239
muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari
mavjudligini dalillab ko‘rsatadi.
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan rus psixologlari tomonidan
bildirilgan
mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi.
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir,
jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql
mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga
quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq
yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-
sababiy bog‘lanishlarni
anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga
yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va
funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy-
sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar.
Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga
harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini
belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni
ekanligini yana bir karra
tasdiqlab turibdi. Voqelikni psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik
va mantiqiylik asosida o’rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tasavvurning
uyg’unligini ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda
umumiy psixologik bilimlarni va qoidalarni qo’llay olishidan borat.
Tafakkur psixologik tahlilining o’ziga xosligi. Tafakkur va bilish. Tafakkur
psixologiyasining
predmeti.
Tafakkur
psixologiyasi
predmetiga
asosiy
yondashishlar. Tafakkur analizida tarixiylik tamoyili.
Tafakkur
rivojlanishi
muammosi va uning tuzilishi. Tafakkurning filo va antropogenezda rivojlanishi.
Biologik layoqatlar tafakkurining kelib chiqishi va insonning ish faoliyatida uning
yuzaga kelishi, rivojlanishi. Inson tafakkuri va jonivorlarning aqliy xatti-
harakatlari o’rtasidagi printsipial farqlar. Tafakkur shakllari rivojlanishida ijtimoiy
mehnat taqsimotini roli.
Dostları ilə paylaş: