6
ma’nosini bildiradi. Ertak Surxandaryo, Samarqand o’zbeklari orasida matal,
Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazimda Varsaqi, Toshkent
shahri va uning atrofida cho’pchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining hayoliy
va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga
asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-g’aroyib holatlarda kechishi,
qahramonlarning g’ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq
qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon bo’lib, syujet voqealarining asosini
tashkil etadi, syujet chizig’idagi dinamik harakatning konflikt yechimini
ta’minlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari ta’limiy-estetik funksiyani
bajaradi, janr komponenti sifatida o’ziga xos badiiy tasvir vositasi bo’lib xizmat
qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda bo’lishi mumkin bo’lmagan
yoki mavjud bo’lgan hodisalar tarzda tasvirlaydi. Hayoliy va hayotiy
uydirmalarning ishtiroki, syujet chizig’ida tutgan o’rni va vazifasiga ko’ra
ertakni 2 guruhga – hayoliy uydirmalar asos bo’lgan ertak, hayotiy uydirmalar
asos bo’lgan ertaklarga bo’lish mumkin. Hayoliy uydirmalar asosidagi ertak
syujeti mo’jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertak syujeti esa
hayotiy tarzda yuo’lib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertaklarda,
asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati,
yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida,
asosan, bosh qahramonning o’zga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq
bo’lib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni
ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi
maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va
g’ayritabiiy kuch-qudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsadi passiv
qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa
bosh qahramonning aql-idroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.
Ertak janri obrazlar talqini, g’oyaviy mazmuni va konflekti, syujet va
kompozitsiyasi, uydirmalarning o’rni va vazifasi, tili va uslubiga ko’ra, shartli
ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy
ertaklarga bo’linadi.
7
Yuqorida ertaklar to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdik. Shubxasiz ular yosh avlod
tarbiyasida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Qadimgi yozma manbalardan biri hisoblangan “Avyesto” da yoshlar tarbiyasini
alohida urg’u byerilgan.
Dostları ilə paylaş: