O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Nutq tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik elementi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
12.5.Nutq tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik elementi 
Insonning ijtimoiy - tarixiy taraqqiyoti davri tahlil qilinganda genetik kelib 
chiqish jihatidan birlamchi qatorida og‘zaki nutqni keltirish joiz. Og‘zaki nutq 
noverbal turkumdan keyin paydo bo‘lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli 
ravishda quyidagi nutq ko‘rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, 
polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig‘iq, qatra), affektiv (his-
hayajon, jahl). 
Pauza, mantiqiy urg‘u, temp, tembr, chastota, ritmika va boshqa tashkiliy 
qismlar hamda mexanizmlarni o‘zida mujassamlashtirgan, tilning barcha qoidalari, 
qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishga asoslanuvchi nutq turi og‘zaki 
nutq deb ataladi. 
Noverbal nutq o‘zining asosiy funksiyasini bajarib bo‘lganidan so‘ng (uning 
ma’lum tarkiblari faoliyat ko‘rsatishda davom etib kelmoqda) axborot uzatish, 
tajribalarni egallash, insonni kamol toptirish va shunga o‘xshagan vazifalar tabiiy 
ravishda og‘zaki nutq zimmasiga yuklangan. Jarangli, jarangsiz faol, sust, his-
hayajonli, monoton, yuksak sur’atli, shivirlash ko‘rinishidagi og‘zaki nutq 
xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘zida mukammallashtirgan holda aloqa quroli, 
vositasi tariqasida muomala tarkiblarini aks ettiradi. Kommunikativ xususiyatli 
axborotlar oddiy xabar, so‘rov, undov ma’nosini anglatuvchi ma’lumotlar og‘zaki 
nutqning murakkab hamda rang-barang tuzilishiga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Og‘zaki nutq shaxslararo munosabatning puxta negizini tashkil etib, maqsadga 
yo‘naltirilgan yoki tasodifiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, uzoq ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot davrida o‘z ustuvorligini saqlab kelmoqda. Tilning 


260 
takomillashuvi bevosita og‘zaki (jonli tilda) nutqda namoyon bo‘ladi, iste’molda 
eskirgan so‘zlar eski (arxe) tushunchalar, atamalarga aylanib boradi. Xuddi shu 
bois millatga xoslik mavjud bo‘lsa-da, lekin shaxslarni o‘zaro katta tarixiy davr 
ajratib tursa, u holda bir-birlarini to‘liq tushunish qiyinlashadi. Xuddi shunday 
holatni geografik muhit, hududiy farq, lahjalarga oidlik, shevalar, etnik alohidalik 
keltirib chiqaradi, ammo axborotlarni idrok qilish va tushunishdagi bunday 
qiyinchiliklarni adabiy til birligi bartaraf qiladi (Xorazm, Namangan shevasi va 
hokazo). 
Og‘zaki nutq o‘zining jarangdorligi, ta’sirchanligi, axborotlarni qabul 
qilishdagi qulayligi, uzatilishdagi ixchamligi, toliqishning oldini olish imkoniyati 
mavjudligi uning keng qirrali ekanligini bildiradi. 
Og‘zaki nutqning dastlabki turidan biri - bu monologik nutqdir. Yakka 
shaxsning ichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks ettiruvchi, 
uning o‘ziga qaratilgan (egotsentrik), ta’sirlanishini ifodalashga va axborot 
uzatishga mo‘ljallangan nutq turi monologik nutq deb ataladi. Unda shaxsiy his-
tuyg‘ularning ichki va tashqi shakllari uyg‘unlashadi, shuningdek, o‘zgalar fikrini 
ifodali o‘qishda ham o‘z aksini topadi. Odatda, monologik nutqda fikrlar 
qisqartirilmaydi, mabodo bu qoida buzilsa, axborot ma’nosini tushunish 
qiyinlashadi. His-hayajonning tashqi va ichki kechinmalari hamda ularning 
mexanizmlari aniq, ravon, izchil aks ettiriladi. 
Diada shaklidagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‘rtasida 
namoyon bo‘luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan nutq turi 
dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati 
nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish 
imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko‘pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar 
qabul qilish va uzatish o‘zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala 
maromi buziladi, o‘zaro fikr almashuv muddatdan oldin yakunlanadi. 
Bir nechta kishilar bilan amalga oshirish mo‘ljallangan, triada va poliada 
negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo‘naltirilgan, bahs tarkiblari 
ishtirok etuvchi og‘zaki nutq turiga polilogik nutq deyiladi. Muomalada muammo 


261 
mohiyati har qaysi qatnashchi tomonidan anglashilgandan so‘ng uning tarkiblari 
qisqarishi mumkin, bu esa o‘zaro tushunuvni osonlashtiradi. Mazkur nutq turida 
ham dialogik nutqqa xos bo‘lgan mexanizmlar, ta’sir o‘tkazuvchi vositalar ishtirok 
etib, uning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, shaxslararo munosabat 
ko‘lamini kengaytiradi. 
Artikulyatsion apparat orqali vujudga keluvchi, verbal holatlarda aks etuvchi, 
o‘zgalarga yo‘naltirilgan, har xil xususiyatli vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi nutq 
turiga tashqi nutq deyiladi. Tilning barcha qoidalari va qonuniyatlari unda 
mujassamlashgan bo‘lib, uzatish va qabul qilish, idrok etish va tushunishdan iborat 
muomala quroli, vositasi vazifasini ijro etadi. Nutq tempi, tembri, ritmikasi va 
chastotasi mavjudligi uchun axborotlarni tinglash va idrok qilish yengilroq 
kechadi. 
Muayyan axborotlarni tartibga keltirish, g‘oyalarni yaratish, fikriy dasturni 
ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin latent davridagi ma’lumotlar majmuasidan 
tuziluvchi nutq turi ichki nutq deyiladi. Ichki nutqning muhim xususiyatlaridan biri 
- bu ko‘lam jihatdan tashqi nutqdan kengroq ekanligidir. Ikkinchi bir xususiyati esa 
tafakkurning mexanizmi funksiyasini bajarishdir. 
Axborotlar 
ichki 
mohiyatini 
tashqi 
his-hayajon 
tarkiblari 
bilan 
kuchaytiruvchi, shaxslararo munosabatlarning yaqqol ifodalanishini aks ettiruvchi, 
ovozli, til vositalariga asoslanuvchi nutq turiga ekspressiv nutq deyiladi. O‘zining 
tezkorligi va vaziyatbopligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. 
Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uyg‘unlashishi tufayli fikriy 
bog‘lanishni vujudga keltiruvchi holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi 
omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga impressiv nutq deyiladi. Mulohazalar 
mohiyati shaxs kechinmalari bilan munosabatga kirishishi natijasida o‘ziga xos 
voqelikni namoyish qiladi. 
Turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga keluvchi, jahlning mahsuli 
hisoblanmish, qisqa muddatli nutq turiga affektiv nutq deyiladi. Birdaniga 
suhbatdosh, raqib tomonga uzatiluvchi, o‘ta ta’sirchan, xavfli, ruhiy nishon 
vazifasini bajaruvchi qisqa muddatli nutq affektiv deb nomlanib, zarbasi jihatidan 


262 
alternativi yo‘qligi bilan boshqa nutq turlaridan keskin ajralib turadi. Jahl, qasos, 
alam, tajovuz kechinmalarini o‘zida aks ettirib, o‘ta tanglik, zo‘riqish (stress) 
mahsuli bo‘lib hisoblanadi (jahl kelganda aql ketadi: hissiyot bilan emas, balki aql 
bilan ish tut). 
Insoniyat tarixining sivilizatsiyalik bosqichiga o‘sib o‘tishi davridagi 
e’tiborga yozma nutq paydo bo‘la boshlagan va hozirgacha u o‘z rivojlanishida 
davom etmoqda. Tilning barcha qoidalariga (grafik, morfologik, sintaksistik, 
leksik, orfoepik, lingvistik, fonemetik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, 
mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, 
muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma’no, mazmun 
va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi 
yozma nutq deyiladi. 
Har bir tilning to‘la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va yaqin 
masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quroli) vazifasini bajaradi. 
Millat madaniyati, ma’naviyati, fan va texnikasi, san’ati va adabiyoti yozma nutq 
orqali uzatilib, millatlararo aloqa kanali funksiyasini ado etadi. 
Yozma nutq o‘z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi: 
a) monologik (drama), b) dialogik (badiiy asar janrlarida), v) ichki, g) lakonik 
(yig‘iq, qatra), d) epik (yoyiq, yirik roman, qissa va boshqalar). 
Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o‘z ifodasini 
topgan bo‘lib, og‘zaki nutqdagidan farqli o‘laroq til boyliklariga bevosita 
asoslanadi. Yangiliklar yaratish, ijod qilish so‘zlar orqali mohiyat kasb etadi, u 
yoki bu shakldagi tartibga keltiriladi. Lakonik (yig‘iq, qatra) nutq ham og‘zaki 
nutqdagiday ma’no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar 
mohiyatini to‘laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi. Til 
mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali inson ruhiyati tavsiflanadi. 
Bizningcha, his-hayajonlar orqali ifodalanuvchi, muayyan axborotlarni o‘zida 
mujassamlashtiruvchi nutq turlarini quyidagi tiplarga shartli ravishda ajratish 
mumkin: ekspressiv, impressiv, affektiv, daktilogik va boshqalar. 
Ularning psixologik mazmuni, mohiyati, xususiyatlari to‘g‘risida yuqorida 


263 
mulohazalar bildirilganligi uchun qaytadan tahlil qilish, tavsiflashga hech qanday 
hojat yo‘qdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham joy olishi 
mumkin. Biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar vujudga kelmaydi, 
aksincha, bir-birini to‘ldirishda xizmat qiladi, xolos. 
Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim 
g‘oyalar mutlaqlikka da’vo emas albatta, chunki ularning ko‘pgina jihatlari, 
qirralari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, 
ayrim o‘rinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni taqozo qiladi, 
yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni izlanish predmetiga olib 
kiradi, amaliy va nazariy muammolar yechimini tezroq hal qilishga safarbar etadi, 
nutqning muomala jarayonidan kelib chiqib yondashish evaziga qiymatli 
materiallar to‘plash mumkin hamda uning negizida har qaysi psixolog 
mutaxassisni notiqlik san’atiga o‘rgatish kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga 
muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi. 
Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda 
o’quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak. 
Ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda 
bayon qilinayotgan fikr ko’p jihatdan undan oldingi fikrga bog’liq bo’ladi. 
Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo’lgan ayrim so’zlar tushirib qoldiriladi. 
Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo’lmasligi 
mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolgan so’z 
birikmasi ko’p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi).
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi 
hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Biz so’zni chala - yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. 
Ichki nutq ayrim og’zaki nutq aktlaridan yuksakroq, xususan ixtiyoriylik darajasi 
ancha yuksakroq bo’lgan og’zaki nutqdan yuksakroq sodir bo’lishi mumkin.
Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo’lib, yozma nutq 
monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. Yozma nutq tufayli kishilar to’plagan 
tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoniyati bor. Yozma 


264 
nutq piktografiyadan minglab so’zlar bir necha o’nlab harflar yordamida ifoda 
etilayotgan xozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. Ko’pincha bir narsani yozib 
qo’yish - bu uni anglab olish va eslab qolish demakdir. 
Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya.
 
Nutq o’zining fiziologik 
negiziga ko’ra, eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya 
qobig’ida tashqi olam tomonidan bo’ladigan turli xil qo’zg’atuvchilar bilan 
so’zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqildoq, til 
va boshqa a’zolar harakati o’rtasidagi muvaqqat bog’lanishlar o’rnatiladi. Nutq 
ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So’z, I.P.Pavlov fikricha, “signallar 
signali”dir. Nutqni dasturlashtirish - nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi 
bo’lgan fikrning ma’naviy o’zagini tuzish - birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi 
bosqich - jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumlani ovoz 
chiqarib ayta boshlaydi, ya’ni nutq real tarzda ro’yobga chiqadi. Shunday qilib, 
“gapirish” jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi 
lozim bo’lgan axborotni kodlashtiradi. Retsipient tinglash jarayonida olingan 
axborotning kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo’lgan so’zning anglab 
yetilishini ta’minlaydi.
Nutqiy fikr - mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og’zaki 
muloqotda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va tizimlar saqlanib 
qolganda yuz beradi. Mabodo ushbu tizimlar ishida buzilishlar ro’y bersa, kishi 
nutqida turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so’zlashish va tushunish qobiliyatining 
yo’qotilishi) sodir bo’ladi.
XIX asrning o’rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir qismlari ishidagi 
buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. Jumladan, P.Broka 
bemorlarda chap yarim sharning pastki peshona qismidagi burmalari orqali orqa 
tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so’zlarni talaffuz etishda 
buzilish ro’y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim sharning ustki 
chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda 
so’zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan yedi. Miya to’qimalarining 
ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq (“Broka markazi”) va nutqni tushunish 


265 
(“Vernike markazi”) “markazlari” deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan 
psixofiziologlar (A.R.Luriya, N.A.Bernshteyn, P.K.Anoxin va boshqalar) ning 
ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari (“Nutq 
markazlari”) faoliyatidan ko’ra ko’proq yaxlit holdagi miya faoliyatining 
murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq - ravshan bo’ldi. Shunday 
qilib, nutq funksiyalarining jo’shqin, ya’ni anatomik tarzda emas, balki 
harakatchan tarzda cheklanishi to’g’risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy 
asab tizimining keng ravishda kompensatsiyalab turish imkoniyatlaridan 
foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to’g’rilashida juda katta 
ahamiyat kasb etadi.
Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, 
pauza, poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal 
kommunikatsiya - so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o’rnini bosadi. 
Bolgarlarda boshni qimirlatish yo’q degani, ruslarniki teskarisi bo’ladi. Turli yosh 
guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar 
ko’pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o’z xohish va kayfiyatlarini o’tkazishda 
yig’idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning 
mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi 
muomala madaniyatining bir turidir.
O’rtog’ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib, unga hamdardlik 
bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini 
g’amgin tutadi, past ohangda, qo’llarini yuziga yo peshonasiga qo’ygan va boshini 
chayqagan holda chuqur xo’rsinib gapiradi va h.k.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida 
turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanilayotgan 
vositalarning axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga 
muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday 
muvofiqlik ham og’zaki va ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb 
faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin