O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


-MAVZU QUR’ONI KARIM VA MUHAMMAD (S.A.V.) HADISLARI TA’LIMOTINING ShAKLANIShI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə44/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

9-MAVZU
QUR’ONI KARIM VA MUHAMMAD (S.A.V.) HADISLARI TA’LIMOTINING ShAKLANIShI
Mavzuning o’quv maqsadi
Talabalarda Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi va rivoji, an’anaviy va islomiy ilmlar taraqqiyoti to’g’risida tushunchalar hosil qilish, islomiy ilmlar rivojida movarounnahrlik olimlarning o’rni beqiyos ekanligini tushunish ko’nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Islom, Muhammad (S.A.V.) Movarounnahr, Qur’oni Karim, hadislar, diniy dunyoqarash, kalom, fiqh, Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Abu Iso at-Termiziy, kalom ilmining rivojida Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Mu’in an-Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Jamoliddin Ahmad al-Kosoniy, «qadimgi yoki an’anaviy ilmlar», «arab ilmlari».
Asosiy savollar

  1. Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi va rivoji.

  2. An’anaviy ilmlar taraqqiyoti.

  3. Islomiy ilmlar rivoji.

Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi va rivoji
Islom eng so’nggi jahoniy din sifatida oldingi dinlarning ko’p ijobiy xislatlarini o’zida ifodalagan. XX asr boshlariga qadar u Yaqin va O’rta Sharq, jumladan, Markaziy Osiyoda dingina emas, balki hukmron dunyoqarash vazifasini o’tab kelgan edi.
Islom VIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoga kirib keldi. U VIII-IX asrlar davomida Xuroson va Movarounnahrda zardushtiylik, moniylik, buddaviylik kabi dinlarni siqib chiqarib, ularning o’rnini egallay boshladi. Islom dini dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan birga, asta-sekin uning nazariy, falsafiy, huquqiy, adabiy kabi tomonlarini ishlab chiqishga e’tibor kuchaygan. IX-X asrlarga kelib, Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari, ya’ni islomning turli tomonlama asosini mustahkamlash va uni talqin etishga qaratilgan maxsus diniy ilmlar shakllana boshlagan edi10.
Islomiy ilmlarning shakllanishi va rivojida Musulmon Sharqidagi qadimgi madaniy an’analarga boy bo’lgan Xuroson va Movarounnahrdan etishib chiqqan olimlar, ko’p hollarda zo’r iste’dod va ijod namunalarini ko’rsatib, musulmon olamida nom qozondilar. Masalan, IX-X asrlarda tez rivojlangan hadisshunoslikning mashhur bo’lishida vatandoshlarimiz bo’lgan Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Abu Iso at-Termiziy, kalom ilmining rivojida Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Mu’in an-Nasafiy, fiqh – islom huquqshu­nosligida Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Jaloliddin Ahmad al-Kosoniy kabilarning ulushi katta bo’lgan edi (1-ilova).
IX-X asrlarda yashab ijod etgan, qadimgi ilmiy an’analar, jumladan, yunon, hind ilmlaridan yaxshi xabardor bo’lgan hamda islomning ma’naviy ta’sirini bevosita guvohi bo’lgan katta qomusiy olimlar asarlarida o’z davrida ilmlar tizimi, ta’rifi o’z ifodasini topishi bilan birga, ularni «qadimgi yoki an’anaviy ilmlar» hamda yangi – «arab ilmlari», deb ikki yo’nalishda bayon va tahlil etishga uringanlar. Bu dunyoviy ilmlar hamda islomiy ilmlar tizimidan iborat edi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin