O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Yüklə 167,6 Kb.
səhifə9/18
tarix07.01.2024
ölçüsü167,6 Kb.
#202523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim-hozir.org

insonparvarlik, muruvvat kabi axloq mye’yorlariga asoslangan insonning ruhiy,
axloqiy qiyofasi bo’lib, shular asosida tashkil topgan urf-odatlar, milliy an’analar va 
turmush kyechirish tarzi hisoblandi (Abdurahmonov A.).

Odamiylik – chin (haqiqiy) insonga xos fazilat bo’lib, aql-zakovat 

myevasidir. Odamiylikning zamirida yaxshilik, sofdillik, odillik, myehr- 

muhabbat, vafo-sadoqat, oqibat, shafqat, adolatu-sahovat yotadi. 

Odamiylik – odob mye’yorlaridan biri bo’lib, odamlarga kundalik hayotda
insonparvarlik munosabatida bo’lishlikdir. Odamiylik dyeganda o’zida kishilarga 
nisbatan hurmat, ishonchni his qilish, kamtarlik, to’g’rilik, samimiylik kabi
xislatlarni mujassamlashtirishga nisbatan aytiladi. Odamiylik odamlar orasida 
kamol topadi va ijtimoiy munosabatlarda o’z aksini ko’rsatadi

Odob – insonni ma’naviy kamolotga yetaklovchi jarayondir. Odob bolalikda
shakllanadi. Yosh ulg’ayishi bilan insonning odob darajasi kyengayib boradi. U 
kishi faoliyatini byelgilovchi jarayon bo’lib, uni xatolaridan saqlaydi. Natijada
kishining xulqiy go’zalligi ortadi. 


Odob (arab. adab so’zining ko’pligi) – jamiyatda e’tirof etilgan xulq
normasi. Shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o’zgalar bilan 
munosabat (oila, myehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon bo’ladi. Odob
nyegizida axloqning ba’zi tamoyil va mye’yorlari, shuningdyek, maqsadga 
muvofiqlik va go’zallik (estyetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat
orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo’sinda muomala qilishi, o’z 
turmushi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday
bo’lishi lozimligiga tyegishli qoidalar (masalan, sharm-hayo, kamtarlik, 


15
xushmuomalalik kabilar)ni o’z ichiga oladi. Odob ta’lim-tarbiya, amaliy tajriba 


jarayonida shakllanadi.



Oriyat – or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli
odamlar o’zlari va oilalarining izzat-nafslarini, qadrlarini yuksak tutadilar, 
shuningdyek, o’zgalarni ham qadrlay biladilar.

Sabr - g’am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish, o’z ixtiyori bilan
nafsini tiyish; qanoatli bo’lish. Islomda to’g’ri yo’ldan adashmasdan borish 
uchun kishi o’z mayllarini so’ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. Sabrli bo’lish
musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onning bir nyecha 
oyatlarida musulmonlarning sabrli bo’lishiga da’vat bor.
Hadislarda inson uchun sabrdan yaxshiroq va ulug’roq nye’mat ato etilmagani 
bayon etilgan. Kishi og’ir paytda bardosh bilan, nye’mat yetganida shukr va
yaxshilik bilan sabr qilishi kyerak. (O’zME. T.: 2004, 7- tom, 407-byet). 
Dyemak, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib voyaga yetkazishda
insonning ma’naviy kuch-quvvati muhim omil hisoblanadi. Bu borada biz kyeyingi 
qismda batafsil to’xtalib o’tamiz.

Yüklə 167,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin