Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar Islom qanday diniy ta’limot?
Islomiy ilmlar deganda qaysi ilmlarni tushunasiz?
Fiqh va kalom nimani o’rganadi?
Markaziy osiyolik eng yirik muhaddislardan kimlarni bilasiz?
Hadis nima?
Islomiy va an’anaviy ilmlar o’rtasidagi aloqadorlik nimada?
Nima uchun islomiy ilmlarning eng zabardast vakillarining aksariyati Movarounnahr va Xurosondan etishib chiqqan edi?
«Hadis ilmida amir al-mo’’minin», degan tahallusga sazovor bo’lgan movarounnahrlik muhaddis kim edi?
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar Taqdim etilayotgan adabiyotlarni o’qing va qisqacha konspekt yozing.
«O’rta asrlarda Musulmon Sharqida diniy va dunyoviy ilmlar rivoji» mavzusida slayd tayyorlang va taqdimot qiling.
Mavzuga oid 15ta blits-savol va 10ta test tayyorlang.
Islom dinidagi axloqiy g’oyalarni boshqa diniy ta’limotlar bilan qiyosiy tahlil qilib, shu asosda mustaqil ish tayyorlang.
Mavzu yuzasidan klaster tuzing.
Adabiyotlar Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: O’zbekiston, 2016.
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.–T.: O’zbekiston, 2017.
Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o’rta asrlar). - T., 2010.
Ma’naviyat yulduzlari. (Markaziy osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). Mas’ul muharrir Xayrullaev M. M. To’ldirilgan katta nashr. – T., A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1999.
Qodirov M. Islomiy ma’rifat, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar falsafasi. “Islom, tarix va ma’naviyat”. – T., A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2000.
Islom. entsiklopediya (A-H) “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. – T., 2004.