O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Aglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, sxematizatsiya



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
10.5.Aglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, sxematizatsiya, 
aksentlashtirish jarayonlari 
Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga 
taalluqli holatlardagi yetishmovchilikda ham u yoki bu yo‘l bilan muammoli 
vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga muhim zamin hozirlaydi. Insonda mavjud 
narsalarning 
ichki 
tuzilishi, 
uning 
rivojlanishi, 
o‘zgarishi to‘g‘risidagi 


226 
ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat 
qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma’lum o‘rganilmagan sohalar 
mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o‘z funksiyasini bajaraveradi, 
shuning uchun xayolning qaysi turi hukm surayotganligidan qat’iy nazar, u ijobiy 
hodisa sifatida baholanishi lozim. Chunki, xayol insonning aqliy zo‘r berishda, 
stress, affekt holatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a’zolari 
funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobiliyatini barqarorlashtiradi. 
Xayol turlari to’g‘risida umumiy tushuncha. Xayol o‘zining faolligi bilan 
atrof-muhitni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim 
sharti sifatida xizmat qiladi. Ba’zi bir psixologik ma’lumotlarga qaraganda, goho 
xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun’iy 
ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi holatlarda yaqqol 
tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1) inson hech 
qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan 
berkinish maqsadida; 2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan 
himoyalanish niyatida; 3) shaxsiy nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan 
armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 6) alkogolizm, 
narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi 
mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini 
namoyon etadi. 
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli 
psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), 
ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to‘g‘risida ham muayyan 
ma’lumotlar mavjuddir. 
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham 
mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga «kashf» 
qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo‘naltirilgan xayolning o‘ziga xos 
obrazlari majmuasi «shirin xayol» deyiladi. Odatda, «shirin xayol»da 
fantaziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa yengillik 
bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida 


227 
odamlar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik 
darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko‘rinish uning nuqsoni hisoblanadi. Passivlik 
(sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini yengishdan chetlashtiradi, yashash uchun 
kurashga xohish yo‘qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv 
xayol hech o‘ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda 
quyidagi holat yuz beradi: a) ong nazoratining kuchsizlanishi; b) ikkinchi signallar 
tizimining susayishi; v) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, g) uyqusirash 
kezida; d) affektiv vaziyatdan; e) tush ko‘rishda; yo) gallyutsinatsiyada; j) 
patologik holatlarda va hokazo. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin