O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Yüklə 167,6 Kb.
səhifə12/18
tarix07.01.2024
ölçüsü167,6 Kb.
#202523
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti boshlang’ich ta’lim-hozir.org

Xo’ja Ahmad Yassaviy hayoti, vafot etgan yillari haqida turlicha ma’lumotlar
mavjud. jumladan, mavlono Xusomidin Sig’noqiy «Xo’ja Ahmad Yassaviy 130 yil umr 
ko’rgan», dyeb yozadi ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u zoti Sharif payg’ambarimiz
Muhammad alayhissalomga e’tiqod yuzasidan 63 yoshga kirganda yer tubida, g’orda 
yashab hayot kyechirganlar. Lyekin u yerda nyecha yil yashaganlari Aniq ma’lum
emas. Ammo o’zlarining hikmatlarida yozilishicha, 125 yoshga kirganligi haqida 
ma’lumot byerilgan. Shu yoshda ham tyetik bo’lib, hikmat misralarini bitgan.
Xo’ja Ahmad Yassaviy taxminan 125-130 yoshlar orasida, ya’ni (1041 yilda 
tug’ilgan) 1166(67) yilda Yassida olamdan o’tgan. Ulug’ bobomiz Jahongir Amir



19
Tyemur 1395-1397 yillarda uning kichik qabri ustiga ulug’vor bino qurdirgan bo’lib, u 


hamon o’zining salobati, ko’rkamligi bilan ziyoratchilarni o’ziga maftun qilib


kyelmoqda. 
Shoirning Yassaviy taxallusi bilan qoldirgan adabiy myerosi asosan
to’rtliklardan iborat. Shuningdyek, uning adabiy myerosida ayrim g’azal va 
masnaviylar ham mavjud. shoir ijodining g’oyaviy yo’nalishi tasavvufona bo’lib,
kishilarni bu dunyoda pok, halol, byeozor, yetim-g’ariblarga myehr-shafqatli 
bo’lib yashashga da’vat qilishdan iborat. Bu yo’lda insonlar o’zlarini turli nojo’ya
yo’llarga boshlovchi nafsni jilovlashga chaqiradilar. 
Ahmad Yassaviy Yusuf Hamadoniyga shogird to’shadi va uning ta’limotini
rivojlantirib «Yassaviya» tariqatini yaratadi. «Yassaviya» tariqatining barcha 
aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo’lmish «Hikmat»da mufassal bayon
etilgan. «Hikmat»da o’z ql kuchi, pyeshona tyer iva halol myehnati bilan kun 
kyechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo’lida insonni botinan va zohiran har
tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. 
Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan kyetgan, xasis va ochofat
kishilarni Yassaviy byeayov tanqid qiladi. 
XI asrning 82–83-yillarida g’arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn
Iskandar o’z o’g’li Gilonshohga bag’ishlab «Nasihatnoma»sini yaratadi va o’sha davr 
an’anasiga ko’ra uni bobosi podshoh Shamsul-maoliy Qobus sharafiga
«Qobusnoma» dyeb ataydi. 
«Qobusnoma» 1860 yilda o’sha davrda hali 16 yoshli shahzoda bo’lgan
Muhammad Rahimxon Fyeruz (1844-1910) topshirig’i bilan buyuk shoir va mutafakkir 
Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan birinchi bo’lib o’zbyek tiliga tarjima qilingan.
«Qobusnoma» pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir nyecha asrlardan 
byeri xalqlarni, jumladan yoshlarni ma’naviy hayotga tayyorlashda, ularni har
tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kyelmoqda. 
Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik, yana biri
juvonmardlikdir. U bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol- dunyodan ham 
yuqori qo’yadi.



20
Asarda yoshlar tarbiyasida – juvonmardlik talablaridan eng muhimi – axloq 


tarbiyasi, dyeb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish,


adolatlilik, samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning 
boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’rinib
turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi. U 
axloqlilikning birinchi byelgichi suxandonlik dyeb biladi. U notiqlikda rost so’zlash
kyerakligini ta’kidlaydi. 
Kaykovusning axloqiy ugitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda
Kaykovus Qur’on va Hadislardagi talablardan kyelib chiqqan holda o’zining nuqtai 
nazarlarini bayon qiladi: «O’z farzanding syening haqingda qanday bo’lishini tilasang,
syen ham ota-onang haqida shunday bo’lg’il, nyedinkim syen ta-onang haqida nye ish 
qilsang, farzanding ham syening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand myevaga,
ota-ona daraxtga o’xshaydir». 
Kaykovus oilada ota vazifasi va burchiga alohida e’tibor byeradi. Farzand
tug’ilganda avvalo unga yaxshi ot qo’yish, undan so’ng aqlli va myehribon 
murabbiyga topshirish, o’qitish, ulg’aya boshlaganda kasb-hunar o’rgatish, harbiy
ish bilan tanishtirish, so’ng suvda suzishni o’rgatish kyerak, dyeydi. 
Kaykovus otaning burchi yana o’z farzandiga adab ham o’rgatishda, dyeb
ta’kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga myeros qoldirish har bir otaning 
farzandi haqqini bajargani, dyeb hisoblaydi.
Kaykovus otalarning o’z farzandlariga nisbatan qattiqqo’l bo’lishini talab 
etadi. Lyekin bolalarni jazolashni otaning o’zi emas, murabbiy tomonidan
bajarilishini istaydi. Chunki otaning o’z qo’li bilan farzandini jazolashi unda 
adovat hissini paydo qaladi. Lyekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u
hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, dyeb ta’lim byeradi. 
Kaykovusning hayotda xulq-odob qoidalariga qanday amal qilish haqidagi,
yoshlarni adolatparvar, insonparvar, saxovatli, qanoatli, muruvvatli bo’lishi 
haqidagi qarashlari ayniqsa diqqatga sazovor. Ular yaxshilik va yomonlik rtasidagi
qarama-qarshilik asosida bayon etiladi. 
Kaykovus yuksak axloqiylikning yana bir tarkibiy qismi do’stlik dyeb biladi



21
va do’st tutmoq odobi haqida fikr bayon etar ekan, uning asosiy talablarini talqin 


etadi.
Asarda jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor byerilga, zyero Kaykovus asarini 


juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlar ekan, ularning eng avvalo jismonan sog’lom bo’lib
kamolga yetishini alohida ta’kidlaydi. 
Dyemak, Kaykovusning «Qobusnoma» asari XI asrda yuzaga kyelgan yirik
tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan 
aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish,
myerganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, xattotlik san’ati, 
shye’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard o’yinini bilish
kabilar ham o’z ifodasini topgan. 
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda
ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy 
faoliyatga tadbiqi nuqtai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, har
qanday tuzumda ham o’z qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida 
o’z o’rniga ega bo’ldi.
Muhammad ibn Al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma’rifatining buyuk 
nomoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmiyda
dunyoga kyelib, 847-850 yillar oraligida Bog’dodda vafot etgan. 
Xorazmiy tug’ilib voyaga yetayotgan davrda Movarounnahr yirik madaniy
va savdo markazlaridan biri edi. 
Olimning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Al-
Majusiydir, "Abu-Abdulloh Muhammad " Islomga o’tganlarga byeriladigan an’anaviy 
ism bo’lgan. Xorazmiyning avlodlari majusiy koxinlaridan, ya’ni "Mug’ullar" dan
bo’lib, islomni otasi qabul qilgan bo’lishi kyerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga ko’ra 
Xorazmiy boshlang’ich ma’lumotni o’z uyida olgan, chunki uning otasi qadimiy diniy
hamda dunyoviy bilimlardan xabardor bo’lgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanoq 
bu ilmiy manbalardan o’rganish imkoniyatiga ega bo’lgan. Muhammad Xorazmiy
matyematika bilan juda byerilib shug’ullangan, bu sohaga oid barcha asarlarni qunt 
bilan o’rgangan, Arab, fors, xind, yunon tillarini ham o’rganib, bu tilda yaratilgana



22
asarlarni ham o’qiy oladigan bo’ladi. Lyekin Xorazmiyning vatanidan chyetda 


yashaganligini turlicha sharxlashadi. Chunonchi otasi majusiy koxinlardan bo’lganligi


uchun ham arab mutassabbilari uni ta’qib qilganligi sababli u Xorazmni tashlab 
kyetishga majbur bo’lgan, dyegan fikrlar ham mavjud.
Xorazmiyshunos olim A.Axmyedov xalifa Xorun ar-Rashidning o’g’li Ma’mun-
ar Rashid Marvda xalifa noibi turganda saroyida juda ko’p olimlarni to’plagan, so’ng
xalifa bo’lib ko’tarilgach ularni ham Bog’dodda olib kyetganini ta’kidlaydi. 
Biz A.Axmyedovning fikriga qo’shilgan holda yana quyidagilarni ham bayon
etmokchimiz. 
Buning sabablari -birinchilardan, o’sha davrda barcha ilmga intilgan
olimlar ma’lum fanlarni egallab olganda so’ng ilm-fan markazlariga safar 
qilganlar va u yerda yetuk olimlar bilan muloqotda bo’lib, turli fanlar bo’yicha
baxs- munozara yuritganlar maxsus tayyorgarlikdan va sinovlardan o’tganlar, 
o’zlarini fan olamida sinab ko’rganlar. Ikkinchidan, xalifalikda ilm markazi
sanalgan Damashq va Bog’dodda ilm-fanning taraqqiy etganligi va shaxsan 
xalifalarning ilm-fan taraqqiyotiga xomiylik qilganligi ham olimlarni jalb etgan.
"Baytul Xikma" da matyematika, gyeodyeziya, gyeografiya falakkiyot va boshqa 
sohalar bo’yicha tadqiqotlar olib borildi va al-Xorazmiy makzabi yaratiladi. Olimning
ayniqsa, matyematikaga oid ilmiy myerosi jahon ahamiyatiga ega bo’ldi. 
Xalifa al-Ma’mun xatto Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida Xindiston
va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing quyi oqimidagi) gi o’lkaga bir nyecha 
marta ilmiy safarlar uyushtiradi.
Olim insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning 
muhimligi g’oyasini ilgari so’rgan holda pyedagogik fikr tarakkiyotida ham munosib
urin egallaydi. Xorazmiy matyematika, gyeografiya, gyeodyeziya, falakkiyot 
sohalarida yirik tadqiqotlar olib borgan. Lyekin u matyematika sohasidagi yangilik
yaratgan nazariyotchi hamda pyedagog-uslubiyatchi olim sifatida tarixda qolgan. 
"Al-Jabr va muqobala" asari bilan ham matyematika fanini rivojlantirib o’zidan
avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintyezlashtirish hamda amalda qo’llash usullarini 
bayen etdi.



23
Shu asar tufayli "Al-Xorazmiy" nomli lotincha transkripsiyada "Algoritm" 


shaklini oldi, kyeyinchalik hozirgi zamon hisoblash matyematikasining asosiy


tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matyematikaning nazariy rivojlanishi 
bilan birga, undan turmushda foydalanish yo’llarini ham byerdi, myeros taqsim
qilishda vasiyatnomalarni tuzishda, mol taqsim etishda odamlarga kyerak 
bo’ladigan amaliy ishlarga zarur bo’lgan hisoblarni taqdim etdi.
Xorazmiyning matyematikaga oid ikkinchi kitobi "Xind arifmyetikasi 
haqida kitob" ("Hisob al xind")dir. Asar o’nlik tizimi raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6,
7, 8, 9) ga bag’ishlangan. 
Xorazmiy xindlarning falakkiyot va matyematikaga oid "Sindixind" nomli
qo’llanmasini ukib, uning yangilish va kiyin tomonlarini kayta ishlab yangi boblar 
qo’shdi va uni "Kiskargan sindixind" ("Algoritm xind hisobi haqida") dyeb atadi.
Asar faqat Sharqdagina emas. Yevropada ham qo’llanma sifatida shuxrat taratli. 
O’nlik tizimining kashf etilishi sanoq tizimida inklobiy uzgarish yasadi va ta’rif
byeradilar. Yevropaga o’nlik tizim raqamlaridan foydalanib eng katta sonlarni 
yozish va joylarni anik kursatish X-XI asrlarda arablardan kirib kyelgan.
Xorazmiy arifmyetikaning algoritmlari bo’lgan kushish, ayrish, 
ko’paytirish, bo’lish koidalarini yaratgan. Turli "jins" dagi sonlarni ko’paytirish
algoritmi ham byergan. Masalan, minut syekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun 
avvalo, bir xil shaklga kyeltirish ya’ni syekunl yoki minutga aylantirishni
ko’rsatgan. Maxsus bobda kasr va mlmizdan chikarish amallarini yozgan. 
Xorazmiy o’zining falakkiyotga doir ishlarida xindlarning falakkiyot jadvallarni
tahlil etib, "Xorazmiy ziji" nomli bilan mashhur bo’lgan astronomiy jadvallar tuzdi. 
Ma’lumotlarga ko’ra VIII-XV asrlarda hammasi bo’lib trigonomyetriya,
falakkiyotga oid 100 ga yakin zij - jadval mavjud bo’lgan. Ularning qatoriga boshqa 
olimlar bilan birga Xorazmiy tuzgan zijlar ham bor.
Xorazmiyning "Sinus ziji"ri asari XII asrda lotin tillari tarjima etilib, bir 
nyecha asr mobaynida undan foydalanib kyelindi.
Bundan tashkari, "Kitob suratil ard" ("Yerning surati kitobi") gyeografiyaga 
oid dastlabki kitob sanaladi. Bu asar A.Axmyedovning taxminiga ko’ra xaritani



24
tavsiflagan asardir. U Xorazimiyning ko’p yillar olib borgan tyekshirish- 


kuzatishlar ishlari natijasi bo’ldi. Unda olim Sharq mamlkatlari ustida kuzatishlar


olib borib mamlakat va shaxarlarning harakatlarini tuzadi, nomlar ruparasida 
uzo’nlik va kyenglik darajalarini kursatadi. U gyeografiyaga oid yasashida Yerni
kyetti iklimiga bo’ladi, yer xaritasini tuzadi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga 
ko’ra olamning turt xaritasini tuzadi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga kura-
olamning turt xaritasi - Azov dyengizi, Nil daryosi Yakin va Urta Sharq 
mamlakatlari xaritasi saklanib kolgan. Uning yukoridagi asari ham Sharq va
G’arbda katta ahamiyatga egadir. 
Farobiy manbalarda "Al-faylasuf at-turkiy" dyeb yuritiladi. Farobiyning
millati darhaqiqat turk bo’lib, Movarounnahrda Farb viloyatining Vasij 
qishlog’idagi xijriy 257 (myelodiy 873) yilda tug’ilgani, otasi armiya qo’mondoni
bo’lgani aytiladi. Farobiy dastlab Marvda tahsil ko’rgan. Kyeyin Bog’dodga 
kyetdi. Falsafaga tyeran bir qiziqishi bor edi. Abu Mashr Mottabin Yunusdan
mantiq darsi oldi. Oraliqda bir bora Xarronga kyetdi. Safarda Yuxonna bir Xaylon 
bilan tanishdi. Undan mantiq va falsafa ilmini o’rgandi. Ilm tahsilini qattiq
syevganidan falsafiy madaniyatni ortirish uchun yana Bog’dodga qytdi; Yunon 
faylasufini va ayniqsa Arastu (Aristotyel)ning asarlarini sinchiklab o’rgandi. Islom
ilmilarini ham yaxshi bilar edi. Yaxshilik qilishni syevar edi. Xalifa Mutadir 
zamonida atrofiga ziyo tarata boshladi.
Talay falsafiy asarlar yoza boshladi. Ba’zi asarlarni ham qulay anglashilsin dyeya 
sharh etdi. Bir asno Shom (Suriyaga) va Misrga kyetdi. Shomga qaytdi. Xalaf
(Alyeppo) va Shom hududlarining sultoni Sayf ad-Davlat Farobiyga ko’p hurmat 
ko’rsatadi. Nihoyat Farobiy xijriy 339 (milodiy 950) yilda hayotdan ko’z yumdi. Undan
juda ko’p asarlar myeros qolgan. Turli ilm sohalarida zamonning eng mashhur olimi 
edi. Ayniqsa, falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matyematika va tib bilimlariga doir
tadqiqotlari bilan kyeng shuhrat qozongan. 
Abu Nasr Al Farobiy qalamiga mansur asarlari 160 dan ortiqdir. Ular "Talxisu
Navomisu Aflotun" (Aflotun qonuniyalarini mohiyati) "Nufuzli shahar aholisining 
maslavi", "Baxt saodatga erishuvchi risola" va hakozolardir. Al Farobiy o’zining ko’p



25
qirrali ijodi bilan kyelajak avlodni bilim va madaniyatga erishishida inson kamoldotiga 


alohida e’tibor byerdi.


Farobiy insonning kadr-qimmatiga, uning aql zakovanining ijodiy va 
bunyodkorlik kuchiga yuksak baho byeradi: inson Farobiy uchun shunchaki biologik
bir mavjudod emas, u o’uz mohiyatiga ko’ra aql idroki tufayli hayvonot 
dunyosi chyegaralaridan tashqariga chiqadi. Uning aql idroki myehnati bilan bir
qatorda uni ijtimoiy jihatdan faol qilib qo’yyadi. Insonning hayoti stixiyali tarzda 
kyetishi mumkin emas. Bu hayot ongli va aniq maqsadni ko’zlagan bo’lishi, faqat
shaxsiy emas balki, ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo’lishi lozim. 
Farobiy pyedagogik qarashlarida insonning barcha axloqiy imkoniyatlari
yaxshilik va yomonlik, foyda va zarar haqidagi mulohazalarni) baxtga erishishdan 
iborat birdan bir maqsad myevasi dyeb biladi. Uning fikricha bir kishining baxti
boshqalarning shaxsiy rohat farog’atiga erishishning zarur shartidir. Ijtimoyi va 
shaxsiy jihatlarning birligi orqaligina yalpi baxtga erishiladi.
II


Yüklə 167,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin