Javob: Javobi: A, D, E, G Talabalarning bilimlarni sintezlash o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
To'g‘ri javoblarni aniqlang. Ikki tekislik orasidagi burchakni aniqlash masalasining yechilish ketma-ketligini belgilang. Berilgan ikki tekislikning kesishgan chizig‘i aniqlanadi.
Berilgan ikki tekislikning kartina izlari aniqlanadi.
Aniqlangan chiziq orqali kartinaga perpendikular tekislikning tushish chizig‘i o‘tkaziladi.
O‘tkazilgan tekislikning tushish chizig‘idan foydalanib berilgan ikki tekislikning kesishgan chizig‘iga perpendikular qilib yana tekislik o‘tkaziladi (bu tekislik o‘z navbatida berilgan tekisliklarga ham perpendikular hisoblanadi).
Berilgan ikki tekislikning ko‘rinar-ko‘rinmas qismlari aniqlanadi.
O‘tkazilgan tekislikni berilgan tekisliklar bilan kesishgan chiziqlari (tushish nuqtalari) aniqlanadi.
O‘tkazilgan tekislikni berilgan tekisliklar bilan kesishgan chiziqlari (tushish nuqtalari) orasidagi burchak xuddi ikki to‘g‘ri chiziq orasidagi burchakni aniqlash masalasi kabi aniqlanadi.
Aniqlangan burchak masalaning javobi bo‘ladi.
Berilgan ikki tekislik orasidagi burchak kattaligi taqriban aniqlanadi.
Javobi: 1, 3, 4, 6, 7, 8
VI. Talabalarning hulosa yasashga oid o‘quv maqsadiga erishilganlikdarajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart testtopshiriqlari Quyidagi beriladigan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri bo‘lsa javoblar jadvaliga “ha”, noto‘g‘ri bo‘lsa “yo‘q” so‘zlarini qo‘ying. Ikki tekislikning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlash pozitsion masala hisoblanadi.
Ikki geometrik shaklning o‘zaro vaziyatidan hosil bo‘lgan uchinchi geometrik shaklni aniqlashga qaratilgan masala metrik masala deyiladi.
To‘g‘ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini aniqlashda burish vatarlarining tushish nuqtasidan foydalaniladi.
To‘g‘ri chiziqning tushish nuqtasi fazoda kuzatuvchiga nisbatan eng yaqin turgan nuqta hisoblanadi.
Bir tomonining uzunligi berilgan kvadratning perspektivasini qurish teskari metrik masala hisoblanadi.
Kartinaga parallel to‘g‘ri chiziq perspektivada o‘zining kartina izi va tushish nuqtasi orqali tasvirlanadi.
Ikki geometrik shaklning o‘zaro vaziyatidan hosil bo‘lgan uchinchi geometrik shaklning metrikasini o‘lchashga oid masala metrik masala hisoblanadi.
Kartina tekisligida obyektning perspektivasi hosil qilinadi.
Ufq tekisligi kartina tekisligiga parallel bo ‘ ladi.
Perspektivaning geometrik apparatidagi narsalar tekisligi orthogonal proyeksiyadagi gorizontal proyeksiyalar tekisligi bo Nib, u perspektivada Yer yuzasi sifatida qabul qilingan.
Neytral tekislik kartina tekisligiga parallel bo ‘ ladi.
Kartina va narsalar tekisligining o ‘ zaro kesishishidan kartina asosi hosil bo ‘ ladi.
Neytral va kartina tekisliklarining o ‘ zaro kesishishidan ufq chizig ‘ i hosil bo ‘ ladi.
Fazodagi tekislikning perspektivasi uning kartina izi va tushish chizig N orqali beriladi.