchan bo’lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari
ta’sirli bo’ladi. Talaba o’qituvchining so’zlarida o’ziga nisbatan hurmat-e’tiborni
sezmasa, juda asosli va mantiqan to’g’ri pand - nasihatlarni ko’pincha loqayd
qoldirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |