O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Yuqori garmonikalarning iste’molchi elektr jihozlari ishlariga



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Yuqori garmonikalarning iste’molchi elektr jihozlari ishlariga 
ta’siri. 
Korxonalarni elektr ta’minotida yuqori garmonikalarning bo‘lishi 
maqsadga muvofiq emas, zero bunda elektr yuritkich, transformatorlar va 
elektr tarmoqlarida qo‘shimcha quvvat isroflari bo‘lishi, kondensatorlar 


128 
yordamida reaktiv quvvatlarni kompensatsiyalash qiyinlashuvi, elektr 
yuritkich va apparatlar izolyatsiyalarining yomonlashuvi, avtomatika, 
telemexanika va aloqa vositalari ishlash darajasining pasayishi kuzatiladi. 
Asinxron 
yuritkichlarni 
nosinusoidal 
kuchlanish 
bilan 
ta’minlanganda ularning quvvat koeffitsientlari va valdagi aylantiruvchi 
momentlari qiymatlari bir oz pasayadi.
Kuchlanish 
shaklining 
buzilishi 
elektr 
yuritkich 
va 
transformatorlarda izolyatsiyaning ionizatsion jarayonlarini paydo qiladi. 
Bu esa hajmiy zaryadlar paydo bo‘lishiga va keyinchalik ularni 
neytrallashuviga 
olib 
keladi. 
Zaryadlar 
neytrallashuvi 
energiya 
tarqalishiga, natijada o‘rab turuvchi dielektrikda elektr, mexanik va 
kimyoviy ta’sirlar bo‘la boshlaydi. Oqibatda izolyatsiyada mahalliy 
defektlar paydo bo‘ladi va rivojlana boshlaydi, bu esa elektr puxtaligiga 
putur yetkazib, dielektrik isroflarning ko‘payishiga va ishlash muddatining 
keskin pasayishiga sababchi bo‘ladi. 
Yuqori garmonikalarning ta’siri kodensatorlar batareyasida sezilarli 
tus oladi. Nosinusoidal kuchlanishda ishlayotgan kondensatorlar 
bo‘rtib 
shishishi
va 
portlashi
natijasida tezda ishdan chiqishi mumkin. Yuqori 
garmonikali toklar bilan ishlayotgan kondensatorlar o‘ta yuklanib ishlaydi. 
Undan tashqari qaysidir bir chastotada rezonans rejimi paydo bo‘ladi va u 
ham kondensator umriga zomin bo‘ladi. 
Tuzilgan ГОСТ bo‘yicha kondensator batareyalari uzoq vaqt yuqori 
garmonikali toklar bilan 30 % dan ortiq yuklanmasligi zarur. Biroq bu 
holda uzoq foydalanish davrida kondensatorning ishlash umri qisqaradi. 
Elektr 
tarmog‘i 
kuchlanishining 
nosinusoidalligi 
kabellar 
izolyatsiyalarining “qarishiga” olib keladi. Kabellarning sinusoidal va 
sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishlarda ishlashi tadqiqotlari shuni 
ko‘rsatdiki, hatto yuqori garmonikalar 6÷8,5% ni tashkil qilganda ham 


129 
siljish toki(ток утечки) 2,5 yildan so‘ng o‘rtacha hisobda 36 % ga, 3,5 
yildan so‘ng esa 43 % ga ortadi. 
Yuqori garmonikali toklar elektr o‘lchov asboblarining o‘lchov 
aniqliklariga ham ta’sir etadi. Aktiv va induktiv energiyalarni o‘lchovchi 
induksion schetchiklar sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishda 10 % gacha 
borib yetadigan noaniqlik bilan o‘lchov ishlarini olib boradi. 
Yuqori garmonikalarning borligi ba’zi bir holatlarda kuch kabellarini 
ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha qo‘llashlikni amalga oshira olmaydi. 
Yuqori garmonikalar telemexanikali qurilmalar ishini yomonlashtirib
xatto kuch zanjirlarini qo‘llashni mutlaqo ishlatish mumkin emasligiga olib 
keladi. 
Nosinusoidallik ventilli o‘zgartgichlarning normal ishlashiga manfiy 
ko‘rinishda ta’sir etib, to‘g‘rilangan kuchlanish sifatini kamaytirib 
yuboradi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin