17
ekanini bayon etadi. Yana ilm-zakovatning ahamiyati haqida qator boblarda ham fikr
yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag’ishlangan. Lyekin olim faqat ilm-
ma’rifatning ahamiyatini ko’rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi
o’rnini ham yoritadi.
Yusuf Xos Hojib bilimni buyuk, o’quvni ulug’ dyeb ta’riflaydi. Chunki
zakovatli inson ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, dyeb ilmli kishilarni asl
toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarning
barchasi ilm tufayli amalga
oshirilishi mumkinligini aytadi. O’sha davrdayoq olim «Bilim hatto osmon sari
yo’l ochur», dyeb bashorat qiladi.
Yusuf Xos Hojib olimlarni hurmat etish kyerakligini ta’kidlab, ilm ahlini
qadrlasa, ilmsizlarni johil kishilar dyeb biladi. U bilimlilik va bilimsizlikning
oqibatlari haqida ham fikr yuritadi. Inson
bilimsiz, nodon, johil bo’lsa, yaramas
ishlar qilishi, aksincha, bilimli, dono, zukko bo’lsa, ezgu ishlarni ro’yobga
chiqarishini ta’riflash bilan kishilarni tinmay ilm olishga undaydi.
Yusuf Xos Hojib insonni kamolga yetkazishning yana bir va eng muhim
tomoni uni axloqiy kamol toptirish, dyeb qaraydi. Mutafakkir o’zining
axloqiy
qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar, jamiyatning barcha tabaqalari o’rtasidagi
axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda yoritadi. Olim insonning haqiqiy
kamolga yetishida aqliy va axloqiy tomondangina emas, balki jismoniy tomondan ham
sog’lom bo’lishi kyerakligiga katta e’tibor byeradi.
Yusuf Xos Hojib insonning kamolga yetishining yo’l-yo’riqlari, usullari, chora-
tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib byeradi. Shuning
uchun ham bu asar
o’zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kyelmoqda.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida ta’limiy-axloqiy jihatdan eng yuksak sanalgan
asarlardan biri
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar sovg’asi»)
asaridir. Mazkur asar mazmuni ham o’z davrining ijtimoiy, siyosiy, diniy, axloqiy,
iqtisodiy masalalari tashkil etib, unda o’sh davrdagi ta’limiy- axloqiy asarlarda bo’lgani
kabi bilimlilik, adolat, saxovat, muruvvat kabi xislatlar ulug’lanadi, yetuk insonni
tarbiyalash g’oyasi ilgari suriladi.
Asar o’n to’rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki 4 bobi an’anaga ko’ra
18
muqaddima bo’lib, byeshinchi bobdan asosiy qism boshlanadi. Bu boblarda, asosan
bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va
baxillik, kamtarlik hamda axloqiylikning eng muhim xususiyatlari tarannum etiladi.
Ahmad Yugnakiy o’zining insonni kamolga yetkazish haqidagi qarashlari bilan
pyedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U inson kamoloti uchun muhim bo’lgan
aqliy va axloqiy qoida va talablarni o’zida mujassamlashtirgan
«Hibatul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o’ziga xos tizimini yaratdi.
Bunda u insonni kamolga yetkazishning eng muhim va asosiy myezonlaridan biri –
insonning bilimga ega bo’lishi, ya’ni unga aqliy tarbiya byerish dyeb bildi. So’ng
ma’naviy-axloqiy kamolga yetkazuvchi so’z odobi,
insondagi halollik, rostgo’ylik,
saxiylik, kamtarlik, samimiylik, qanoat, chinakam do’st bo’lishni eng muhim insoniy
xislatlar sifatida ta’riflaydi va bularga qarama- qarshi bo’lgan jaholat, baxillik,
ochko’zlik, yolg’onchilik, takabburlik, zolimlik, shoshqaloqlik kabi millatlarni qoralab,
ularning yomon oqibatlarini ko’rsatadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-
haqoyiq» asari xalqni, Ayniqsa, yoshlarni ma’naviy kamolotga yo’llaydi, ijtimoiy
hayotdagi kishilar o’rtasidagi ziddiyatlarni ahillik, saxovat,
yaxshilik bilan hal
etib, ochko’zlik, baxillik, jaholatni ilm-ma’rifat bilan bartaraf etishni da’vat etadi.
«Hibatul-haqoyiq» asaridagi ma’rifiy-tarbiyaviy masalalar yuksak badiiy mahorat
bilan ifodalanganligi uchun ham bu asar nyecha asrlardan buyon ham o’z ahamiyatini
yo’qotmay kyelmoqda.
Dostları ilə paylaş: