O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafa va madaniyatshunoslik.
Madaniyatshunoslik falsafaning mustaqillik yillarida mamlakatimizda keng 
taraqqiy etayotgan falsafiy fan sohalaridan biridir. Sobiq Ittifoq davrida bu fan umuminsoniy ma’noda o’qitilmas edi. 
Aslida esa, jahon falsafasida madaniyat to’g’risidagi alohida bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va 
jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Falsafa madaniyatdagi rang-baranglikni 
e’tirof etadi, madaniyatning universal xarakterga ega bo’lgan tarixiy namunalarini bir-biridan farqlaydi. 
O’zbekistonning tsivilizatsiyaviy taraqqiyoti
nihoyatda ko’p qirrali masaladir. Biz avvalroq ham bu to’g’rida 
qisman fikr yuritdik. Keyingi boblarda ham, ana shu to’g’rida, muayyan masalalarni tahlil etish asnosida, ba’zi fikrlarni 
bayon etishga harakat qilamiz. Bundagi eng asosiy tamoyil quyidagi haqiqatni e’tirof etish bilan bog’liqdir: Milliy 
davlatchilik asoslarini yaratmay va uning qudratiga tayanmay turib tsivilizatsiya yo’lidan borib bo’lmaydi. Har bir xalq 
o’z tarixiy tajribalaridan kelib chiqib, milliy madaniyati va intelektual salohiyatiga mos ravishda o’z milliy 


davlatchiligini yaratadi. Ijtimoiy, siyosiy va huquqiy madaniyat bunday tsivilizatsiyaviy taraqqiyotning muhim omili 
hisoblanadi. 
Respublikamizning jahon tsivilizatsiyasiga xos yo’ldan borishi umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy 
qadriyatlarga sodiqlik, insonparvarlik va vatanparvarlikning uyg’unligi, xalqaro qonun-qoidalar va andozalarni hurmat 
qilish, ulardan hayotimizning barcha sohalarida keng foydalanishni taqazo etmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatning 
tsivilizatsiyali taraqqiyot tamon borishi I. Karimov tomonidan asoslab berilgan O’zbekistonning o’z istiqloli va 
taraqqiyot yo’lining butun jahonda e’tirof etilayotganligida yaqqol ko’rinmoqda. Bu ma’noda taraqqiyotning o’zbek 
modeli deb nom olgan rivojlanish tamoyili mamlakatimiz tsivilizatsiyali taraqqiyotining asosiy jihatlarini o’zida 
ifodalaydi. 
Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollari uchun puxta zamin yaratildi. 
Bu, avvalo quydagilarda namoyon bo’ladi: 
- boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o’rganish imkoniyatlarining yaratilganligida; 
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilganligi va sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotganida
- milliy madaniyatlarning ravnaq topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida; 
- jahon madaniyati rivojiga ulkan xissa qo’shgan ulug’ ajdodlarimiz merosini keng targ’ib etishda; 
- mamlakatimizda ilm-fan va texnika salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganida; 
- inson intellektual salohiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo’lida ko’plab tadbirlarning amalga 
oshirilayotganida. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin