34
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‗nalishni boshlab bergan kishi
mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning
qiymatini aniqlashda
mehnat nazariyasi ham, qo‗shilgan naflilik
nazariyasi ham etarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir
nechta nazariyalarni sintez qilish yo‗li bilan aniqlik kiritishga harakat
qildi. Qo‗shilgan miqdor nafliligi nazariyasining
bir tomonlamaligini u
qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‗rdi. A.Marshall keyingi
qo‗shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‗lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda
qo‗shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish
(umumlashtirish)
zarurligi
haqidagi
fikri
juda
mashhur.
Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai,
narxning
A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‗shilgan
miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari)
tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‗zaro ta‘siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‗shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Lekin
A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy
naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq
ko‗ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o‗rniga qo‗shilgan
naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‗rniga
ishlab chiqarish
xarajatlarini qo‗ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‗liq
hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab
tortishuvga sabab bo‗lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy
mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo‗ladigan
tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo‗lishini inobatga olmaslikdir.
Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy
e‘tiborni qaratgan bo‗lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e‘tibor
berib
keladilar. Ularning biri ko‗proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati
nuqtayi nazaridan tahlil qilgan bo‗lsa, ikkinchisi iste‘molchi (xaridorlar)
manfaati nuqtayi-nazaridan qaraydilar.
Pulning paydo bo‗lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining
rivojlanish bosqichlari muhim o‗rin tutadi. Umuman olganda qiymatning
oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri
mobaynida ekvivalent rolini o‗ynovchi ko‗plab tovarlar ichidan ba‘zi
birlari o‗zining barcha tomonidan tan olinishi
tufayli ajralib chiqa
35
boshladi (masalan, nodir metallar). Сhunki, ekvivalent rolini o‗ynovchi
tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik
vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha
tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati
orqali taqqoslash mumkin
bo‗lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: