O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 21,46 Kb.
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü21,46 Kb.
#100745
  1   2   3
Pedagogika kollejida iqtidorli talabalar bilan olib boriladigan ishlar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
_________________Sirtqibo‘lim__________________
fakulteti
________________________Aniqvatabiiyfanlar_______________________
kafedrasi
__________Jismoniymadaniyatnazariyasivametodikasi__________
fanidan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu:


Bajardi: Y. Jo’rayeva


Qabul qildi: D.Asqarova

Farg‘ona -2023
"Pedagogika kollejida iqtidorli talabalar bilan olib boriladigan ishlar"
Reja:

  1. Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari

  2. Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhiti

  3. Institutda iqtidorli talabalarni izlab topish va maqsadli tayyorlash

Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarning ijodiy, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar va yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi PQ-5847-son farmonida “Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish” ustuvor vazifa etib belgilangan.


SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, OTM faoliyatining asosiy natijasi ularning bitiruvchilari sifatidir. Jarayonning sifati esa o‘quv tizimini samarali tashkil etish bilan bog‘liq. SHuning uchun, OTM ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonining sifati mehnat bozoriga chiqadigan mutaxassislarning natijaviy sifati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Bu shuni anglatadiki, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari OTMni rivojlantirish uchun innovatsion modelning zarurligi va foydaliligini bilsalargina innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qodir bo‘ladilar. Bunda o‘ta zaruriy shart – bu ta’lim jarayoni ishtirokchilarida innovatsion ong, innovatsion madaniyat va tadbirkorlik tipidagi yaratuvchanlikni shakllantirishdir.
YUqorida keltirilgan ishlar bilan birgalikda, institutimizda Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya va seminarlar shuningdek ilmiy va ommaviy nashrlarda maqolalar chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Institutda iqtidorli talabalarni izlab topish va maqsadli tayyorlash ishlari rejasi tuzilib iqtidorli talabalarining soni 2020-2021 o‘quv yilda 410 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-2022 o‘quv yilda esa 780 nafarni tashkil etmoqda. Bu talabalar kafedralarda turli konkurslar, ilmiy ishlar taqdimotlari va tematik ko‘rgazmalar o‘tkazish yo‘li bilan tanlab olingan.
Iqtidorli talabalar uchun chet tillarni chuqurlashtirib o‘rganishni olib borishda “Xorijiy tillar” kafedrasidan malakali o‘qituvchilar ajratilib, iqtidorli talabalarga alohida dastur asosida muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Joriy yilda institutimizda IT park markazi tashkil etildi va ushbu markazda iqtidorli talabalar xamda dasturlash tillariga qiziqadigan bir qator yoshlarga Kompyuter savodxonligi, Grafik dasturlar, Web dasturlash, IT ingliz tili maxsus kurslari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Institut fakultetlari va kafedralari tomonidan tuzulgan maqsadli tayyorlash dasturi asosida iqtidorli talabalar bilan samarali faoliyat olib borilishi natijasida quyidagi yutuqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Jizzax viloyatida yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida iqtidorli yoshlar uchun “Oltin fond” daftari joriy qilingan bo‘lib, ushbu “Oltin fond” daftariga a’lo baholarga o‘qiydigan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sport yo‘nalishlarida jamiyatimiz turmush tarzini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan maqsadli kreativ g‘oyalarga ega 200 nafar viloyat yoshlari kiritilgan. Ushbu “Oltin fond” daftariga institutimizning 23 nafar iqtidorli talabalari xam kiritilganligini ta’kilashimiz mumkin.

  • Iqtidorli talabalarning chuqur bilim olishlari va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga ilmiy muhit va sharoit yaratish;

  • Kafedralarning malakali professor-o‘qituvchilarini iqtidorli talabalar bilan individuval ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boorish uchun “Maqsadli tayyorlash dasturi”ni ishlab chiqish;

  • Iqtidorli talabalar va magistorlarni ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy loyihalarga keng jalb etishni;

  • Iqtidorli talabalar va magistorlarni turli nomdor Davlat stipendiyalari: Beruniy, Navoiy, Islom Karimov hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishlarini ta’minlash;

  • Kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlash;

  • “Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi” iqtidorli talabalar va magistrantlar o‘rtasida tanlov tashkil etish va uni samarali faoliyat yuritishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

  • “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish;

  • Talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish va boshqalar.

  • Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.

  • Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan.

  • Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.


  • Yüklə 21,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin