Behind (obyektdan keyin). Komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni berilgan
obyektning orqasiga joylashtirib beradi. •
Reverse Order (tartibni qaram-qarshi tomonga o‘zgartirish). Komanda ikki yoki undan ko‘p obyektlarning tartibini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirib beradi. Order (tartib) podmenyusi va Arrange (monta) menyusidan tashqari obyektlarni tartibga keltirish uchun Object (obyekt) kontekst menyusi va atributlar panelidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari klavishlarning quyidagicha kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin: •
SHIFT+PGUP - oldingi planga •
SHIFT+PGDN - orqa planga •
CTRL+PGUP - oldinga •
CTRL+PGDN - orqaga Lekin obyektlarning tartibini turli qatlamlarda turgani holda o‘zgartirishi mumkin emas. Obyektlar dispetcheri Obyektlar dispetcheri hujjatning barcha obyektlari, qatlamlari va varaqlarini daraxtsimon tarkibini aks ettiradi. Object Manager (obektlar dispetcheri) nomli tutashuvchi oynasi esa hujjatning harbir varag‘idagi obyektlar va qatlamlarning tarkibini namoyish etadi. Rasmning har bir obyekti kichkina belgi bilan belgilangan bo‘lib, u bilan birga obyektning rang xususiyatlari va boshqa belgilari yozib ko‘rsatiladi. Obyektlar dispetcheri oynasi grafik hujjatning bo‘lak qatlamlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Obyektlar va qatlamlar bilan ishlashni osonlashtiradi. Obyektlar dispetcheri Window/Dockers/Object Manager (oyna/tutashuvchi oyna/ obyektlar dispetcheri) komandasi bilan chaqiriladi.