11
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati,
an’analari o’tmishi va kyelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.
Qadriyatlar faqat o’tmish uchun qadrli bo’lmasdan, balki hozirda ham
kyelajak taraqqiyotida ham qadrli bo’lib, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir
qiladi hamda kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy,
ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi.
Qadriyat turlari quyidagilar:
tabiiy qadriyatlar;
moddiy qadriyatlar;
ma’naviy qadriyatlar;
estyetik qadriyatlar;
milliy qadriyatlar;
umuminsoniy qadriyatlar.
Bular o’z navbatida shajaraviy xususiyatga ega.
Tabiiy qadriyatlar – insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan
ryesurslar, ya’ni yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o’rmonlar, o’simliklar,
hayvonot dunyosi va boshqalar.
Moddiy qadriyatlar – insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli
bo’lgan narsa (pryedmyet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va
qurollari, myehnat pryedmyetlari, moddiy nye’matlar, kishi faoliyati jarayonini
amalga oshirishdagi buyumlar.
Ma’naviy qadriyatlar – siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estyetik, falsafiy,
axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir.
Estyetik qadriyatlar – barcha ham shaklan, ham mazmunan go’zalliklardir (barcha
tabiiy va ijtimoiy go’zalliklar).
Milliy qadriyatlar – muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar
asosida rivojlanib kyelgan va ma’lum shakl va mazmunga ega bo’lgan moddiy va
ma’naviy boyliklar majmuasidir.
Dostları ilə paylaş: