O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə52/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Yusuf Hamadoniy faoliyati (1048-1140)
Movarounnahr diniy-irfoniy ta’limotining asoschilaridan biri Yusuf Hamadoniydir. U Movarounnahr va Xurosonda o’z tasavvuf maktabiga asos soldi. Uning hayot tarzi halol yashashni targ’ib qilishga qaratilgan edi. Yusuf Hamadoniy Buxoroda va keyinchalik Marvda tashkil etgan tasavvufiy to’garaklarida payg’ambarimizning “faqirlik fahrimdir” degan qudsiy kalimalarini o’zining hayotiy shiori, deb bilib, uni shogirdlariga singdira boshladi. Hamadoniy tasavvuf maktabidan kelgusida Turkistonda ommalashib ketgan “yassaviya” va “xojigoniya” tariqat asoschilari etishib chiqdi. Yusuf Hamadoniy Marv va Buxorda xonaqo va madrasa qurdirib, ko’plab turkiy zabon va forsiygo’y shogirdlar tayyorladi. Buxorodagi shogirdlari orasidan Hasan Andoqiy, Abdullo Baraqiy, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G’ijduvoniy alohida ajralib turardi. Keyinroq bu to’rt iste’dodli shogird Hamadoniy maktabini muvaffaqiyat bilan davom ettirdilar21.
“Yassaviya”, “Naqshbandiya” tariqatlari Hamadoniy ta’limoti asosida shakllandi.
Hazrati Yusuf Hamadoniyning to’liq ismi Abu Ya’qub Yusuf bin Ayyub bin al-Husayn bin Vahora al-Hamadoniy bo’lib, 1048 yilda Hamadon (Eron) yaqinidagi Buzanjird qishlog’ida tavallud topgan. Yusuf Hamadoniy 17 yasharli yigit paytida ilm istab, XI asrdagi xalifalikning poytaxti – Bag’dodga keladi va u erdagi mashhur “Nizomiya” madrasasida o’qiydi. U o’z davrining atoqli donishmandlari bo’lgan Abu Ishoq ash-Sheroziy, Abu Ishoq an-Nazzoriy, Xatib al-Bag’dodiy, Abu Ja’far bin Muslim, Abu Husayn al-Muhtadiy kabi olimlardan fiqh, hadis, tasavvuf va ma’naviyatning boshqa sohalaridan chuqur ta’lim oladi. Keyinchalik xaloyiq orasida hadislar to’plash maqsadida Isfahon, Balx, Hirot, Marv, Buxoro va Samarqand shaharlariga bir necha bor safar qiladi. Hamadoniy Bag’dodda yashagan kezlarida as-Sam’oniy, Ahmad al-G’azzoliy (mashhur mutasavvif Abu Homid al-G’azzoliyning akasi)lardan tasavvufga oid ilmlarni o’rgangan, ularning va’z-nasihatlarini tinglagan. As-Sam’oniy qo’lidan hirqapo’sh (ya’ni mustaqil ravishda tasavvufga jalb qiladigan murshid) bo’lgan. Yusuf Hamadoniy umrining ikkinchi yarmini ko’proq Hirot, Marv, Samarqand va Buxoro shaharlarida o’tkazadi.
Ham “yassaviya”, ham “naqshbandiya” (Xojagon) tariqatlarining ma’naviy otasi bo’lmish Yusuf Hamadoniy ta’limotiga ko’ra, o’zining tamom fikri-zikrini Alloh-taoloning visoliga etishishga bag’ishlagan, bunday ezgu va najib yo’lda poklik, to’g’rilik, halollik, o’z qo’l kuchi va peshona teri, halol mehnati bilan kun kechiradigan, buning uchun hormay-tolmay mujodala va muboriza qiluvchi, har tomonlama kamolotga erishgan insonlargina ahli tasavvuf, deb atalishi mumkin.
Yusuf Hamadoniy dastavval ilm-an-nazar (ratsionalizm) sohasida katta mutaxassis bo’lib etishsa-da, tez orada o’sha ilmdan voz kechib, haqiqiy xudojo’ylik yo’liga kiradi, o’zi xudo vasliga etmoq uchun sa’y-harakat qiladi, o’z kamolotini oshiradi, boshqalarni ham mana shu yo’lga da’vat etadi va bu sohada ko’plab shogirdlar tarbiyalaydi.
90 yoshdan oshgan mo’ysafid donishmand Shayx Yusuf Hamadoniy Bomiyon (hozirgi Afg’oniston) shahrida olamdan ko’z yumadi. Uning jasadini shogird­la­ridan Ibn Anjar (ustozi vasiyatiga ko’ra) Marvga olib kelib, dafn etadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin