O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə53/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Xoja Ahmad Yassaviy qarashlari (1041-1167)
XII Asrda Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir. U 1041 yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti ko’pgina qo’lyozma manbalarda hijriy 562 (1166G’67) yil deb yozilgan. Ahmad yoshligida onasidan, so’ng otasidan ajraladi. Uni bobosi Arslonbob tarbiyalab voyaga etkazadi. Ahmad dastlabki ta’limotini Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfinjobiydan oladi. So’ngra bobosi Arslonbob ko’rsatmasi bilan Buxoroga borib Yusuf Hamado­niydan ta’lim oladi. Ahmad Yassaviyning o’zi “Ustoz Yusuf Hamadoniyning huzuriga 23 yoshida borganini va ul Hazratning tarbiyasiga noil bo’lg’onligini” aytadi22. U erda tasavvufdan ta’lim olib, so’ng o’z yurti Turkistonga qaytadi, tasavvuf ta’limotini targ’ib etib, shogird, muridlar tayyorlay boshlaydi.
Alisher Navoiy iborasi bilan aytganda, “Turkiston mulkining ulug’ Shayx-ul-mashoyixi” Hazrati Xoja Ahmad Yassaviy juda ko’p mutasavvuf donish­mandlarni tarbiyalab voyaga etkazgan. Ma’lumki, “Yassaviya” tariqatidan keyin Markaziy Osiyoda ikki yirik tariqat paydo bo’ladi: “Naqshbandiya” (Xojagon) va “Bektoshiya”.
XVI asrda yashagan yirik tasavvuf namoyandasi bo’lgan Mahdumi A’zam o’zining “Risolaye ilmiya” (“Ilmiy risola”) asarida ta’kidlashicha, Yassaviya tariqatining shiori “Niyating xudoda, qo’ling ishda bo’lsin” iborasi edi. Keyinchalik ko’ramizki, bu iboraning forscha tarjimasi bo’lgan “Dil bayor, dast ba kor” Naqshbandiya tariqatining asosiy shioriga aylangan.
“Yassaviya” tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo’lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she’riyatining ajoyib namunasi bo’lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta’sir ko’rsatgan “Hikmat” asarida “Yassaviya” ta’limotidagi poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo’lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.
Bag’dodda 922 yilning 22 mart kuni shayxlar va mutaassib ulamolar tomonidan xudosizlikda ayblanib dorga osilgan, so’ngra qo’l-oyoqlari kesilib, tanasi kuydirilib, daryoga tashlangan mashhur mutasavvuf Mansur Halloj (858-922)ni Yassaviy bir talay she’rlarida chuqur hurmat bilan tilga oladi, dovyurak va jasur mutasavvufga katta rag’bat ko’rsatadi:
Bilmadilar mullolar “Anal-haq”ning ma’nosin,
Qol ahliga hol ilmin Haq ko’rmadi munosib.
Rivoyatlar bitildi, holin ani bilmadi,
Mansurdek avliyoni qo’ydilar dorga osib.
Shariatdur, deb olimlar buyurdilar,
Kofir Mansur o’lmadi, deb kuydurdilar.
Axgar qilib kulin ko’kka sovurdilar,
Tog’u tuzlar “Anal-haq”, deb turar ermish23.
Yassaviy ham o’zining piri buzrukvori shayx Yusuf Hamadoniyga o’xshab mol-dunyo to’plashga mutlaqo qiziqmaganini, kambag’alparvar va g’aribparvar bo’lib yashaganligini uning ba’zi bir hikmatlaridan ham bilsa bo’ladi. Mol-dunyoga , boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni Yassaviy qattiq tanqid qiladi:
Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Ishonmag’il molingga, bir kun qo’ldan ketaro,
Oto, ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil,
To’rt oyoqlik cho’bin ot bir kun sango etaro.
Darhaqiqat, Xoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyodagi ilk tasavvufiy tariqat – “Yassaviya”ning asoschisi, nafaqat Xuroson va Movarounnahr, balki turkiyzabon xalqlarning ma’naviy tarixida keng ma’lum bo’lgan, mutasavvif, insonparvar shoir hisoblanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin