3-MAVZU
QADIMGI MARKAZIY OSIYo VA ERON XALQLARI TAFAKKURI.
«AVESTA»DAGI FALSAFIY G’OYaLAR
Mavzuning o’quv maqsadi
Talabalarda qadimgi Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning boy ma’naviy qadriyatlari to’g’risida ilmiy tushunchalar hosil qilish.Talabalarda yozma yodgorlik «Avesta»dagi g’oyalarni falsafiy mushohada etish va bu g’oyalarni G’arb tafakkuri bilan qiyosiy tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Avesta, Mitra, Ardvisura, Anaxita, Vertragna, Zaratushtira, Zardusht, Axuramazda, Yashtlar, Gohlar, Vendidot, Pliniy, ezgu niyat, ezgu fikr, ezgu amal.
Asosiy savollar
Qadimgi Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining boy ma’naviy qadriyatlari.
«Avesta»dagi falsafiy g’oyalar.
«Avesta»ning axloqiy ta’limoti.
Qadimgi Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining boy ma’naviy qadriyatlari
Miloddan avvalgi I-ming yillikda Markaziy Osiyo hududida saklar va masmaget qabilalari yashar edilar. Miloddan oldingi VI asr oxiri V asr boshlarida saklar forslar davlati tarkibiga kirdilar, miloddan oldingi IV asrda esa, Markaziy Osiyoga makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari hujum qildi. Bu davrda hunarmandchilik, madaniyat va san’at rivojlangan edi. Markaziy Osiyoga aramey alifbosi kirib keladiki, uning asosida xorazmiy va sug’d yozuvlari vujudga keladiyu ana shu davrda Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy va og’zaki ijodi shakllanadi.
Xalq og’zaki ijodining ilk yodgorliklari sak va massagetlarning qahramonlik haqidagi qissalari bo’lib, ular asosida Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik kurashlari yotar edi. Ushbu doston qahramonlarining bosh xususiyatlari –vatanparvarlik, jasorat va sadoqat edi. Bu dostonlarning qahramonlari – malika Zarina - jangovar kurashchi va shaharlar bunyodkori; malika Sparetra qo’shin to’plab, jangda fors davlatining asoschisi Ki ustidan g’alaba qozonib, o’z erini asirlikdan ozod qilgan; malika To’maris – u bilan bo’lgan jangda Ki qo’shinlari mag’lub bo’lib, uning o’zi halok bo’lgan; Doro qo’shinlarini hiyla bilan sahroga olib borgan cho’pon Shiroq o’ldiriladi, ammo o’z hayoti evaziga uning xalqi o’z ozodligini saqlab qoladi.
Jo’g’rofiy tushuncha bo’lgan Turonda yashagan turkiy va unga qo’shni bo’lgan Eron xalqlarining eng qadimiy va boy ma’naviy qadriyatlarga ega ekanliklariga manbalar guvohlik beradi. Ushbu qadriyatlarning asl ildizlari meloddan avvalgi X asrlarga borib taqaladi. Ko’hna Sharq og’zaki ijodining ilk namunalari bo’lmish Mitra, Ardvisura, Anaxita, Vertragna kabi ma’budlarga bag’ishlangan afsonalarda o’z aksini topgan. Ana shunday ibtidoiy e’tiqod va qarashlar tadrijoti juda qadim zamonlardayoq Ko’k Tangriga, Muqaddas Qo’ng’ir Er-Suv xudosiga, Umay Momo, Nanay Marg’iyona-Malxiyona, Mehr (Quyosh), Anaxita (hosildorlik va suv) xudolariga, o’tgan ajdodlar ruhlariga sig’inish e’tiqodlari, ilm-fani, tibbiyoti, taqvim, yil hisobi to’g’risidagi tasavvuriga, Xubboz ota ruhiga sig’inish, Jadda toshi yordamida urush, qirg’in-barotlarni daf qilish, yomg’ir va suv chaqirish, qurbonliklar qilish, marosim va ma’raka, urf-odat, an’analarning paydo bo’lishiga, ularga amal qilishga olib kelgan. Juda qadimgi davrlardan boshlab, Turon va Eron xalqlari dunyoning barcha xalqlari, elatlarida bo’lganidek, yuqorida sanab o’tilgan totemistik, feteshistik, butun olam bir butun jonli, deb e’tiqod qilish (animizm), sehrgarlik, jodulash, shomonchilik, ruhlarga sig’inish bilan bog’liq qarashlarni, ta’limotlarni boshdan kechirganlar.
Dostları ilə paylaş: |