97
15/16 qon qo‘shilgan erkak va urg‘ochilari bo‘lsa,
beshinchi avlodda
u 31/32 ni
tashkil etadi. Bu usul chorvachilikda keng qo‘llaniladi.
Qon singdirish usulida chatishtirishning afzallik tomonlari shundan iboratki,
podaning zot tarkibini o‘zgartirish jarayoni birmuncha tezlashadi va xo‘jalik
uchun nisbatan arzonga tushadi. Shu bilan birga, mazkur chatishtirish usuli yangi
zot yaratishda foydalanishning ham eng sodda va ta‘sirchan vositasidir.
Qon singdirish usulida chatishtirish yo‘li bilan
yaxshilanuvchi poda zotini
yaxshilovchi podaga o‘zgartirish uchun odatda besh avlod almashinishi kerak
bo‘ladi (49-rasm). Cho‘chqalar kabi tez etiluvchan hayvonlarda bunga 6-7 yil
ichida erishish mumkin. Qoramollar uchun esa ( bir avlodda 20 % dan poda safi
almashtirib borilganda) – o‘rtacha 22 yil talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: