Xulosa - bajarilgan kurs ishi natijasida olingan xulosalar, kiritilgan tavsiya va takomillashtirish yo’llari kisqacha ko’rinishda bayon qilinadi. Xulosa qismida talaba tomonidan bajarilgan kurs ishi, uning natijalari, tavsiya va takliflarini ishlab chiqarish korxonalariga qay darajada qo’llash mumkinligi va uning natijasida qanday ijobiy iqtisodiy ko’rsatkichlar olinishi bayon qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar. Bu ro’yxat bibliografik talablar asosida keltirilishi kerak agarda, adabiyotdan olingan fikr yoki statistik ma’lumotlar biror bir manbadan olingan bo’lsa, tushuntirish maqsadida ro’yxatda keltirilgan ketma-ketlik raqami orqali ko’rsatib o’tilishi lozim.
Ilova. Kurs ishini bajarish uchun asos bo’lib xizmat qilgan me’yoriy statistik ma’lumotlar majmuasini ko’rsatib o’tish lozim. Kurs ishida tahlil qilinayotgan ma’lumotlarni yanada ishonchliroq va mantiqiy ifodalash maqsadida turli xil diagramma, chizma, jadvallarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Kurs ishi tuzilishi Kirish I Bob. Strategik rejalashtirishning asosiy nazariy ko’rinishlari.
1.1. Strategik rejalashtirish – strategik boshqaruvning asosiy qismi.
1.2. Strategik boshqarish sharoitida uslublar taxlili va baholash.
1.3. Tadqiqot dasturi.
II Bob. Farg’ona don mahsulotlari OAJ misolida strategik rejalashtirishni taxlil va bahosi.
2.1. Farg’ona don mahsulotlari OAJ faoliyatini tashkiliy xuquqiy tavsifi va iqtisodiy baholash.
2.2. Farg’ona don mahsulotlari OAJ tashkiliy muhitini taxlili va bahosi.
2.3. Farg’ona don mahsulotlari OAJ ni strategik rejalashtirish bo’yicha taxlili va bahosi.
III Bob. Farg’ona don mahsulotlari OAJ ni strategik rejalashtirish unumdorligini oshirish bo’yicha dastur tavsifi.
3.1. Farg’ona don mahsulotlari OAJ ni strategik rejalashtirish unumdorligini oshirish bo’yicha dastur tavsifi.
3.2. Tadbirlar dasturini qo’llash rejasi va uning boshqaruv unumdorligi bahosi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar