O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrg‘onа dаvlаt universiteti tаrix fаkulteti sotsiologiya kаfedrаsi


Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlar



Yüklə 132,6 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü132,6 Kb.
#209721
1   2   3   4   5   6
Oliy ta\'lim tizimida fan taraqqiyoti

2.1. Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlar
Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlarning koʻlami va mantigʻiga bogʻliq. Qaysi soha eʼtiborga muhtojligini ilgʻab, chuqur va har tomonlama oʻylanib amalga oshirilgan islohotlargina xalqning mushkulini oson, ogʻirini yengil, turmushini farovon qiladi, muammolariga yechim topib beradi. Bajarilayotgan ishlar zamirida bugungi muammolarni yechish bilan birga uzoq kelajak ham koʻzlangan boʻlishi lozim.
Achchiq boʻlsa ham tan olish kerak, mamlakatimizda jamiyatning rivojlanish tendensiyalari, aholining demografik oʻsishi, salmoqli qatlam boʻlgan yoshlarning intilishi, global texnologik jarayonlarni hisobga olmagan holda taʼlim tizimida oʻtkazilgan islohotlar kutilgan samarani bermadi. Uning asnosida muammolar koʻpaysa koʻpaydiki, kamaymadi3.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, demografik jarayonlar va urbanizatsiyani, bashariyat tafakkuri hamda xalqimizning oʻsayotgan siyosiy dunyoqarashi, ongi va madaniyati, umumxalq manfaati chuqur oʻylangan holda amalga oshirilmoqda. Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik sanasini nishonlaymiz. Tarix uchun oʻttiz yil arzimas, albatta, lekin bu jamiyat taraqqiyoti uchun ancha salmoqli muddat hisoblanadi. Shu yillar davomida nimalarga erishdik, qanday yutuqlarni qoʻlga kiritdik, degan savollar hammani qiziqtiradi4.
Jamiyat taraqqiyoti hamma vaqt ham bir tekisda rivojlanmaydi, chunki u oʻz yoʻlida qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga boy boʻladi, lekin ana shu ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni mustahkam iroda va matonat bilan yengib, oʻzining taraqqiyot yoʻlini toʻgʻri tanlab olishda mamlakat yetakchilarining roli va oʻrni katta boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga bergan javobida taʼkidlaganidek, “Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yoʻlimiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli boʻlmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qatʼiyatimiz baʼzan yetsa, baʼzida yetmagan holatlar ham boʻldi”.
Agar yetakchi burilish pallasini his qila olmasa, jamiyat turgʻunlikda qolib ketadi. Shuning uchun ham tarixchilar shaxsning tarixdagi rolini alohida eʼtirof etib, uni alohida ilmiy mavzu sifatida oʻrganadi. Shu maʼnoda xalqimiz yetakchi masalasida shukrona aytib kelmoqda. Har qanday yutuqning garovi — bu tinchlikdir. Shunday ekan, jamiyatimizning barqaror rivojlanishida millat yetakchisining xizmatlari katta, buni xalqimiz qadrlaydi.
Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimiga kelishi bilan mamlakatda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishning natijalarini tahlil etar ekanmiz, Oʻzbekiston muhim tarixiy burilish pallasida turganini aniq koʻramiz.
Mamlakatimiz va xalqimiz hayotida keyingi besh yil hech oʻylab koʻrilmagan, xayolga keltirilmagan yangiliklarga boy boʻldi. Aynan shu davrda mamlakatimiz iqtisodiyotida, madaniyati va maʼnaviyatida, ijtimoiy-siyosiy hayotida, turmush tarzida, dunyoqarashiyu, tafakkurida demokratik oʻzgarishlar yuz berdi. Umuman hamma sohada katta yuksalish, rivojlanish va ijobiy oʻzgarishlar davri boʻldi. Bu besh yillikda demokratik qadriyatlar, fuqarolarning demokratik-huquqiy erkinliklari qaror topib, matbuot va soʻz erkinligiga yoʻl ochib berildi. Jamiyatga demokratik huquqiy va matbuot erkinligini berish har qanday davlat rahbaridan katta matonat va jasorat talab etadi. Shavkat Mirziyoyev oʻzida ana shu matonat va jasoratni topa oldi. Bu xizmatlari bilan Prezidentimiz xarizmatik shaxs ekanini isbotladi hamda Oʻzbekiston tarixida demokratik prezident sifatida alohida joy oldi. Bular hammasi xalqimiz uchun haqiqiy maʼnodagi tuhfa boʻldi. Buni aytishdan maqsadim — taʼlim erkinlikni sevadi5.
Taʼlim tizimida, jumladan, oliy taʼlimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obʼroʻ-eʼtiborini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.

Yüklə 132,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin