Kurs ishini yozib tugatgandan so’ng himoya qilishdan oldin talaba ishini kafedraga topshiradi va unga rahbar taqriz yozadi. Taqriz yozish jarayonida rahbar quyidagilarga:
kurs ishining axamiyati va dolzarbligini talaba tomonidan qay darajada yoritilganligida;
kurs ishida ko’rilgan masalarga qisqacha izoh ;
ishning ijobiy va salbiy tomonlari;
ishning bajarilish sifati;
talabaning to’plagan ma’lumotlarini o’rganish, tahlil qilish qobiliyati;
xulosa va takliflarga e’tibor berishi lozim.
Talaba ximoya qilishdan oldin kurs ishiga yozilgan taqriz bilan tanishadi, agar jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, ularni bartaraf qiladi va so’ngra himoyaga ruxsat beriladi. Kurs ishini himoya qilish bo’yicha 3-4 kishidan iborat komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi kafedraning yetakchi professor - o’qituvchilaridan iborat bo’ladi. Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 10 - 15 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savollar beriladi. Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan reyting tizimi bo’yicha belgilangan tartibda baholanadi. Kurs ishi qaydnomani bir nusxasi bilan birga kafedrada saqlash uchun topshiriladi.
8. Kurs ishi obekti sifatida taklif etilayotgan mavzular ro’yxati. Menejment fanidan kurs ishi mavzulari: Ishlab chiqarish faoliyatida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy mohiyati va ularni amalga oshirish masalalari
Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari va ularni boshqarishda menejerning roli
Korxona faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsiya menejmentining roli va uni rivojlantirish
Korxonani rivojlantirishda kadrlar menejmentning o’rni
Korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirishda motivatsiya tizimini tashkil etish va takomillashtirish
Xodimlarni boshqarish jarayoni samaradorligini baholash
Nizo va stresslarni keltirib chikaruvchi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari
Korxonada strategik marketingni roli va uni boshqarish masalalari
Korxona faoliyatini samarali boshqarishda strategik rejalashtirishning o’rni
Korxonada menejmentning tashkiliy tarkibini tanlash va uni takomillashtirish yo’nalishlari
Raxbar va xodim o’rtasidagi munosabatlarda rahbarning boshqaruv uslublari
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari va ularni qo’llashning korxona samaradorligiga ta’siri
Korxona faoliyatida nizoli vaziyatlar va ularni boshqarishda raxbarning roli
Korxona boshqaruv tizimi va uning samaradorligini baxolash
Menejerda yetakchilik xususiyati, tamoillari va uni baholash
Korxona faoliyatini oqilona boshqarishga boshqaruv usullarining ta’siri va uni baholash
Iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalarda savdo menejmentini shakllantirish va takomillashtirish
Sifat menejmenti tizimi biznesni boshqarishning haqiqiy vositasidir
Korxonada xodimlarni boshqarishni takomillashtirishning zamonaviy yo’nalishlari
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishning korxona qiymatiga ta’siri
Taym – menejment – mehnat samarasini oshirish vositasi sifatida