O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Yüklə 167,6 Kb.
səhifə6/18
tarix07.01.2024
ölçüsü167,6 Kb.
#202523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim-hozir.org

E’tiqod erkinligi – kishi ongida chuqur o’rnashib qolgan va amalga oshirilishi
shaxsning kundalik ehtiyojiga aylangan intilish, xatti-harakat va dunyoqarashlar tizimi. 
Darhaqiqat yosh avlod tarbiyasida jamiki insoniyat qayg’urib yashaydi. Ularni har
tomonlama tarbiya topgan inson bo’lishini istashadi. Bu o’z navbatida umuminsoniy 
qadriyat hisoblanadi.

Qadriyat – tyevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki
salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, axloqiy tamoyillar, g’oyalar, yo’l-
yo’riqlar va maqsadlarda ifodalangan ana shu tushunchaga baho byerish myezoni va
usullari hisoblanadi. 
Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar – ma’lum bir axloq mye’yorlari, ilg’or,
taraqqiyparvar madaniy myeroslar kiradi. 
Qadriyatlar moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’navi qadriyatlarga hamda ijobiy va
salbiy qadriyatlarga bo’linadi. 


Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha
narsa va hodisalar (pryedmyet va jarayonlar) majmuidir. 


Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy,
ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Qadriyat katyegoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas,
jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini
narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi 
munosabatlar uchun foyda kyeltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kyelib,
ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga 
aylanadi.



11
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, 


an’analari o’tmishi va kyelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.



Qadriyatlar faqat o’tmish uchun qadrli bo’lmasdan, balki hozirda ham
kyelajak taraqqiyotida ham qadrli bo’lib, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir 
qiladi hamda kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy,
ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi. 
Qadriyat turlari quyidagilar:

tabiiy qadriyatlar;



moddiy qadriyatlar;



ma’naviy qadriyatlar;



estyetik qadriyatlar;



milliy qadriyatlar;



umuminsoniy qadriyatlar.


Bular o’z navbatida shajaraviy xususiyatga ega. 


Tabiiy qadriyatlar – insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan
ryesurslar, ya’ni yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o’rmonlar, o’simliklar, 
hayvonot dunyosi va boshqalar.

Moddiy qadriyatlar – insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli
bo’lgan narsa (pryedmyet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va 
qurollari, myehnat pryedmyetlari, moddiy nye’matlar, kishi faoliyati jarayonini
amalga oshirishdagi buyumlar. 


Ma’naviy qadriyatlar – siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estyetik, falsafiy,
axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir. 


Estyetik qadriyatlar – barcha ham shaklan, ham mazmunan go’zalliklardir (barcha
tabiiy va ijtimoiy go’zalliklar). 


Milliy qadriyatlar – muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar
asosida rivojlanib kyelgan va ma’lum shakl va mazmunga ega bo’lgan moddiy va 
ma’naviy boyliklar majmuasidir.

Yüklə 167,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin