137
apparatlarining sonini kamaytirib, tarmoqlarni
qurishni arzonlashtirib,
korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-harajatlarni kamaytiradi.
Bir manbaga ulangan yakka magistralli sxemalarning ishonchlilik
darajasi kichik bo‘lganligi uchun III toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi.
Qo‘sh magistralli sxemalarning ishonchliligi
yuqori va ularni har qanday
toifali iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Uzatilayotgan quvvatning miqdoriga qarab bir magistral 2-5
podstansiyalarni
energiya
bilan
ta’minlaydi.
Transformator
podstansiyalarining seksiyalari normal holatda ayrim-ayrim ishlaydilar.
Biror magistralda avariya sodir bo‘lsa transformator podstansiyalarining
yuklamalari ikkinchi magistralga o‘tkaziladi.
Bu vazifa seksiyalararo
uzgich yoki avtomat orqali bajariladi.
Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud: bir tomonlama
va ikki tomonlama ta’minlanuvchi
yakka liniyali sxemalar; xalqasimon
sxemalar; ikki va undan ko‘p parallel magistralli sxemalar. Bir tomondan
ta’minlanuvchi yakka liniya va xalqasimon
magistral sxemalarning
ishonchlilik darajasi radial sxemalarga nisbatan past hisoblanadi.
Xalqasimon va ikki tomonlama ta’minlanadigan 10 kVli magistral
sxemalarda himoyalash tizimlarining murakkabligi
uchun ular normal
rejimda yopiq holatda bo‘lmaydilar.
Korxonaning ichki ta’minoti tizimida faqat radial yoki faqat
magistral tamoyilida qurilgan sxemalar ishlatilmaydi.
Odatda katta va
ma’sul elektr iste’molchilarning ta’minoti radial sxemalarda, o‘rta va
mayda iste’molchilar esa magistral sxemalarda bajariladi. Bunday aralash
sxemalarni ishlatilishi korxona ichki taminoti
tizimining iqtisodiy-texnik
ko‘rsatgichlarini yaxshilashga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: