O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə42/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Turkiy xalqlar yozuvi
Turkiy xalqlarning bizga ma’lum yozuv tarixi hozirgi kunda runiy yoki urxun-enisey nomi bilan yuritiluvchi bitiklardan boshlangan edi. Bu yozuv fan olamiga XVIII asrdan boshlab ma’lum bo’lgan. Markaziy Osiyoning katta qismida, jumladan, O’rta Osiyoda ham mazkur yozuv keng yoyilgan edi. Turk runiy yozuvidagi yodgorliklarning eng yirik namunalari turk amaldorlari xotirasiga qo’yilgan qabr toshlarida mujassamlangan. Kultigin, Bilga xoqon, To’nyuquq, Ungin, Kulichur, Moyunchur bitiktoshlari VI-VII asrlarga taalluqlidir. Bu xatning toshlardan tashqari oltin, kumush, suyak, yog’och, sopol buyumlarga yozilgan namunalari ham mavjud. Sharqiy Turkistondan qog’ozga bitilgan yodgorlik ham topilgan.
Qadimgi turk davrida alfavitli yozuvning boshqa turlari ham qo’llanilgan. Sug’d, uyg’ur, moniy, qisman qo’llanilgan braxma yozuvi shular jumlasidan ekanligi ilmiy tadqiqotlarda isbot etilgan.
Sug’dlar va turkiy xalqlarning madaniy aloqalari natijasida milodiy VI-VIII asrlarida uyg’ur yozuvi shakllangan. Turk xoqonligi davrida turk runiy yozuvi asosiy yozuv bo’lsa, keyinchalik uning o’rnini uyg’ur yozuvi egallagan. X asrga kelib Qoraxoniylar davlatida islom rasmiy din sifatida qabul qilingan. Shu munosabat bilan arab yozuvi boshqa barcha yozuvlar o’rnini ola boshlagan.
O’rta Osiyoning turkiy xalqlari XV asr oxirlariga qadar uyg’ur va arab yozuvidan barobar foydalanib kelgan.


MAVZUGA OID KONSULTATIV MATERIALLAR

Девони луғотит турк туркий халқлар оғзаки ижоди ҳақидаги энг муҳим манба
Eslab qoling! 1-ilova

Тўмарис”, “Широқ”, “Рустам” афсоналарида туркий халқларнинг миллий қадриятлари ўз аксини топган



Туркий халқларнинг бизга маълум ёзув тарихи ҳозирги кунда руний ёки урхун-енисей номи билан юритилувчи битиклардан бошланган




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin