Madaniyat – bu shaxs xulq-atvori, muomalasi va xatti-harakatlarining
ma’lum kyetma – kyetlik asosidagi shakllangan tizim.
Madaniyat lotincha «cultura» so’zi asosida paydo bo’lgan. Uning ma’nosi
«parvarish qilish», «ishlov byerish» ko’rinishlarida ifodalanadi.
Madaniyat– arabcha so’zdan olingan bo’lib, u jamiyatni ishlab chiqarish,
ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo’lga kiritgan yutuqlari majmuidir.
Madaniyat – insoniyat faoliyati mahsuli natijasi sifatida, insonlarning moddiy va
ma’naviy faoliyatlari jarayonlarida vujudga kyeladi. Olimlarning izohlashicha,
madaniyat kyeng ma’noli tushuncha bo’lib, u ijtimoiy amaliyotda va ongda
mustahkamlanadigan faoliyatning moddiy – ma’naviy mahsulotlari: ijtimoiy hayot va
ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, kishi holati hamda uning faoliyati turlari
yig’indisidan iboratdir.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy,
huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir – birlari bilan bog’liq
tushunchalardir. Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kyechinmalarini
yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali tushuncha.
Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofasi tushunchasi bo’lib, ma’lum
bir axloq mye’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotdir.
14
O’rta Osiyo xalqining eng qadimgi «Avyesto» diniy kitobining og’zaki vujudga
kyela boshlashi natijasida, ya’ni miloddan 3000 yillar muqaddam shakllanib kyelgan
G’arb va jahondagi boshqa mamlakatlarda yashovchi xalqlar ma’naviyatiga zid o’laroq