234
o‘tadi. Uning xayolida nutqni egallash munosabati bilan shaxslararo muomala ham
taraqqiy etadi. Nutq faoliyatining yuksak ko‘rsatkichi ko‘rmagan, eshitmagan
narsa va hodisalarni tasavvur qilish imkonini yaratadi. Xuddi shu bois bolalar
cho‘plardan ot obrazlarini, stuldan harakatlanuvchi
texnikani yaratish imkoniga
ega bo‘ladi. Shuning uchun fantaziya ijtimoiy tajribani biri sifatida gavdalanadi.
Badiiy fantaziya obrazlari (Bilmasvoy, Buratino, No‘xat polvon, Qorqiz, Qorbobo,
Jodugar kampir va hokazolar) ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va bilishning
vositasi ekanligi psixolog tadqiqotchilar tomonidan dalillab berilgan. Voyaga
yetgan odamlar esa atrof-muhitni va shaxslararo munosabatlarni faol ijodiy
izlanishlari tufayli o‘zgartiradi.
Orzu xayol
shakllaridan biri hisoblanib, shaxsning o‘zi uchun eng yoqimli
istiqbol obrazlarini xayolida (tasavvurida) yaratishda gavdalanadi. Orzu insonning
ehtiyojlari, xohish-istaklari, intilishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uni kelajakda
faoliyatni amalga oshirishga undaydi.
Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yo‘q,
chunki hamisha ham uning amaliy xatti-harakatlarida xayol jarayonlari ro‘yobga
chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jarayonlari shaxs amalga oshirishni
istaydigan obrazlar shaklida mujassamlashadi hamda ichki faoliyat tusiga aylanadi.
Kelajakka shaxsni undovchi, uning xohish-tilaklarini
aks ettiruvchi obrazlar
majmuasi orzu deyiladi. Orzu – shaxsning atrof-muhitni, ijtimoiy voqelikni
o‘zgartirishga, o‘rin almashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy kuchlari, ilhomlari va
intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan biridir. Shu bilan birga
orzu shaxsiy va ijtimoiy hayotni ilmiy faraz qilishning unsurlaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko‘ra bilish, maqsad ko‘zlash, kelajagi
buyuk davlat g‘oyalari, milliy istiqlol mafkurasi va milliy istiqlol g‘oyasi g‘oyat
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun orzu batamom tugallanishi ma’lum bir
sabablarga ko‘ra muvaqqat kechiktirilgan faoliyatga undovchi motiv (sabab)
tariqasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham inson qo‘li
bilan bunyod
etilgan narsa o‘zining ijtimoiy-tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtirilgan,
tadbiqiy xususiyatli shaxsning orzusidir. Ana shu narsalarga nisbatan o‘ta zarur
235
ehtiyoj
his
qilgan
ajdodlarimizning
orzulari
yaqqol
ko‘rinishda
gavdalanganligining shohidi bo‘lamiz: 1) uchar gilamlar; 2) oynai jahon; 3) elektr
chirog‘i; 4) o‘zi yurar aravalar; 5) lip etib chiqish (lift); 6) dashtga suv chiqarish va
hokazolar.
Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o‘rni to‘g‘risida muayyan darajada ishlar
qilgan, chunki san’at va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida
xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining
ijodiy faoliyatida
ishtirok etuvchi xayol obrazlarining muhim xususiyatlari - bu uning emotsional
kechinmalar his-tuyg‘ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy
ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3)
ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va
iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda xayol turlari, jarayonlari, shakllari
kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va
kashfiyotlar amalga oshirish, o‘zlari
yoqtirgan ishlar, muqaddas ijtimoiy xayol
yo‘llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do‘stlik, qahramonlik,
iymon-
e’tiqod, baxt va tole to‘g‘risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs tomonidan
tasavvur etilayotgan orzular haqiqatdan ham go‘zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka
qaratilgan bo‘lsa, ular inson xislatiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: