12
Umuminsoniy qadriyatlarning asosini kurrai zamindagi ilm-fanni taraqqiy ettirish,
dunyo bo’yicha tinchlik va barqarorlikni saqlash, ekologik muammolar yechimini
izlash, yadroviy qurollar poygasini to’xtatish, turli xalqaro xavflarni oldini olish,
turli
kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish,
qashshoqlik va
savodsizlikka barham byerish,
sanoat xom ashyosi, enyergiya manbalarini
yaxshilash, koinot va jahon okyeani ryesurslarini o’zlashtirish va shu kabilar bilan
bog’liq bo’lgan muammolar tashkil etadi.
Har bir yoshlar tarbiyasida umuminsoniy qadriyatlar o’ziga xos o’rinni egallaydi.
Biz yoshlarni ma’naviyatli, madaniyatli qilib voyaga
yetkazishimizda albatta
umuminsoniy qadriyatlar o’z ta’sirini ko’rsatishi shart. Agar ular bo’lmasa, tarbiya
tizimi ishdan chiqadi.
Tarbiya tizimini to’liq yo’lga qo’yishda madaniy va ma’naviy omillar muhim
rol o’ynaydi.
Madaniyat (M). O’zbyekiston Ryespublikasida
mustaqillik yillarida
jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohatlar bilan bir qatorda
madaniyatni yuksaltirishga ham alohida e’tibor byerildi. Xalqimizning ma’naviyat
qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish,
ularni asrab-avaylash va
rivojlantirish, muqaddas dinimiz urf-odatlarimizni, ilmiy, madaniy myerosimizni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Davlat tili to’g’risida»gi
(21.10.1989y.) Qonun, «Kadrlar tayorlash milliy dasturi» (29.08.1997y.) ning
qabul qilinishi, O’zbyekiston Badiiy Akadyemiyasi (1997y.), O’zbyekiston davlat
konsyervatoriyasi (2002y.), O’zbyek milliy akadyemik drama tyeatri (2002y.),
Estrada musiqasini rivojlantirish to’g’risidagi va boshqa bir qancha qaror va
farmonlarning
qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning
muqaddas
nomlari
tiklanib,
yubilyeylari
xalqaro
miqiyosda
kyeng
nishonlanayotgani davlatimiz tomonidan M.ni rivojlantirishga ko’rsatilayotgan
g’amxo’rlikning amaliy ifodasidir.
Madaniyat – dunyo to’g’risidagi tasavvurlar boyliklari
va muayyan turmush
tarzining umumiyligi bilan bog’liq bo’lgan odamlar uchun umumiy axloq qoidalari
tizimi. Madaniyatni o’zlashtirish, o’rgatish yoki o’qitish yordamida amalga oshiriladi.
13
Shaxsning (axloqiy, siyosiy, kasbiy va hokazo) madaniyati bilimlar, malakalar,
ko’nikmalar, axloqiy qobiliyati, axloqiy va estyetik rivojlanish, dunyoqarash, odamlar
bilan o’zaro muloqotlarining usullari va shakllari, shaxsiy qobiliyatlarining rivojlanish
darajasi kabi faoliyatda amalga oshiriladigan insoniy kuchlar va qobiliyatlarni o’z
ichiga oladi.
Shaxsning madaniyat darajasi uning umumlashgan
madaniy myerosga
erishganligi, o’ziga xos qobiliyatlarning rivojlanish darajasi bilan byelgilanadi.
Madaniyat (arabcha «madaniyat» - madinalik, shaharlik, tarbiya ko’rganlik)
– «madaniyat» so’zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi Madina shahri nomidan
kyelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta’lim – tarbiyani asosan Madinada olganlar.
Dostları ilə paylaş: