O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Qadriyatlar mavzusi Mazdak ta’limotida



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə39/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Qadriyatlar mavzusi Mazdak ta’limotida
Qadriyatlar mavzusining izlari VI asrda yashagan Mazdak ta’limotida ham ko’zga tashlanadi. Mazdak aqidasiga ko’ra, dunyoda sodir bo’ladigan jarayonlar ongli maqsadga yo’naltirilgan ezgulik va uning manbai bo’lgan yorug’lik bilan ko’r-ko’rona va tasodifiy harakat qiluvchi qorong’ulik (johillik) o’rtasidagi kurashdan iborat. Asosiy yovuzlik – boylikka hirs qo’yishdir.
Tabiat uch unsur: suv, olov va tuproqdan tashkil topgan bo’lib, ularning ko’shilishidan ijobiy va salbiy hodisalar kelib chiqadi. Ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurash ezgulikning g’alabasi va yovuzlikning yo’q qilinishi bilan barham topadi. Mazdakchilarning ijtimoiy dasturi keskin talablar qo’ydi: barcha odamlarning teng huquqligi, iste’molda tenglik, barcha mulklarning va avvalo erning umum ixtiyorida bo’lishi; yaxshilikni barqaror qilish uchun ijtimoiy tengsizlikka barham berilishi.
Bunday ta’limotga asoslangan Mazdak boylarning mol-mulkini tortib olib, kambag’allarga bo’lib berishga boshchilik qilgan.
Eron shohi Qubod I (488-581) avval boshda Mazdakni qo’llab-quvvatlab, uni butun mamlakatga qozi qilib tayinlagan edi. Mamlakatda katta er egalari, amaldorlar va kohinlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi barbod bo’lgandan so’ng, shoh Qubod I Mazdak bilan aloqani uzadi. 529 yili mazdakiylarning inqilobiy harakati bostirilib, Mazdakni qatl etiladi. Ammo uning ta’limotidagi adovat va hasadni yo’q qilishga qaratilgan tadbirlar, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashish muqaddas vazifa ekanligi haqidagi g’oyalar jazibakor mafkura sifatida uzoq vaqtgacha xalq qalbida saqlanib qoladi.


MAVZUGA OID KONSULTATIV MATERIALLAR
1-ilova

Ta’limotlar

Mazmuni

Paydo bo’lgan davri

Buddaviylik

Insonning oliy maqsadi qayta tug’ilish emas, balki huzur-halovatli holat bo’lgan nirvanaga (yakka jonning mutlaq jon bilan qo’shilib ketishiga) erishishdir.

Mil.av. VI asr oxiri- Vasr boshlari

Mohayana

Mohayana falsafiy tizimi axloqqa oid muammolarni qamrab olgan bo’lib, xalq ommasini sabr-qanoatga da’vat etgan.

Milodiy
I asr



Moniylik

Ikki dunyo – “zulmat va ziyo dunyosi” mavjud bo’lib, birinchisida adolatsizlik, zulm, zo’ravonlik hukm surgan, ikkinchisi abadiy, emirilmaydigan, doimiy qadriyatlar dunyosidir.



Milodiy III asr

Mazdakiylik

Dunyoda sodir bo’ladigan jarayonlar ongli maqsadga yo’naltirilgan ezgulik va uning manbai bo’lgan yorug’lik bilan ko’r-ko’rona va tasodifiy harakat qiluvchi qorong’ulik (johillik) o’rtasidagi kurashdan iborat. Yaxshilikni barqaror qilish uchun ijtimoiy tengsizlikka barham berish lozim.

Milodiy VI asr




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin