O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Misrliklar tasavvurida inson tabiati, o’limi va narigi dunyodagi hayoti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Misrliklar tasavvurida inson tabiati, o’limi va narigi dunyodagi hayoti
Miloddan avvalgi IV-III mingyilliklar orasida yagona Misr davlati paydo bo’lmasdan oldin misrliklar tasavvurida inson tabiati, o’limi va narigi dunyodagi hayoti haqida muayyan qarashlar shakllangan edi. Misrliklar fikricha: «Ismga ega bo’lmagan narsa, mavjud bo’lmaydi». Shuning uchun tabiiyki, qabr toshida abadiylashtirilgan ism o’lgan kishi hayotini abadiylashtiradi; va aksincha, ismni yo’q qilish, uni egasini yakson qilish bilan barobardir. Misrliklar tasavvurida jasadni butun holda saqlash narigi dunyodagi abadiy hayotga zamin bo’lar edi. Shuning uchun jasadni mumiyolash rasm bo’lgan.
«Arfa chaluvchining qo’shig’i» asarining mazmuni
Narigi dunyodagi abadiy hayotga qarshi bo’lgan aqidani ifodalovchi asar bo’lgan «Arfa chaluvchining qo’shig’i» O’rta saltanat davrida, ya’ni miloddan avvalgi III mingyillik oxirida XI sulola fir’avni Intef hukmronligi davrida paydo bo’lgan edi.
Bu asarda qayd etilishicha, erdagi barcha narsa foniy bo’lib, hammasi yo’q bo’lishi muqarrardir; asrlar davomida kishilik jamiyatidagi avlodlar bir­lari ketidan boshqalari qabrga manzil tutadilar, qabr yodgorliklari emiri­ladi va yo’qoladi, erga ko’milganlardan hatto hech qanday esdalik qolmaydi; faqat qadimgi dunyoning donishmandlari bo’lgan Imxotep va Djedefxorni shuning uchun eslaydilarki, ularning aytganlarini hamma biladi va takror­lab turadi; o’lganlardan hech biri narigi dunyodan qaytib kelmaganki, tirik­larga ularni nima kutayotganligini gapirib bersa; shuning uchun hayotning barcha ne’matlaridan foydalanish kerak, shodu-xurramlik va lazzatlanish za­rur, negaki, o’limning barhaqligini hech qanday narsa bartaraf qila olmaydi.
«Arfa chaluvchining qo’shig’i» erdagi hayotga yuqori baho beribgina qolmay, narigi dunyoga nisbatan bo’lgan e’tiqodga, yashirmasdan, umidsizlarcha qarashni boshlab berdi.
«Hayotdan hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z ruhi bilan suhbati» qo’lyozmasining mohiyati
Berlinda saqlanayotgan papiruslarda bitilgan qadimgi Misr adabiyotining eng qiziq va mashhur asari «Hayotdan hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z ruhi bilan suhbati», deb nomlangan. Papirus O’rta saltanat davriga taalluqlidir. «Suhbat» savol-javob shaklida bo’lib, hayotdan to’ygan va o’zini o’zi o’ldirmoqchi bo’lgan shaxsning o’z ruhi bilan ichki muloqotidirki, unda ruh hayotni zarurligini ta’kidlab, uni sohibini o’z ra’yidan qaytarmoqchi bo’lgan.
«Bugun men yuragimni kimga ochay?». «Hafsalasi pir bo’lgan kishi»ning javobi ham o’ziga xos: «Yuraklar ochko’zlik bilan to’lib toshgan, har kim birovning haqiga qo’l cho’zadi»; «Olijanob kishilar yo’qligidan, mushtumzo’r­larga keng maydon ochiq»; «Behayo o’z qurbonini toptaydi, kishilarga esa, tomo­sha bo’lsa-bas!»; «Ilgarigi yaxshi zamonlarni hech kim eslamaydi. Yaxshilikka yaxshilik qaytishini kutmaysan»; «Do’stlar po’panak bosib qoldilar, birovlardangina rahm-shavqat kut»; «Adolatli kishilar yo’q, er makkorlarga berilgan»; «Qabohat er yuzini bosib ketgan, uning boshi ham, oxiri ham yo’q».
«Hafsalasi pir bo’lgan»ga e’tiroz bildirib, uning «ruhi» er yuzidagi tartiblarga to’xtalmaydi, ammo o’lim va narigi dunyo to’g’risida butunlay boshqa nuqtai nazarni bayon qiladi. Uning fikricha, o’lim va narigi dunyo to’g’risida o’ylashning hech keragi yo’q; ehromlar va maqbaralar qurishning ham zaruriyati yo’q. Ular baribir buziladilar va hech kimga yaroqsiz holatga tushadilar. Shuning uchun hayotning lazzatlaridan foydalanish kerak.
Qarshimizda qadimgi Misr jamiyati ijtimoiy fikrining ikki bir-biriga qarshi oqimi vakillarining savol-javoblari turganligi ayondir.«Hafsalasi pir bo’lgan kishi» muhofizakor (konservativ) yo’nalish vakili bo’lib, an’anaviy ta’limot bo’lgan o’lim va narigi dunyodagi hayotga qat’iy ishonadi va jamiyatdagi yangi munosabatlarni shafqatsiz va chidab bo’lmas, deb qoralaydi. Uning «ruhi» esa - bar aks, hamma tomonidan qabul qilingan abadiy barhayotlik diniy aqidasini tanqid qilib, qanday ko’rinishda bo’lmasin insonni o’z hayoti bilan murosaga kelishga undaydi.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin