73
S
M
C U
Bu yerda, M - yuklanish momenti, kVt.m;
S - o‘tkazgichlar
materiallarini, kuchlanishni ta’minlash sxemasini
hisobga oladigan koeffitsient(jadvaldan olinadi);
U - hisoblanayotgan bo‘limdagi kuchlanish yo‘qolishining yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qiymati(% larda).
Sex tarmoqlarining himoyasi.
Tok bo‘yicha normal bo‘lmagan holatlar o‘tkazgichlar va
kabellarning sim tomirida ruhsat etilgan harorati
oshib ketishiga olib
keladi. Normal bo‘lmagan rejimlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1)
Yuklamaning ortishi natijasida tokning oshishi;
2)
Elektr qurilmalarining ishga tushish vaqtida tokning oshishi;
3)
Qisqa tutashuv(vaqtda) natijasida tokning oshishi.
Normal bo‘lmagan holatlarning turiga qarab dvigatellar uchun quyidagi
himoyalarning turlarini qo‘llaniladi:
1)
Yuklamani ortishidan - bog‘liqli xarakteristikali issiqlik yoki maksimal
rele;
2)
Qisqa tutashuvdan - eriydigan saqlagichlar yoki oniy harakatga keluvchi
releli avtomatlar;
3)
Tarmoqning nominal kuchlanishini pasayishidan - magnit puskatel yoki
kontaktorlarning ushlab turuvchi g‘altaklari orqali.
Yuklamalarni ortishidan himoya uchun qo‘llaniladigan
issiqlik relesi,
tokning o‘tishi natijasida o‘tkazgichning qizishi prinsipi bo‘yicha
tayyorlanadi va u quyidagi hodisalarning birini keltirib chiqaradi:
1)
Bimetall plastinkaning deformatsiyasini;
2)
Metall plastinkani
chiziqli uzayishiga;
3)
Yengil eriydigan metallning erishi.