O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə6/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Mavzuning tayanch tushunchalari
O’lim va narigi dunyodagi hayot, ism o’lgan kishi hayotini abadiylash­tirishi; «Arfa chaluvchining qo’shig’i», O’rta saltanat; mil. avv. III mingyillik oxiri; Imxotep, Djedefxor, Berlin papirusi, «Hayotdan hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z ruhi bilan suhbati»; ehromlar va maqbaralar; an’anaviy yo’nalish; abadiy barhayotlik aqidasini tanqidi; hayot bilan murosa qilish.
Asosiy savollar

  1. Qadimgi Misr va Bobilda tabiatshunoslik ilmlarining rivoji.

  2. Misrliklar tasavvurida inson tabiati, o’limi va narigi dunyodagi hayoti.

  3. «Arfa chaluvchining qo’shig’i» asarining mazmuni.

  4. «Hayotdan hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z ruhi bilan suhbati» qo’lyozmasining mohiyati.

Qadimgi Misr va Bobilda tabiatshunoslik ilmlarining rivoji
Miloddan oldingi IV mingyillikning oxiri III-mingyillikning boshida qadimgi Bobil va qadimgi Misr madaniyati o’z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo’lishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar bo’lgan - astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan bog’liq bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, asotirlar bilan bog’liq edi. Eng muhim ilmiy yutuqlar (hisobning oltmishtalik tizimi, yilning uzunligi, geometrik shakllar hajmining hisoblab chiqilishi va boshqalar) amaliy ahamiyatga ega bo’lib, xo’jalik yuritishda qo’llanilar edi. Qadimgi Bobil va Misr olimlari oy va kun tutilishi davriligini aniqlashga muvofiq bo’ldilarki, bu ularga bu hodisani oldindan aytish imkonini berdi. Bu ham amaliy ahamiyatga ega edi. Masalan, Misr uchun eng muhim hodisa bo’lgan – Nil daryosining har yilgi ko’tarilishi vaqt jihatdan osmonda yorug’ yulduz bo’lgan - Suhayl (Sirius)ning paydo bo’lishi bilan muvofiq kelar edi. Misrliklar yulduzlar turkumi vaziyatida ko’rinadigan Erning Quyosh atrofidagi yo’li joylashgan tekislikni (ekliptika) aniqladilar – va uni burjlarni (osmonda sayyoralar harakat qiladigan chambar yo’l) tashkil etgan 12 qismga bo’ldilar; har biri 30 kundan iborat bo’lgan, 12 oydan tashkil topgan taqvimni vujudga keltirdilar. Bir kecha va kunduzning vaqti suv va Quyosh soatlari bilan o’lchanar edi. Bobilliklarda bo’lgani kabi qadimgi misrliklarning papirus qog’ozlari (tropik qamishdan qilingan) tabobatni sehrgarlik usuli bilan davolashdan ajratilganligini ko’rsatadi.
Qadimgi bobilliklar va misrliklarda ilm-fan bilan kohinlar shug’ullanar edilar. Ilm-fan bilan shug’ullangan misrliklar va bobilliklar umuman dunyoga afsonalar orqali qarar edilarki, bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun yulduzlar turkumlari guruhlariga bo’lib chiqqanliklari va oqibatda ularni mistik-matematik ramzlar bilan belgilanganliklari guvohlik beradi. Shunday asarlar paydo bo’la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin qilishga urinishlar ko’zga tashlanadi («Arfa chaluvchining qo’shig’i», «Dunyodan xafsalasi pir bo’lgan kishining o’z ruhi bilan suhbati», «Hayot ma’nosi haqida xoja va qulning savol-javoblari» va boshqalar). Garchi Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy tafakkur Qadimgi Yunoniston saviyasiga erishmagan bo’lsa ham, ularning yutuqlari Ellada madaniyatiga oz ta’sir ko’rsatgani yo’q. Masalan, miloddan oldingi I-nchi ming yillik o’rtalarida fir’avnlar yunoncha turmush tarziga rioya etar, ularning ko’plari yunonliklar bilan qarindoshchilik iplari bilan bog’langan edilar. Yunonliklarga Misrda umumiy turarjoylar tashkil etishga ruhsat etilgan edi. Ular ilm-fan va falsafada misrliklarni juda ham orqada qoldirib ketgan vaqtlarida ham, Misrga donishmandlik manbai sifatida qarab, unga bo’lgan o’z hurmatlarini saqlab qoldilar.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin