134
punkti (BPP, MTP) bo‘lgan sxemalar ishlatiladi vash u rasmda keltirilgan
sxemada korxona energiyani energosistemadan radial sxema bo‘yicha
qabul qiladi. Bu erda tashqi va ichki elektr ta’minoti
sxemalarida
kuchlanishlar bir xil bo‘lib, oraliq transformator ishlatilmaydi. Bunday
sxema 6, 10 va 20 kV kuchlanishda va korxona energosistemadan 5-10 km
uzoqlikda bo‘liganda qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan liniyalardan birida elektr
ta’minoti uzilsa, seksiyalararo uzgich yordamida ta’minot
avtomatik
ravishda ikkinchi liniya orqali tiklanadi.
Energosistemadan uzoqda joylashgan katta quvvatli korxonalar
uchun ushbu rasmda ko‘rsatilgan sxema tavsiya etiladi. Bunda tashqi va
ichki sxemalar orasida transformatorlar joylashgan bo‘lib,
sistema
kuchlanishi 6-20 kV ga pasaytiriladi. Transformatorlarning quvvati va
liniya simlarining ko‘ndalang kesimlari shunday olinadiki,
ular normal
rejimda 60-70 % yuklama bilan ishlaydilar. Biror liniya va transformator
uzilganda ikkinchi liniya va transformator joiz o‘ta yuklanish bilan ishlab
korxonaning uzluksiz ish rejimini ta’minlaydilar. BPP yuqori kuchlanishli
tomonida uzgich o‘rniga ajratgich va qisqa tutashtirgichlarni ishlatilishi
elektr sxemaning ancha arzonlashishiga olib keladi.
Biror transformator shikastlanganida rele himoyasi ta’siridan
qisqa
tutashtirgich ishga tushadi va sun’iy q.t. rejimini sodir etadi. Natijada
liniyaning bosh qismida joylashgan uzgich Q orqali liniya uziladi va
avtomatik qayta ulash(AQU) tizimi ishga tushadi.
Liniyadagi "toksiz" pauza davomida
ajratgich QF shikastlangan
transformatorni uzadi. AQU tizimi “toksiz” pauza vaqti tamom
bo‘lganidan so‘ng liniyani yana ulaydi va shikastlanmagan transformator
manba birikadi. O‘rta va katta quvvatli
korxonalar aksariyat elektr
energiyasini ichkariga kirib boruvchi(глубокие вводы) yuqori kuchlanishli
liniyalar orqali qabul qiladilar. Ichkariga kшrib boruvchi elektr ta’minoti
135
sxemasi deganda minimal miqdorda apparatlar va transformatorlash
pog‘onasiga ega bo‘lgan va yuqori kuchlanishni(35, 110, 220, 330 kV)
maksimal ravishda elektr qurilmalariga yaqinlashtiruvchi sxemalar
tushuniladi.
Ichkariga kirib boruvchi havo yoki kabel
liniyalari korxona hududi
bo‘ylab o‘tkazilib, katta miqdorida energiya qabul qiluvchi punktlarga
keladi. Ko‘p hollarda bunday sxemalar ishlatilganda BPP ga xojat
qolmaydi, chunki yuqori kuchlanishli liniyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sex
transformator
podstansiyalarga
keladi va u yerda 0,66-0,4 kV
li kuchlanishga aylantiriladi.
Ushbu rasmda ko‘rsatilgan
sxemada korxona hududiga
energosistema
kuchlanishida
ikkita magistral liniya kirib
boradi va mavjud to‘rtta
transformator podstansiyalarini
energiya bilan ta’minlaydi.
Ichkariga
kirib boruvchi
sxemalar soddaligi va arzonligi bilan birga ishonchliligi bo‘yicha
markazlashtirilgan elektr ta’minoti sxemalaridan qolishmaydi. Ularni har
qanday toifali iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: