O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Mavzuning tayanch tushunchalari
Sharq falsafasi, qadimgi Sharq falsafasi, dunyoqarash, Yaqin Sharq, Baynalnahrayn, Shumer, Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy, asotiriy tafakkur (afsonaviy fikrlash), diniy tasavvurlar, mantiqiy tafakkur.
Asosiy savollar

  1. Falsafiy tizimlarning uzoq tarixga ega ekanligi.

  2. Dunyoni asotiriy tafakkur (afsonaviy fikrlash) orqali tasvirlash.

  3. Sharq falsafasini o’rganishning ahamiyati.

Falsafiy tizimlarning uzoq tarixga ega ekanligi
Dunyoning kelib chiqishi, uning mohiyati va insonning undagi o’rni haqidagi savolga javob topishga harakat qilgan qadimgi falsafiy tizimlar o’zining uzoq tarixiga egadir. Insonni o’rab turgan dunyo tadrijiy ravishda uning faoliyati uchun mavzuga aylana borgan. Inson dunyoga bo’lgan o’z munosabatini dastlab nazariy shakllarda ifoda qila olmagan. Inson amaliy faoliyatining rivojlanishi voqealarning muayyan izchillikda mushohada qilishga asoslangan uning qobiliyatini takomillashishiga olib kelganligi orqasida tabiat hodisalarining ba’zi qonuniyatlarini idrok etishga muvaffaq bo’lgan. Tilning rivoji va avvalo majhul tushunchalarning paydo bo’lishi nazariy tafakkurning shakllanishiga turtki bo’lgan. Inson umrining o’tkinchiligini idrok etish, zamon haqidagi tasavvurning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Qadimgi davrning ba’zi afsonalarida zamon qadriyat mezoni sifatida namoyon bo’la boshlagan. Faqat abadiy narsagina mukammal bo’lishi haqidagi tasavvur kelib kelib chiqqan. Abadiylik ilohiy mavjudlik va faoliyatlilik sifatida namoyon bo’la boshlagan.
Inson tafakkuri taraqqiyotining muhim natijasi sifatida yozuv kashf etilgan. U bilimlarni avlodlardan avlodlarga uzatishning yangi imkoniyatini beribgina qolmay, balki bilimlarning o’z taraqqiyoti tagzaminini ham boyitgan.
Sharq mamlakatlaridagi falsafiy tafakkur taraqqiyoti to’g’ri chiziq bo’ylab rivoj topmagan. Garchi ba’zi taraqqiyot bosqichlarida va ayrim sohalarda o’zaro ta’sirni istisno qilmagan holda, Sharqqa taalluqli bo’lgan o’rganilayotgan uch mintaqa, ya’ni Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoy – mustaqil madaniy butunlikni tashkil etgan.
Yaqin Sharq tom ma’noda qadimgi davrda falsafiy an’anaga asos sola olmagan. Ammo u dunyoning boshqa mintaqalaridan farqli o’laroq, dehqonchilik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jihatidan doimiy ravishda ilgarilab ketgan. Bu narsa bilim va tajriba to’planishiga omil bo’lgan. Hosil qilingan amaliy ma’lumotlar nazariy tafakkur rivoji uchun turtki bo’lgan. Ular umuman diniy tasavvurlar, mafkura va madaniyatga o’z ta’sirlarini o’tkazganlar.
Ushbu boy meros asoslarini Kichik Osiyo qirg’oqlarida yashovchi yunonlar va ular orqali butun ellinistik dunyo o’zlashtirib olgan. Insoniyatning barcha bilim sohalariga Yunoniston qo’shgan buyuk hissani, shu jumladan, falsafa sohasidagi tafakkur taraqqiyotini yuqoridagi asoslarsiz tasavvur qilish mumkin emas.
Yaqin Sharqning qadimgi madaniyati Hindiston bilan aloqada bo’lgan. Ammo bu erdagi fikr taraqqiyoti avval boshdanoq ozmi-ko’pmi mustaqil ravishda rivojlangan.
Xitoyning qadimgi va o’rta asrlar falsafasini ham Xitoy jamiyatining ma’naviy hayotidan ajratib bo’lmaydi. U ham mustaqil ravishda taraqqiy etgan. Ammo faqat buddaviylik unga sezilarli ta’sir etgan bo’lsa ham, biroq bir necha asrlar davomida u mahalliy an’ana va ma’naviy hayotga moslashtirilgan.
Miloddan oldingi IV va III ming yilliklar orasida Baynalnahrayn va Misr zaminida yozuvning mavjudligi haqida birinchi dalillar qo’lga kiritilgan. Ammo Yaqin Sharq o’lkalaridagi yozma yodgorliklar aniq tushunchalar dastgohiga ega bo’lgan to’la falsafiy tizimlar emasligi ayon bo’ldi. Unda borliq va dunyoning mavjudligi (borliq haqidagi ta’limot) haqidagi muammo hamda insonni, uni o’rab turgan dunyoni bilish imkoniyatlari (bilish nazariyasi) haqidagi masalada aniqlik yo’q. Bunday taraqqiyot bosqichiga Evropa falsafiy fikri an’analari ibtidosida turgan qadimgi yunon mutafakkirlarigina chiqqanlar. Ammo qadimgi yunon falsafasi rivojini va unga bog’liq bo’lgan butun fikriy taraqqiyotni Yaqin Sharqdagi qadimgi madaniyatlarning merosisiz to’la tushunib bo’lmaydi. Biroq Yaqin Sharqdagi madaniyatlar ta’sirini izchil tadqiq etish ishiga nisbatan kech kirishilganligi uchun keyingi yuz yil ichida qo’lga kiritilgan natijalar bilangina chegaralanishga to’g’ri keladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin