O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«Menejment» kafedrasi
«Menejment» fanidan kurs ishi mavzulari va ularni bajarishga doir
USLUBIY
QO’LLANMA
Farg’ona - 2020
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«Menejment» kafedrasi
«Menejment» fanidan kurs ishi mavzulari va ularni bajarishga doir
USLUBIY
QO’LLANMA
FarPI uslubiy
kengashida tasdiqlandi
Bayon № ____
« » __________2020 y.
Farg’ona - 2020
«Menejment» fanidan kurs ishini bajarishga doir uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasiga binoan tayyorlandi.
Uslubiy qo’llanma «Menejment» bakalavr yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Uslubiy qo’llanmada kurs ishini bajarish va ximoya qilish uslubi, kurs ishi mavzusini tanlash, mavzuni yoritish jarayonida adabiyotlar bilan ishlash, korxonalardan ma’lumotlarni to’plash va ular bilan ishlash, kurs ishini tarkibi, xajmi va uni tartibga keltirish hamda ximoya qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi i.f.n., Ashurov M.S
Taqrizchilar i.f.n. dotsent Honkeldiyeva G.Sh.
FarDU “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi i.f.n.
dotsent, D.Hakimov
Uslubiy qo’llanma kafedra
majlisida ko’rib chiqildi.
Bayon № 2020 y.
Fakultet uslubiy kengash
yig’ilishida ma’qullandi
Bayon № 2020 y.
KIRISH
Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va ko’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq, strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng makbulini tanlab olish demakdir.
O’zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va moderinazatsiyalash sharoitida strategiyani to’g’ri tanlash har bir korxona, firma, kompaniya uchun dolzarb masaladir.
Keyingi 10 yillikda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va savdo korxonalari faoliyat olib boradigan muhit tubdan o’zgardi. Ayrim rahbarlarga iqtisodiy bilimning, raqobat kurashi sharoitida ishlash tajribasining yetishmasligi korxonalarni tang iqtisodiy ahvolga solib qo’ymokda. SHuning uchun bo’lajak menejerlarga «Menejment» fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, ularda iqtisodiy tafakkurni, mustaqil fikrlashni, ijodiy ishlash qobiliyatini shakllanishida hamda ishlab chiqarish korxonalari, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, ularni rivojlantirish, strategik boshqarish to’g’risida o’z fikr-muloxazalarini bayon etishda talabalar tomonidan bajariladigan kurs ishlari katta ahamiyatga ega.
CHunki, talabalar kurs ishini bajarish jarayonida menejmentning qonun va qonuniyatlari, o’zgaruvchan va moslashuvchan bozor xo’jaligi, sanoat, qurilish, transport va xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati va ularning strategiyalari bilan tanishadilar. Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida rivojlangan mamakatlardagi yirik korxona va firmalarning faoliyat natijalarini shu jumladan O’zbekiston Respublikasini xam ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning o’rni to’g’risida, davlatimizni tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish, ilmiy-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbik qilish natijasida ishlab chiqarishdagi tarmoq va xududiy o’zgarishlarni o’rganadilar, bir-biri bilan taqqoslaydilar va xulosa chiqaradilar. Natijada, talabaning ma’lum bir ishlab chiqarish sohasida, tarmoqlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va korxonalarni boshqaruv strategiyalarini taqqoslash va oqilona yo’nalishlari to’g’risidagi mulohazalari kengayadi. Bu esa keyinchalik talabalarning bitiruv malaka ishini bajarish jarayonida hamda amaliy faoliyatida muhim o’rin to’tadi.
Kurs ishini yozish jarayonida talabalar avvalo, mamlakatimizda hamda rivojlangan davlatlar firmalari, kompaniyalari va korxonalarida strategik rejalashtirish, strategik boshqarish, marketing strategiyasi kabi yo’nalishlar bo’yicha menejerlarning amaliy faoliyatlari va bu sohalarda izlanishlar olib borgan iqtisodchi olimlar tomonidan yaratilgan ko’plab nazariy harakterga ega bo’lgan asarlardan foydalanadilar. Ana shu asarlar bilan tanishib chiqish, kerak bo’lgan joylarda esa ularni tanqidiy o’rganish, g’arbda chiqqan adabiyotlar bilan taqqoslash so’ngra xulosalar chiqarish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Bu talaba uchun menejment bilan bog’liq bilimlar majmuasini puxta egallashning dastlabki shartidir. Talabalar o’zlari tanlagan mavzulari bo’yicha kurs ishlarini bajarish jarayonida kafedradan dastlabki iqtisodiy statistik ma’lumotlarni yig’ish, ularni tartibga solish, faoliyat yuritayotgan korxonalar iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish, maxsus adabiyotlardan, arxiv, jurnal va gazeta materiallaridan qanday foydalanish yuzasidan aniq maslaxatlar oladilar.
“Menejment” fanidan kurs ishini bajarish talabalarga strategik boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini kengaytirish, mustaxkamlash, bir tizimga solishga va ishlab chiqarishga doir aniq qarorlar qabul qilinayotganda ularni qo’llay olish, shuningdek, menejment yo’nalishi bo’yicha mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini oshirishga yordam beradi.
Kurs ishi “Menejment” fani oldigan qo’ygan vazifalarga javob berishi zarur. SHuning uchun ilmiylik, dolzarblilik, ijodiy xislatlar uning sifat darajasini belgilaydi. Kurs ishi mavzusini yoritib berishda maxsus adabiyotlarni o’rganish, mavzuga doir aniq dalillar va statistik ma’lumotlarni to’plash va ular mavzuning ichida qamrb olinishi va aniq bayon etib berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |