O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Adabiyotlar to’plash va ularni o’rganish



Yüklə 85,39 Kb.
səhifə5/11
tarix13.12.2022
ölçüsü85,39 Kb.
#74427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishini bajarish bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma 100622155340

3. Adabiyotlar to’plash va ularni o’rganish.
Talaba kurs ishi mavzusini aniqlab olgandan so’ng mavzuga oid adabiyotlar to’plash va ularni o’rganishga kirishadi. Bunda u faqat
«Menejment » faniga oid adabiyotlarni o’rganish bilan chegaralanib qolmay, balki bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb muammolarga qaratilgan «Menejment», «Tadbirkorlik va kichik biznes», Iqtisodiy-moliyaviy fanlar, jumladan, moliya, pul, kredit siyosatiga oid adabiyotlar, qonunlar, me’yoriy hujjatlar, ilmiy maqolalar bilan ham tanishish maqsadga muvofiq bo’ladi
Buning uchun talaba menejment, innovatsion menejment, menejment, moliyaviy menejment, xodimlarni boshqarish va menejment tizimidagi yangiliklar, muammolar va ularni yechimlari yoritilayotgan davriy - ommaviy nashrlarni kuzatib borishi katta samara beradi. Buning uchun «O’zbekiston Iqtisodiy Axborotnomasi», «Bozor, pul va kredit», «Soliq to’lovchining jurnali » kabi jurnallar, «Beznes-vestnik Vostoka», «Mulkdor» va boshka ro’znomalar va haftanomalarni o’qib borish bilan bir qatorda chet el va xorijiy davlatlar tajribalari yoritilayotgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.



  1. Kurs ishi rejasini tuzish.

Kurs ishi rejasi buyicha kerakli adabiyotlar to’planib, ma’lumotlar olingandan so’ng talaba kurs ishi rejasini tuzadi. Rejada yoritilaetgan masalalar tarkibi mavzuning maqsadi va mohiyatidan kelib chiqishi va o’rganilayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi lozim. Reja tarkibi 3 - 5 savoldan iborat bo’lib, uni talaba mustaqil ravishda tuzadi va rahbar bilan muhokama qilib oladi.
Rejadagi har bir savol o’zaro bog’langan bo’lib, bir - birini to’ldirishi kerak.

5. Kurs ishi matnini yozish


Kurs ishini bajarish va yozish bilan bir vaqtda talaba o’zini dissertatsiya ishini bijarishga tayyorlanishi lozim. SHuning uchun kurs ishi matni uni yozishga qo’yiladigan talablar asosida bajarilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishi matnini - bu tanlangan mavzu mohiyatini aniq va ketma - ket yoritishdan iborat. Har bir keyingi bo’lim o’zidan oldingisini mantiqiy davomi bo’lishi, oldingi bo’limlarda ilgari surilgan g’oyalardan kelib chiqishi va kurs ishining maqsadi va shu maqsaddan kelib chiqqan vazifalar bilan bog’liq bo’lishi shart.
O’rganilayotgan mavzu nazariy tomondan atroflicha yoritilgandan so’ng talaba korxona, tashkilot yoki tarmoq misolida ularning boshqaruv faoliyatlarini tahlili asosida nazariy ma’lumotlar amaliy natijalar bilan bog’lanishi lozim. Kurs ishini matni mavzu asosida o’rganilgan muammolar bo’yicha talabaning xulosa va takliflari bilan yakunlanishi kerak.



Yüklə 85,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin