O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Nazorat savollari: 
1.
Kuchlanish og‘ishi nima? 
2.
Kuchlanish tebranishi deganda nima tushuniladi? 
3.
Chastota og‘ishi nima? 
4.
Chastota tebranishi nima? 
5.
Nosinusoidallik va nosimmetriyalik iste’molchilarining ishiga 
qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
6.
Kuchlanish og‘ish elektr motorning qaysi ko‘rsatgichlariga ta’sir 
etadi? 
7.
Yuqori garmonikaning elektr jihozlarining ishlariga qanday ta’sir 
etadi? 
 
10-BOB. SANOAT KORXONALARNING ELEKTR TA’MINOTI 
SXEMALARI. ICHKI VA TASHQI SXEMALAR. 
 
10.1. Quvvati bo‘yicha sanoat korxonalarining tavsiflanishi.
Sanoat korxonasining elektr ta’minoti sxemasi iste’molchilar uchun 
zarur bo‘lgan ishonchlilikni ta’minlashi, ekspluatatsiyada sodda va qulay 
bo‘lishi, korxonaning kelajak taraqqiyotini hisobga olishi, eng kam 
nobudgarchilikga ega bo‘lishi, ta’mirlash ishlarini tezkor bajarishga 
imkoniyat yaratishni hisobga olishi va boshlang‘ich kapital sarf-
xarajatlarni kam bo‘lishini ta’minlashi lozim. Shuning uchun elektr 


133 
ta’minotini loyihalashtirish jaroyonida sxemalarning bir necha variantlari 
ishlab chiqiladi va ulardan eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichliligi 
qabul qilinadi. Elektr ta’minotiga qo‘yiladigan talablar korxonaning 
texnologik jaroyoni va quvvati bilan belgilanadi. Korxonadagi 
iste’molchilarning o‘rnatilgan quvvatiga qarab ular katta(75 MVTdan 
ortiq), o‘rtacha(5-75 MVT) va kichik(5 MVT gacha) quvvatli obyektlarga 
bo‘linadilar. Yirik va o‘rtacha quvvatli korxonalar 35, 110, 220 va 330 kV 
li liniyalar orqali nohiya podstansiyalaridan, kichik quvvatli korxonalar esa 
ko‘p hollarda, 6, 10 kV kuchlanishli manbalardan energiya bilan 
ta’minlanadilar.
Korxona ta’minoti tizimini tashqi(energosistema podstansiyasidan 
korxonaning BPP yoki MTP gacha bo‘lgan havo yoki kabel liniyalari) va 
ichki(BPP yoki MTP dan sex transformator podstansiyalarigacha bo‘lgan 
tarqatish liniyalari) elektr ta’minoti tizimlariga bo‘lish mumkin.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin