O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


-MAVZU MARKAZIY OSIYoDA BUDDAVIYLIK, MONIYLIK VA MAZDAKIYLIK DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTLARI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə37/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

7-MAVZU
MARKAZIY OSIYoDA BUDDAVIYLIK, MONIYLIK VA MAZDAKIYLIK DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTLARI
Mavzuning o’quv maqsadi
Talabalarda buddaviylik diniy-falsafiy ta’limotining Markaziy Osiyoga yoyilishi, uning ikki jihati to’g’risida tushuncha hosil qilish. Markaziy Osiyoda moniylik ta’limotining vujudga kelishi va uning falsafiy-ilohiy ta’limotini yoritib berish. Talabalarda Mazdak ta’limotidagi qadriyatlar mavzusining ko’tarilishi sabablarini falsafiy mushohada qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Gautama, Sidharta, Budda, nurlangan, insonlar tengligi, Ashoka, Hindiston, draxmalar, ashyolarning hujayralari, yogacha usul, nirvana-betashvish holat, ruhiy xotirjamlik, Mohayana, sabr-toqat, tarki dunyochilik, dunyoning doimiy o’zgarishda ekanligi. Moniy (III asr), Mazdak (VI asr), «Xuastuanift», Suza, «Moniy yozuvi», yagona din, «zulmat va ziyo dunyosi», yovuzlik – boylikka hirs qo’yish, Qubod I (488-581), adovat va hasadni yo’q qilish.
Asosiy savollar

  1. Buddaviylik diniy-falsafiy ta’limotining Markaziy Osiyoga yoyilishi.

  2. Buddaviylikning ikki jihati. Buddaviylikning Mohayana falsafiy tizimi.

  3. Markaziy Osiyoda moniylik ta’limotining vujudga kelishi va uning falsafiy-ilohiy ta’limoti.

  4. Qadriyatlar mavzusi Mazdak ta’limotida.

Buddaviylik diniy-falsafiy ta’limotining Markaziy Osiyoga yoyilishi
Buddaviylik diniy-falsafiy ta’limoti ajdodlarimiz bir qismining qadriyatiga aylangan edi. Bu ta’limot Qadimgi Hindistonda miloddan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, keyinchalik jahon dinlaridan biriga aylangan. Bu ta’limotga asos solgan kishi Gautama urug’idan chiqqan Sidharta bo’lib, keyinchalik Budda, ya’ni nurlangan, degan nomga sazovor bo’lgan. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, insonning oliy maqsadi qayta tug’ilish emas, balki huzur-halovatli holat bo’lgan nirvanaga (yakka jonning mutlaq jon bilan qo’shilib ketishiga) erishishdir.
Buddaviylik jamiyatining tabaqalarga bo’linishiga qarshi qaratilgan bo’lib, azob-uqubat va undan qutilish borasida barcha insonlar tengdirlar, degan g’oyani ilgari surgan. Miloddan oldingi III asrda shoh Ashoka buddaviylikni qabul qilib, uni hukmron mafkuraga aylanishiga va Hindiston hududidan tashqariga, shu jumladan, Markaziy Osiyoga yoyilishiga sababchi bo’lgan.
Buddaviylikning yoyilishi murakkab jarayon bo’lib, u Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Yaponiya va Quriyaga tarqaldi. Xitoy manbalarida Baqtriya, So’g’d va Parfiyadan chiqqan, ilohiyotga doir jiddiy risolalar yozib, ularni Xitoy tiliga tarjima qilgan buddaviy rohiblarning ismlari tilga olingan. Ba’zi olimlarning fikriga ko’ra, Markaziy Osiyolik rohiblarsiz II-IV asrlarda Xitoy buddaviylik haqida deyarli hech narsa bilmagan bo’lar edi9.
Markaziy Osiyoda Vaybxashika buddaviylik maktabi tarqalgan edi. Vaybxashika maktabiga mansub bo’lganlar o’zlarining bilish nazariyalarida ob’ektiv dunyodan kelib chiqdilarki, uni bilish his-tuyg’u a’zolari orqali amalga oshiriladi. Ashyolarning javhari besh doimiy unsurdir. Barcha ob’ektlar pirovardida atomlarga kelib taqaladi.
Vaybxashika tarafdorlari fikricha, Budda oddiy odam bo’lgan va to’la-to’kis nirvana holatiga erishgach, o’z mavjudligiga barham bergan. Biroq unda ilohiy unsur-haqiqatni ichki tushunish mavjud bo’lgan. Buddaviylik bilan bir qatorda Markaziy Osiyoga hindlarning dunyoviy fan va madaniyatining unsurlari ham tarqaldi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin