O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Buddaviylikning ikki jihati. Buddaviylikning Mohayana falsafiy tizimi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə38/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Buddaviylikning ikki jihati. Buddaviylikning Mohayana falsafiy tizimi
Buddaviylik ikki jihatni, ya’ni narsalar tabiati haqidagi va bilish yo’llari to’g’risidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Uning narsalar tabiati haqidagi ta’limoti asosida draxmalar – «o’zining belgilariga ega bo’lgan zarrachalar» yoki «unsurlar» to’g’risidagi tushunchalar yotadi. Draxma-zarracha­lar dunyoviy ashyolarning hujayralari kabi butun moddiy va ruhiy olamning jarayonlarida ular tarkibida harakatda bo’lib, har lahzada shu’lalanib va uchib turadi. Buddaviylik falsafasida dunyoni azaldan doimo o’zgarishda ko’rish va oqib turgan daryo bilan taqqoslash g’oyasi yotadi.
Buddaviylikning ikkinchi jihati, ya’ni bilishning yo’llari haqidagi ta’limot yogacha usulda mushohada qilishning sub’ektiv-g’oyaviy usuli bilan bog’liqdir. Uning mohiyati ichki betashvish holat bo’lgan nirvanaga, ya’ni ruhiy xotirjamlikka erishishdir.
Buddaviylikning Markaziy Osiyoda amalda bo’lgan Mohayana falsafiy tizimi axloqqa oid muammolarni qamrab olgan bo’lib, xalq ommasini sabr-qanoatga da’vat etgan. Buddaviylikning asosiy qoidasi bo’lgan azob-uqubat­dan tarki dunyochilik orqali qutilish g’oyasi ko’pchilikni o’ziga jalb etar edi.
Markaziy Osiyoda moniylik ta’limotining vujudga kelishi va uning falsafiy-ilohiy ta’limoti
Milodiy II-III asrlarda Markaziy Osiyoda va unga qo’shni bo’lgan hududlarda iqtisodiy tanazzul va uning g’oyaviy ifodasi sifatida yangi mafku­raviy oqim bo’lgan moniylik ta’limoti vujudga kelgan edi. Bu ta’limotning asoschisi 216 yilda Bobilda tug’ilgan, 25 yoshida Hindistonga borib, o’z hamfikrlari jamoasini tuzgan va keyinchalik Fors va Suzada yashagan Moniy edi. U «moniy yozuvi» nomi ostida yangi alifbo kashf etib, uni tavsiya etdi. Uning orzusi hammaga ma’qul tushadigan, umumiy yagona dinni yaratish edi.
Moniyning falsafiy-ilohiy ta’limotida ma’naviy qadriyatlarga katta e’tibor berilgan. Uning fikricha, ikki dunyo – «zulmat va ziyo dunyosi» mavjud bo’lib, birinchisida adolatsizlik, zulm, zo’ravonlik hukm surgan, ikkinchisi abadiy, emirilmaydigan, doimiy qadriyatlar dunyosidir.
Moniy ta’limoti ozod dehqonlarga qaratilgan bo’lib, ular manfaatining g’oyaviy ifodasi edi. Shuning uchun III va undan keyingi asrlarda ham Eron, Markaziy Osiyo, Baynalnahrayn, Suriya, Misr va Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlarida uning g’oyaviy ta’siri keng yoyilgan edi. Buyuk ipak yo’li bo’ylab buddaviylik ta’limotining tarqalishiga qadar Eronda quvg’inga uchragan Moniyning maslakdoshlari Markaziy Osiyodan panoh topgan edilar. Moniylik g’oyalari uyg’urlar dunyoqarashiga katta ta’sir o’tkazgan. Moniylikning uyg’ur tiliga qilingan tarjimasi tarzida saqlangan diniy yodgorligi «Xuastuanift» (moniylikning tavba namozi) aniq, tushunarli tilda yozilgan. Moniylik VIII asrda Uyg’ur davlatining davlat diniga aylangan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin