8
dahshatli chirkin sarqitlariga bolta urub chil-parchin qilib tashladi va kishilik
jamiyatining ma’naviy taraqqiyotini yangi yo’nalishga soldi.
Uning ta’limoti, siymosi, nomi bilan ataladigan «Zardushtiylik» dini
insonlarga asrlar bo’yi ma’naviy madad, ruhiy oziq bo’lib xizmat qildi. «Avyesto»
dagi alqov qo’shiqlari, sanolar bashariyat tomonidan uzoq-uzoq yillar mobaynida
qiroat bilan kuylab kyelindi va insonlarda kyelajakka umid,
yaxshilik, ezgulik,
mardlik, qahramonlik, pokizalik, rostgo’ylik tuyg’ularini tarbiyalaydi, yovuzlikka
nisbatan esa nafrat hissini uyg’otishga xizmat qildi va mamlakatlar bo’ylab kyeng
tarqaldi. Jumladan, qadimgi Parfiya, Baqtyeriya, So’g’diyona, Parkana,
Ozarbayjon, Eron, Xuroson, Iroq, Mug’ilistondan tortib to Suriya, Xitoy, Shimoliy
Hindiston, Rum, Habashiston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
Abu
Rayhon Byeruniyning yozishicha, Iskandar Zulqarnayn mil. avv. 330-
yilda ahamoniylar impyeriyasini mag’lub etgach, insonlarni xaniflikka,
yakkaxudolikka targ’ib qilib, otashxonalarni vayron etgan. Olimlarga
«Avyesto»dagi tibbiyot, falsafa va ilmi nujumga doir o’rinlarini
tarjima qilib
qoldirib, qolgan ko’pxudolik qismini yoqib yuborishni buyurgan.
O’tmishda «Avyesto» va Zardushtning vatani qayerda bo’lganligi to’g’risida
olimlar o’rtasida bahs-munozaralar bo’lib o’tgan. Pirovardida o’ttizdan oshiq chyet
ellik mashhur avyestoshunos olimlar va o’zimizning qadimshunos,
tarixchi,
avyestoshunos tadqiqotchi olimlarimiz «Avyesto» va Zardushtiylik dinining asoschisi
Zardushtning vatani
O’zbyekiston, Xorazm dyeb qat’iy bir to’xtamga kyelganlar.
Olimlarning bunday yakdillik bilan chiqargan xulosalarini BMTning maorif va
madaniyat bo’limi – YuNESKO ham tasdiqlagan.
Ushbu fikrni o’z o’rnida yurtboshimiz ham ta’kidlab o’tganlar: «Avyesto eng
mo’tabar, qadimiy qo’lyozmamiz… Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki
daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz
avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy myerosidir»
Unda shubhasiz
yoshlarni jismoniy baquvvat, jasur qilib tayyorlash yurt
farovonligi uchun kyerakligi qayd qilingan.