Rh. minuta , daryo soxillari, shagal va tosh aralash
tog’ yonbagirlari, archazorlarda usuvchi
Rh. cathurtica , tog’ zo’nasini quyi
kismida toshlok, shagal aralash tuprokli tog’ zonasi, daryolarning soxilida
usadigan
Rh. dolichophylla kabi turlarini uchratish mumkin.
Chilon jiyda ( Ziziphus ) turkumi. Turkumning O’zbekistonda fakat bitta ( Z
jujuba) chilon jiyda deb ataladigan u qadar baland bo’lmagan daraxti Surxondaryo,
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tog’ yonbagirlarida yovvoyi holda
tarkalgan. Vitaminli, dorivor va xushxur meva sifatida o’stiriladi.
Chakanda turkumi - ( Hippophae ). Tikanli daraxt, barglari uzun tortgan,
landetsimon, gullari barg qo’ltig’ida, ayrim jinsli, boshoqsimon gul tuplamlarida
novda qultigida joylashgan. Gul formulasi: P
2
A
2
G
0
P
2
A
0
G
1
Mevasi sarik
rangli shirali danak. Muhim
ozik,-ovqat, dorivor va sifatli yog’och beradigan
o’simlik sifatida
qadrlanadi. Mevasi ovqat sifatida, poyasi muhim yog’och
sifatida,
bargi oshlovchi moddalar olishda, novdalari sariq va qoramtir qo’ngir rangli buyoq
olishda ishlatiladi.
Hippophae rhamnoides - kichik daraxt yoki buta. Bo‘yi 2-5 m ga yetadi,
shoxlangan, o‘tkir tikanli o‘simlik. Bargining uzunligi - 2 - 9 sm, eni - 3 -15 mm.
Ustki tomoni och yashil, ostki tomoni kumushsimon oq ranglidir, gullari bargi bilan
bir vaqtda chiqib rivojlanadi hamda to‘p bo‘lib shoxlarda joylashadi. Changchi
gullarining gulqo‘rg‘oni 2 bo‘lakli, 4 changchili. Urg‘ochi gullarining gulqo‘rg‘oni
2 bo'lakli, o‘rtasida bitta uzun ustuncha yetiladi. Yetilgan mevasi sershira, to‘q sariq
apelsin rangli, ananas mazasini beruvchi, sharsimon yoki biroz cho‘zinchoq shaklda.
May oyida gullaydi, mevasi avgust-sentabr oylarida pishadi. Vitaminga boy
o‘simlik. Mevasini shundayligicha iste’mol qilish, undan qiyom, konserva, kisel,
vino va hokazolar tayyorlash mumkin. Xalq tabobatida qon bosimini davolashda,
tishni chidamli qilishda ishlatiladi. To’qayzorlarda, daryo sohillarida o‘sadi.