O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 


255 
Nutqning turlari 
12.4.Nutqning anatomik tasviri. Nutqnnng funksional elementlari. 
Nutqning ekvivalent blok sxemasi 
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan’anaviy 
tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson - texnika munosabatini 
amaliy jihatdan namoyish qilgan bo‘ladi (odatda, og‘zaki va yozma turkumga 
ajratilar edi): verbal va noverbal. 
Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki 
insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‘zsiz nutq 
turlarini paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini 
qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion 
apparati paydo bo‘lgunga qadar imo-ishora negiziga qurilgan. Ma’lumki, qadimgi 
ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday 
funksiyani bajarayotgan bo‘lsa, o‘sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro 
etgan. U davrlarda axborotlar, ma’lumotlar ko‘lami tor bo‘lganligi tufayli insonlar 
noverbal nutqdan ko‘p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar 
tarbiyasi ma’lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va 
xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo‘lgan, 
tobora takomillashib borgan. 
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: 
Imo-ishora, 


256 
Mimika, 
Pantomimika, 
Exologik, ya’ni aks sado, 
Signifikatsiya, 
Daktilogik (barmoq nutqi). 
Inson yer yuzasidan hayot va faoliyat ko‘rsatish davrining dastlabki pallasida 
asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun 
etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni shaxslararo 
munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin 
ma’noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o‘zbeklarda 
fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni 
bulg‘orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash 
boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jim-jiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, 
ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg‘usiz 
namoyon bo‘ladi va shaxslararo munosabatning tub ma’nodagi ham quroli, ham 
vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg‘usiz deb nomlash ham 
ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy 
funksiyasini o‘zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag‘zini tashkil etib 
kelgan, ba’zida hozirgi zamonda ham undan keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok 
qilish, o‘zgalar fikriga javob qaytarish, tana a’zolari rangining o‘zgarishi hisobiga 
shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo‘luvchi noverbal nutq turiga 
mimika deyiladi. Tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va 
cho‘chchaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik 
holatlarni, ayniqsa, hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, 
perseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo‘lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan 
haqgo‘ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, 
hasad, quvonch, qayg‘u, baxtiyorlik singari yuksak tuyg‘ular namoyish etiladi. 
Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda 
muomala jarayoni yoki qisqa muddatli, uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon 


257 
qiladi, ayanch, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, 
poliada ko‘rinishidagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikrni 
uzatish, qabul qilish, ta’sirlanish, ruhlanish kabi funksiyani bajaradi. Hayotiy 
tajribaning ko‘payishi bilan ichki kechinmalarni (interiorizatsiyalash) tashqi voqea 
hodisalarga almashtirish (eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, ko‘pincha 
individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi. 
Yuz harakatlari, tana a’zolari, qaddi-qomat yordami bilan fikrlarni uzatish, 
syujetli qoidali, ma’noli, dramatik kechinmali noverbal nutq turiga pantomimika 
deb ataladi. O‘z mohiyati ko‘lami bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo‘lib, 
axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar yuzasidan o‘zgalarga ma’lumot 
uzatish tarzida hukm suradi. Insonda turmush tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat 
mazmunini rollarga va syujetga asoslangan holda ssenariysini yaratish, vaziyatga 
qarab qisqa va uzoq muddatli informativ funksiya bajaradi. Pantomimika yumor 
hissini, qo‘rqinch tuyg’usini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o‘zida aks 
ettirib, ko‘pincha kommunikativ funksiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o‘rnatish orqali 
taassurotlar mukammalligi ta’minlanadi. 
Tashqi ta’sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko‘z yoshlarida (xoh 
quvonchli, xoh qayg‘uli bo‘lishidan qat’iy nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalarni 
jonlantiradi va ko‘lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan 
qobil, iste’dodli, iqtidorli, salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus qobiliyatli 
shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijro qilinadi, lekin istisno 
tariqasida o‘qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. Yaqqol ruhiy 
hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari, pantomimika ijrosi davomida 
faoliyat subyekti tomonidan bajariladi. 
Ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot uzatish va 
qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to‘siqlarga urilib qaytuvchi aloqa 
vositasiga exologik yoki sado nutqi deyiladi. Exologik yoki aks sado nutq turi bir 
tomonlama aloqa (tog‘-inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, ko‘pincha 
individual tovush harakati javob, masofa funksiyasini ijro etadi. Lekin aks sado 
orqali tog‘larda, qalin o‘rmonlarda ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida aloqa 


258 
quroli sifatida muayyan ahamiyat qozonadi. Fazoviy tasavvur qonuniyati asosida 
shaxslararo munosabat o‘rnatiladi, ma’lum shartli belgilari o‘zaro bilvosita 
muloqot vositasi rolini ijro qiladi. Ekstremal favquloddagi hodisalar yuz berishi 
jarayonida 
shartli 
tovushlardan 
tuzilgan 
aloqa 
usulidan 
foydalaniladi. 
Tovushlarning qaytishi fazoviy chamalash, muayyan mo‘ljal olish uchun xizmat 
qiladi, qo‘rqinch, hayajon, umid, ishonch tuyg‘ularining aloqaga kirituvchi 
shaxslar ruhiy dunyosida mujassamlashishini ta’minlaydi. 
Noverbal turkumga kiruvchi signifikatsiya boshqalardan o‘z tuzilishi, 
mazmuni, shakli bilan keskin ajralib turadi. Aniq shartli alomatlar orqali muayyan 
mantiqiy yuklamani o‘zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli noverbal nutq 
turi signifikatsiya deyiladi. U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida 
ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki ma’lumot uzatish va qabul 
qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o‘xshash «sun’iy til» nomi bilan 
mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Har bir «signal» 
o‘z ko‘lami, takrorlanish sur’ati, tembri, chastotasi bilan muayyan ma’lumot 
uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, shartli alomatlar negizida 
mazmun yoki mohiyat yotadi («doza», «porsiya» deb nomlanadi). Morze alifbosi 
va shunga o‘xshash hozirgi zamon aloqa qurilmalari qo‘l yordami bilan (asbobni 
bosish orqali) xabar uzatishga yoki qabul qilishga mo‘ljallangan. Hozirgi zamon 
ratsiyalari ham xuddi shunga o‘xshash kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi. 
Noverbal nutqning yana bir turi daktilogik (barmoq) nutq deb ataladi. Inson 
tana a’zolari, imo-ishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala 
o‘rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktilogik nutq deyiladi. So‘z orqali 
ifodalanuvchi nutq mazmuni ma’noli qo‘l, yuz harakatlariga, ayrim hayajonli 
sadoga, qahr-g‘azab, iliq tabassum, qahqahaga ko‘chiriladi. Harakatning 
takrorlanishi axborot mazmunini boyitadi, kuchaytiradi, ma’lumotlar uzluksizligini 
ta’minlab turadi. Umumbashariy xususiyatli nutq vositasi daktiologiya fani nomi 
bilan yuritiladi va maxsus o‘qitish, o‘rgatish orqali undan foydalanish ko‘nikmasi 
hamda malakasi soqov yoki kar-soqov odamlarda shakllantiriladi. Hatto ularda 
savod chiqarish ham xuddi shu tamoyil negizida quriladi. Tabiat va jamiyatga 


259 
nisbatan munosabat, shaxslararo muomala, ma’lumot almashish shu nutq yordami 
bilan ifodalanadi. 
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) 
og‘zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) polilogik, 5) tashqi, 6) ichki, 7) ekspressiv, 8) 
impressiv, 9) lakonik (qatra, yig‘iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jaxd 
holatidagi). 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin