O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Dunyoni asotiriy tafakkur orqali tasvirlash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Dunyoni asotiriy tafakkur orqali tasvirlash
Asotiriy tafakkur (afsonaviy fikrlash) – insonning dunyoga va bilvosita ijtimoiy munosabatlarga bo’lgan munosabatini muayyan butunlikda ifodalash shakllaridan biridir. U garchi hayoliy bo’lsa ham, bu dunyoning paydo bo’lishi, tabiiy tartibning ma’nosi haqidagi savolga berilgan birinchi javobdir.
Dunyoni asotir tafakkur orqali tasvirlash diniy tasavvurlar bilan yaqindan bog’liq bo’lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan ifodalashdir. Ammo u tabiat va inson jamiyati haqidagi asrlar davomida to’plangan bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo’ladi. Mantiqiy fikrlash (falsafa)gina inson tafakkurini afsonaviy an’analar va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog’lab qo’ygan zanjirlardan ham xalos qila olish imkoniyatini beradi.
Sharq falsafasini o’rganishning ahamiyati
O’tmishdagi Sharq falsafasini o’rganish o’sha davrdagi nuqtai nazarlarni bugungi erishilgan nazariy natijalar bilan qiyoslash imkoniyatini beradi. Sharq falsafasi dunyoni va jamiyatni tushunishda asosiy falsafiy muammolarni bayon qilish usullarining muayyan majmuini o’z ichiga olgan. U o’ziga xos sharqona tafakkur tarzini shakllantirganki, hozirgi yosh avlod ham undan bahramand bo’lishi kerak.


MAVZUGA OID KONSULTATIV MATERIALLAR
1-ilova
Qadimgi Sharq falsafiy tafakkuri zaminlari



Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar

  1. Sharq falsafasining o’ziga xos asosiy xususiyatlari nimada?

  2. Dunyoni afsonaviy tushunish deganda nimani tasavvur qilasiz?

  3. Sharq falsafasining qanday muammolari bor?

  4. Inson dunyoga bo’lgan o’z munosabatini dastlab qanday ifodalagan?

  5. Donishmandlikning mohiyatini qanday tushunasiz?

  6. Dunyoni asotiriy tushunishning o’ziga xosligi nimada?

  7. Sharq falsafasini o’rganishning ahamiyati nimada?


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin