O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Yüklə 167,6 Kb.
səhifə2/18
tarix07.01.2024
ölçüsü167,6 Kb.
#202523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim-hozir.org

KIRISH. 
Har qanday jamiyatning ravnaq topishi, rivojlanishi bizga ma’lumki shu 
jamiyatning o’sib, ulg’ayib kyelayotgan o’qimishli yigit-qizlarga bog’liq.
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash ta’lim 
tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bunday vazifani amalga oshirish
uchun o’z Vataniga, xalqiga, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil 
fikrlaydigan ijodkor shaxsni shakllantirish talab etiladi. Shuning uchun ham
bugungi kunda umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf o’quvchilari 
faoliyatiga katta e’tibor byerilayapti. Bu o’z navbatida ta’lim tizimidagi tub
islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash boshlang’ich sinf 
o’quvchilariga qanday va qay tarzda amalga oshirilishi umumta’lim maktablari
oldida turgan dolzarb muammolaridan biri bo’lib, bu haqda O’zbyekiston 
Ryespublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda ota 
bobolarimiz tomonidan amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor
qaratilishi lozimligi ta’kidlangan. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini har tomonlama yetuk shaxs qilib
tarbiyalashda umuminsoniy qadriyatlarning o’rni byeqiyosdir. Umuminsoniy 
qadriyatlar inson o’z ongini tanigan kundan boshlab tarkib topgan va
insoniyatning faoliyati jarayonlarida takomillashib, rivojlanib kyelgan. Shunday 
ekan bunday ulug’ qadriyatlardan foydalangan holda boshlang’ich sinf
o’quvchilarini ertangi kunning faol shaxslarini tarbiyalash nazarda tutiladi. Ota-
bobolarimiz o’z farzandlarini oqil, adolatli, dustparvar, Vatanni syevguvchi inson
qilib tarbiyalashda ibrat namuna tizimidan kyeng foydalangan. Bunda yaxshi 
insonlarni ibrat qilib ko’rsatish orqali u ham bir kuni shu insonday bo’lishi uchun
nimalarga rioya qilishi, nimalarda vos kyechishu nimalarga intilib yashashi 
zarurligi uqtirilgan. Ana shuning hammasini inobatga olgan holda bugungi kunda
bizlar ham o’sib ulg’ayib kyelayotgan yosh avlodga to’g’ri yo’lni ko’rsatishimiz 
lozim. Bizga ma’lumki fan va tyexnikaning rivojlanishi kishilik faoliyatiga bir
qator qulayliklar yaratish bilan bir qator muammolarni ham yuzaga kyeltiradi. 
Ya’ni, axborot ko’lamining boyib borishi va undan foydalanish imkoniyatining



4
kyengayib borishi axborot va tyelyekomunikasiya vositalarining takomillashishi 


va rivojlanishiga bog’liqdir. Shuning uchun ham bunday imkoniyatlardan to’g’ri


va oqilona foydalanish bugungi kunning talablaridan biridir. Shuning uchun ham 
bugungi kunda ryespublikamizning barcha tarmoqlarini axborotlashtirish va uni
takomillashtirish bo’yicha ko’plab qonunlar, myeyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab 
chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan:
- O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidyenti 2002 yil 30 maydagi 
“Kompyutyerlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot tyexnologiyalarini joriy etish
to’g’risida”gi PF-3080 sonli farmoniga binoan; 
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunidagi
“Kompyutyerlashtirish va axborot komunikasiyasi tyexnologiyalarini joriy etish chora 
tadbirlari to’g’risida” gi 200-sonli qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 yil 11 dyekabrda qabul 
qilingan “axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni;
- O’zbekiston Respublikasi Pryezidyenti 2005 yil 8-iyuldagi “Axborot 
komunikasiya tyexnologiyalarini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PF 117-sonli qarori; 
- Xalq Ta’lim Vazirligi tomonidan 2004 yil 12 oktyabrda qabul qilingan “ta’lim
muassasalarini yagona axborot makoniga aylantirish, intyegrasiyani chuqurlashtirishni 
hisobga olgan holda zamonaviy maktabni jihozlash konsyepsiyasi”;
- O’zbyekiston Ryespublikasi Osiyo taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda 
amalga oshirayotgan “Ta’lim syektorini rivojlantirish dasturi” hamda “Umumta’lim
maktablariga axborot komunikasiya tyexnologiyalarini joriy etish” loyihalari; 
- O’zbyekiston Ryespublikasi Vazirligining 2006 yil 3 avgustdagi 2006- 2007
o’quv yilini “Axborot komunikasiya tyexnologiyalari kadrlar salohiyatini oshirish 
o’quv yili” dyeb nomlash to’g’risidagi 6G’5-sonli buyruqlari.
Yuqorida qayd etilgan qarorlarda, konsyepsiya, loyihalarda yoshlarning 
intyelyektual salohiyatini oshirish va ular orqali ta’lim-tarbiyani tubdan isloh
qilishga qaratilgan fikrlar o’z aksini topgan. Bu esa barkamol avlod tarbiyasidagi 
muhim omillardan biri bo’lib, u orqali pyedagogik tizim takomillashtiriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qimishli shaxslar qilib voyaga 
yetkazishda tarbiya muhim omil bo’lib xizmat qiladi.



5
Raxmatli Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, «Buyuk davlat, 


buyuk kyelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o’zining


o’tmishi, ulug’ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kyelajakka ishonadigan 
insonlarni tarbiyalashimiz kyerak» .
Bu, o’z navbatida ta’lim tizimi oldiga, o’quvchilarni har tomonlama kamol 
topgan shaxs qilib tarbiyalash vazifasini qo’yadi. Uni amalga oshirishda biz buyuk
bobolarimiz tomonida yaratilgan asarlar, hikmatlar va ibratli turmush tarzi xizmat 
qiladi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini insoniy fazilatlarga boy
shaxs qilib tarbiyalashda xalq pyedagogikasi va milliy-ma’naviy qadriyatlarimizning 
asoschilari. Imom al- Buxoriy, Xo’ja Bahouiddin Naqshband, At-Tyermiziy, Ahmad
Yassaviy, Abu Mansur al-Moturudiy, Zamaxshariy, Yusuf Hamodoniy, Najmiddin 
Kubro, qomusiy olimlar: al-Xorazmiy, al- Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom,
Mirzo Ulug’byek, Ali Qushchi, yozuvchi va shoirlar: Alishyer Navoiy, Aburahmon 
Jomiy, Bobur, Lutfiy, Sakkokiy, Boborahim Mashrab, davlat arboblari: Amir Tyemur,
Mirzo Ulug’byek, Xusayn Bayqaro, jadidchilar: Munavvar qori (Abdurashidxonov), 
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo’ja Byehbudiy,
Abduqodir Shakuriy, Hamza, Saidrasul Saidazizov kabi bir qancha ulug’ 
allomalarimizdan qolgan boy ma’naviy myerosidan foydalanish yo’lga qo’yildi



Yüklə 167,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin