10.6. Xorij psixolog olimlarining xayol to‘g‘risidagi fikrlari
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga
ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko‘rinishlarga bo‘linadi.
O‘zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar,
tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol «tiklovchi xayol» deb ataladi. Tabiatga,
jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma’lumotlar o‘rganilishida
xayol bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda, rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan
narsalar qayta tiklanadi. Ijtimoiy tajribada, ta’lim-tarbiya jarayonida fazoviy xayol,
vaqt va harakat birliklariga oid axborotlar, masofa, hajm to‘g‘risidagi xabarlarga
diqqat bilan, sinchkovlik bilan qarash, tikilish jarayonida mazkur xayol turi
rivojlanadi.
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o‘laroq original va qimmatli moddiy,
ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat
xayolning turidir.
Xayolning muhim tomonlaridan biri - uning ijodiyot va shaxs munosabatining
yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va
zaxiralarini ro‘yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan
shaxs o‘zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini
amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni
egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni
228
integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni
differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o‘z ulushini qo‘shadi va
sivilizatsiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchisiga
aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, irodaviy barqarorlik,
xarakterning mustahkamligi va boshqa individual-tipologik xususiyatlardagi
yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda
ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Ijodiyot tarkib bilan shaxsning xususiyatlari o‘rtasidagi
uyg‘unlikning yuzaga kelishi ikkiyoqlama ta’sir o‘tkazish mexanizmi sifatida
muhim rol o‘ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o‘zining yangi qirralarini ochadi, uning
fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi.
Xayolning analitik-sintetik xususiyatlari. Analitik holat xayolning mazmunini,
mohiyatini, predmetini, asosan, tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar,
timsollar, tasvirlar yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli
ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Yangilik elementlari, ba’zi
jabhalarining qo‘shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qilinishi xayolning asosiy
vazifasi ekanligi g‘oyasini aks ettiruvchi tendensiya psixologiya fanida aksariyat
ilmiy maktablar tomonidan tan olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida
qat’iy ravishda himoya qilinib kelinmoqda. Ikkinchi tendensiya biosfera va
neosfera to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, timsollar ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali xayol mahsuli sifatida
saqlanib keladi, degan g‘oyaga asoslanadi. Bu tendensiyada obrazlarning
tiklanishi, saqlanishi, kuchayishi yoki o‘chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda
inson xotirasida, ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat
uchun birlamchi ekanligi isbotlashga harakat qilinadi. Har ikkala tendensiya ham
xayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zaro bir-
birini inkor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. Shuning uchun ijodiy
xayol yangi obrazlarni vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo‘shadi, yaqqol
voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar, chizg‘ilar tasviri hamda
tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi.
229
Tiklovchi xayol insoniyat tomonidan oldin yaratilgan narsalar va hodisalar
to‘g‘risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joylanishiga muhim ta’sir etadi,
o‘zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo’jizasini dog‘da qoldiradi. Har
ikkala tendensiya uyg‘unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi xayol turlari vazifasiga,
ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mumkin.
Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlicha yakun, o‘zgacha mazmun,
alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir.
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Xayolning
sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot.
yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga
qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini
yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. pirego1e
bo‘rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «seta» obraz,
shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «shroz» iz, chiziq degan
ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o‘xshatma — muayyan narsalarga. nisbatan
qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish
kabilar.
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv
jarayonining soddaroq ko‘rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti
va faoliyatida ro‘y-rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo‘q xilma-xil xislatlar,
fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks
ettiradi.
Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalq tomonidan yaratilgan
ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy kompozitsiyasi to‘qib
chiqariladi (lotincha - tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan,
bulbuligo‘yo - odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv
parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki,
sochi yashil suv o‘tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot)
qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat)
va boshqalar.
230
Hozirgi zamonda agglyutsinatsiyadan texnik, badiiy, san’at ijodiyoti keng
ko‘lamda foydalanilmoqda, chunonchi, samolyot amfibiya - (yunoncha -
ikkiyoqlama hayot kechirish ma’nosini bildiradi) uchuvchi qayiq toifasidagi
quruqlik va suvga moslashgan gidrosamolyot; aerosans (chana singari sirg‘anuvchi
samolyot), jangovar texnika amfibiya (tank, bronetransport, avtomobil); avtokor
(inglizcha «sag» arava) o‘zi yurar arava va hokazo.
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini
o‘zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o‘xshash psixik
jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat haddan ziyod
kattalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqdek kichik balo, uydek tuxum, tog‘dek
pahlavon, tariqdek bola, tuyadek burga va hokazo) bilan tavsiflanibgina
qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) miqdorini ko‘paytirish
yoki ularning o‘rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masalan,
yetti boshli ajdarlar, ko‘pqo‘lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar,
quyosh nurini to‘sgan afsonaviy qushlar shular jumlasidandir.
Sxematizatsiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati
mavjud vositalardan biri hisoblanib, u borliqdagi narsa va hodisalarning u yoki bu
alomatlari hamda sifatlarini ta’kidlashdan, shuningdek, ularga butun diqqat-
e’tiborni markazlashtirishdan iborat psixik jarayondir. Mazkur jarayonda xayolot
(fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o‘zaro birlashib ketishi
natijasida tafovutlar qariyb yo‘qoladi, o‘xshashlik alomatlari esa birlamchi
voqelikka aylanadi, qolaversa, ushbu holat sxematizatsiyalashni ro‘yobga
chiqishiga qulay negiz hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qushlar
olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan haqiqiy asbob ishlab
chiqishi; rassom tabiat mo’jizalarining matoga tushirishi yaqqol misoldir.
Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro‘yobga
chiqishi mumkin. Odatda, badiiy adabiyotda tipizatsiya yoki tipiklashtirishdan
keng ko‘lamda foydalaniladi hamda uning yordamida ba’zi bir jabhalari bilan
o‘zaro o‘xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari
ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy
231
jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assotsiatsiyalar
orqali paydo bo‘ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida
uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari
hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiatsiyalar jarayonida o‘zlashtirilgan
yo‘nalish bo‘ysunadi.
Ijodiy xayol o‘ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan eng
muhimi assotsiatsiyalarning an’anaviy yo‘l-yo‘rig‘idan voz kechib, ijodkor
ruhiyatida favquloddalik qilayotgan his-tuyg‘ular, o‘y-fikrlar, xohish-istaklarga
tobe etishdir. Vaholanki, assotsiatsiyalarning o‘xshashlik, yondoshlik, qarama-
qarshilik (kontrastlik) ko‘rinishlari saqlanib qolsa-da, lekin tasavvurlarni saralash
esa sababiy bog‘lanish mexanizmi bilan tavsiflanadi. Ijodkor (shoir, yozuvchi,
rassom) asarida assotsiatsiyalar chizgisi paydo bo‘ladi, ularning vujudga kelishiga
asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi.
Xayol jarayonlarining, shu jumladan, fantaziya obrazlarining vujudga kelishi
inson miyasi faoliyatining mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari
po‘stloq qismining funksiyasi orqali amalga oshadi. Xotira bilan xayolning
fiziologik asoslari, mexanizmlari o‘rtasida muayyan darajada o‘xshashlik va ba’zi
tafovutlar mavjudligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining o‘zaro birikuvi
hamda faollashuvi (qayta jonlanishi, tormozlanishi)dan iborat bo‘lsa, xayol
jarayonida inson ontogenezida yuzaga keltirilgan bog‘lanishlar tizimi buzilishi
(yemirilishi) oqibatida yangi tizim hosil qilinadi. Favquloddagi bunday holat
(birlashishi, yangi tizim) ma’lum ehtiyoj yoki birorta tasodifiy taassurot (tashqi
ta’sir) orqali miya po‘stida kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi tufayli
vujudga kelishi mumkin. Xuddi shu boisdan xayol surayotgan shaxsda nerv
hujayralarining guruhlari o‘zaro yangidan (qaytadan) bog‘lanishi, shuning uchun
fantaziya obrazlariga xos yangilik va o‘xshashlik alomatlari mazkur yangicha
bog‘lanishga bo‘ysunadi.
Shunday qilib, xayol miya katta yarim sharlari po‘stining funksiyasi
hisoblanishiga qaramasdan, uning fiziologik mexanizmlari miyaning boshqa
232
qismlari bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida faraz qilishga imkon tug‘diradi.
Miyaning mana shunday chuqurroq qismlari gipotalamlimbik tizimi fantaziya
obrazlarining shakllanishi bilan ularni faoliyat jarayonlariga qo‘shilishda miya
yarim sharlari po‘sti bilan birga qatnashadi. Tizimning po‘stloq bilan po‘stloqosti
qismlari bog‘lanishi tufayli gipotalamus miya stvolining yarim sharlar bilan
tutashuvida «limb» (chegara) hosil qiladi.
Inson miyasi fantaziya obrazlariga hamda organizmning periferik (chet)
qismlariga boshqaruvchanlik ta’sirini o‘tkazib, ularning faoliyatini o‘zgartirib
turadi. Shaxs asabiylashganida biror narsa haqida qattiq o‘ylasa, albatta tana
a’zolarida ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan
bunday alomatlar (belgilar, izlar) «stigmat»lar deb nomlanadi (yunoncha, dog‘
yoki chandiq degan ma’noni anglatadi). Qadimgi xalq afsonalari, rivoyatlariga
qaraganda inson qattiq jismoniy kaltaklangan davrini eslasa, go‘yoki o‘sha
azobning izlari favquloddagi paytda yuzaga kelishi ta’kidlanadi. Qo‘rqinch holat
to‘g‘risida xayol obrazlari yaratilsa, odamga uchuq chiqishi, lablari yorilgandai his
etishi voqeliklari uchrab turadi. Masalan, chekish va ichishni mutlaq tashlagan
shaxs papiros yoki spirt ichimligi to‘g‘risida o‘ylasa, uning og‘iz bo‘shlig‘ida
tamaki ta’mi, aroqning achchiqligi paydo bo‘lishi mumkin. Inson juda suvga
tashna bo‘lsa yoki ochlik azobi qiynasa, ular to‘g‘risida o‘ylasa, «shirin qoniqish»
«lazzatlanish» hislari vujudga keladi.
Psixologiyada qo‘rqinch holati to‘g‘risida muayyan materiallar to‘plangan va
tahlil qilingan. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga
keladigan kuchli asosga ega bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishlanishdan iborat,
inson tomonidan yengish imkoniyat yo‘q muttasil psixopatologik holati. Mazkur
patologik holatning ba’zi birlariga tushuncha berishga harakat qilamiz: 1)
agarafobiya - shaxsning gavjum maydonlardan, shoh ko‘chalardan o‘tishiga
qo‘rqishi; 2) kaustrofobiya - insonning eshigini qulflab yolg‘iz o‘tirishidan
qo‘rqishi; 3) monofobiya - shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hech kimsiz qolishdan
qo‘rqishi; 4) atropofobiya - insonning ko‘pchilik davrasidan, xaloyiqdan qo‘rqishi;
5) nazofobiya - odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi; 6) eyrotrofobiya -
233
shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan
qo‘rqishi; 7) didaktogen - o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘rqishi;
8)yatrogen - bemorning shifokordan qo‘rqishi va hokazo.
Xayolning organik jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar
yana ideomotor (yunoncha - tushuncha, tasavvur, lotincha - harakatlantiruvchi
degan ma’noni bildiradi) aktlar (harakatlar)da mujassamlashgan bo‘ladi. Inson u
yoki bu harakatni tasavvur qilish bilanoq xuddi shu narsaning tabiiy ravishda
bajarilishi boshlanadi. Masalan, shaxs qaysidir ashulani dildan o‘tkazsa, uning
xirgoyisi amalga oshiriladi yoki rubob to‘g‘risida tasavvur qilinsa, undagi barmoq
harakati tasodifiy ijroga kirishadi va boshqalar.
Xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha. Xayolning asosiy shakli xayolot yoki
fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida
qo‘llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan e’tiboran borliqning
qiyofasini o‘zgartirishga yo‘nalgan bo‘ladi, voqelikning unsurlari o‘rin
almashtirish xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi
uchun ma’lum bo‘lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu
yo‘sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni
o‘zida mujassamlashtiradi.
Odatda, bolaning asosiy faoliyati o‘yinga aylana borgan sari bog‘cha va
kichik maktab yoshi davrida jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki,
ta’kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning o‘yin
faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: a) bola o‘zini kosmonavt sifatida
his qiladi; b) konstruktor rolini bajaradi; v) o‘zini personaj xulq-atvori bilan
taqqoslaydi; g) rolli, syujetli o‘yinlarda muayyan rollarga kirishadi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |